|
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Geologiya-qidiruv va kon-metallurgiya fakulteti 6-21gkk guruh talabasi Ismoilova Odinaning Davlat kadastri asoslari fanidan Mustaqil ish Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi konlari
|
bet | 4/28 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 0,53 Mb. | | #248993 |
Bog'liq ODINA DKA 2V. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONLARI, FOYDALI QAZILMALARI NIShONALARI VA TYeXNOGYeN HOSILALARI DAVLAT KADASTRINI YuRITISh BO‘YICHA DAVLAT GYeOLOGIYa FONDINING ASOSIY VAZIFALARI
10. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi konlari, foydali qazilmalari nishonalari va texnogen hosilalari davlat kadastrini yuritish bo‘yicha Davlat geologiya fondining asosiy vazifalari hisoblanadi:
pasportlarni qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish va saqlash;
hisobga olish obyektlari katalogini yuritish;
hisobga olish obyektlarining ro‘yxatdan o‘tkazish kartalarini yuritish;
konlari, foydali qazilmalari nishonalari va texnogen hosilalari davlat kadastrini to‘plash, hisobga olish, tartibga olish va saqlash.
Hisobga olish obyektlari pasportlarini qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish va saqlash, katalog va ro‘yxatdan o‘tkazish kartalarini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va minyeral resurslar davlat qo‘mitasi belgilaydigan tartibda amalga oshiriladi.
11. Davlat geologiya fondi o‘zining asosiy vazifalariga muvofiq quyidagilarni ta’minlaydi:
yer osti boyliklaridan foydalanuvchilar tomonidan hisobga olish obyektlari pasportlarini tuzishga uslubiy rahbarlik qilish;
hisobga olish obyektlari pasportlarining Davlat geologiya fondiga o‘z vaqtida taqdim etilishini nazorat qilish;
matyeriallarni davlat boshqaruv organlariga va davlat hokimiyati organlariga taqdim etish;
manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarning ulardan foydalanish tartibi hamda shartlarini belgilash;
tushadigan ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan holda ishlash tizimini yaratish va uning ixtisoslashtirilgan dasturiy ta’minotini yo‘lga qo‘yish.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
YER OSTI BOYLIKLARI TO‘G‘RISIDA
I BO‘LIM. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi Qonunning vazifalari
Ushbu Qonunning vazifalari mineral xomashyoga, yer osti suvlariga bo‘lgan hamda boshqa ehtiyojlarni qondirish uchun yer osti boyliklaridan oqilona, kompleks foydalanishni, yer osti boyliklaridan foydalanish chog‘ida yer osti boyliklarini, atrof tabiiy muhitni muhofaza etish va ishlarni bexatar olib borishni, davlat va fuqarolarning manfaatlarini himoya qilishni ta’minlash maqsadida yer osti boyliklariga egalik qilishda, ulardan foydalanishda va ularni tasarruf etishda yuzaga keladigan munosabatlarni (konchilik munosabatlarini) tartibga solishdan, shuningdek yer osti boyliklaridan foydalanuvchilarning huquqlarini himoya qilishdan iborat.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Geologiya-qidiruv va kon-metallurgiya fakulteti 6-21gkk guruh talabasi Ismoilova Odinaning Davlat kadastri asoslari fanidan Mustaqil ish Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi konlari
|