|
IV. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONLARI, FOYDALI QAZILMALARI NISHONALARI VA TYeXNOGYeN HOSILALARI DAVLAT KADASTRINI YuRITISh TARTIBI
|
bet | 3/28 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 0,53 Mb. | | #248993 |
Bog'liq ODINA DKA 2IV. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONLARI, FOYDALI QAZILMALARI NISHONALARI VA TYeXNOGYeN HOSILALARI DAVLAT KADASTRINI YuRITISh TARTIBI
7. O‘zbekiston Respublikasi konlari, foydali qazilmalari nishonalari va texnogen hosilalari davlat kadastrini yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va minyeral resurslar davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat geologik fondi (bundan keyin – Davlat geologiya fondi deb ataladi) foydali qazilmalarni qazib olish va yer osti boyliklarni geologik o‘rganish ishlarini amalga oshiruvchi (bundan keyin – yer osti boyliklaridan foydalanuvchi deb ataladi) korxonalar (tashkilotlar) taqdim etgan dastlabki ma’lumotlarni to‘plash, hisobga olish va tartibga solish asosida yuritadi.
8. Ushbu Nizomning 4-bandiga muvofiq hisobga olinishi kyerak bo‘lgan konlar, foydali qazilmalar nishonalari aniqlangan taqdirda pasport yer osti boyliklaridan foydalanuvchi tomonidan har qaysi kon yoki foydali qazilmalar nishonasi uchun tuziladi.
Qidirilayotgan (mufassal baholanayotgan) konlarni O‘zbekiston Respublikasi qazilmalari zaxiralari davlat balansida hisobga qo‘yishda pasport yer osti boyliklaridan foydalanuvchi tomonidan har qaysi kon yoki foydali qazilmalar nishonasi uchun tuziladi. Qidirish (mufassal baholanayotgan) tugallangach, yangi pasport tuziladi.
Qazilayotgan konlar va texnogen hosilalar obyektlari bo‘yicha pasportlar yer osti boyliklaridan foydalanuvchilar tomonidan ularning texnik chegaralarining har galgi o‘zgarishida tuziladi.
Alohida uchastkalarda (qismlarda) kon ajratmalari doirasida konning geologik tuzilishini puxta aniqlash imkonini byergan qo‘shimcha geologik-qidiruv ishlari o‘tkazilgan qazilayotgan konlar bo‘yicha pasportlar yer osti boyliklaridan foydalanuvchilar tomonidan, mazkur ob’ekt bo‘yicha foydali qazilmalar zaxiralarini navbatdagi yillik balansi taqdim etilgan taqdirda, tuziladi.
Konlar, foydali qazilmalar nishonalari va texnogen hosilalar pasportlari yer osti boyliklarini geologik o‘rganish ishlari natijalari bo‘yicha hisobotlar uchun belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
9. Pasportni tuzgan, tekshirgan va tasdiqlagan shaxslar unda keltirilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun javob byeradilar.
Pasport tuzilmagan taqdirda yoki u belgilangan talablardan chetga chiqqan holda tuzilganda, Davlat geologiya fondi foydali qazilmalar zaxiralarining tegishli hisoboti yoki balansini hisobga olishni rad etadi, shuningdek, yer osti boyliklarini geologik o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar xarajatlarini hisobdan chiqarish yuzasidan ma’lumotnoma byerishni rad qiladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
IV. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONLARI, FOYDALI QAZILMALARI NISHONALARI VA TYeXNOGYeN HOSILALARI DAVLAT KADASTRINI YuRITISh TARTIBI
|