|
Taqsimlash qutisining konstruktsiyasi va ishlash jarayoni
|
bet | 3/8 | Sana | 09.06.2024 | Hajmi | 0,49 Mb. | | #261933 |
Bog'liq O\'ralov shohjohon hisobot6. Taqsimlash qutisining konstruktsiyasi va ishlash jarayoni.
Oddiy taqsimlash qutisi (4-rasm) yetakchi 1, oraliq 4 va yetaklanuvchi 5 vallar, old ko’prik yuritmasi vali 8, tishli g’ildiraklar 2, 3, 6 va old ko’prikni qo’shish tishli muftasi 7 dan iborat. Burovchi moment uzatmalar qutisidan yetakchi val 1 ga uzatiladi. Val 5 avtomobil yetakchi orqa ko’prigi asosiy uzatmasi bilan doim bog’langan. Old ko’prik yuritmasini qo’shish 8 va 5 vallar o’zaro tishli mufta 7 yordamida ulanadi va bir xil burchak tezliklari bilan aylanadi. Burilishda harakatlanganda old boshqariluvchi g’ildiraklar ko’proq yo’l bosadi va orqa boshqarilmaydigan g’ildiraklarga nisbatan tezroq aylanishi kerak.
Shuning uchun 5 va 8 vallar bikr ulanganda g’ildirkalar yo’lga nisbatan sirpanadi, natijada yonilg’i sarfi oshadi va transmissiya detallari zo’riqadi. Bunday salbiy holatlarni bartaraf etish uchun qattiq qoplamali yo’llarda harakatlanganda old ko’prik uzib qo’yiladi va og’ir uchastkalarda qo’shiladi.
Taqsimlash qutisida o’qlararo differentsial qo’llash bilan sanab o’tilgan salbiy holatlarni bartaraf etish mumkin (10.4-rasm b). Ular 5 va 8 vallarga xar xil chastotalar bilan aylanish imkonini beradi.
Taqsimlash qutilarining konstruktsiyasi. Old va orqa ko’prik yuritmalari blokirovkalangan taqsimlash qutisi 10.5-rasmda keltirilgan. Taqsimlash qutisi karteri 3 avtomobil ramasi ko’ndalang to’siniga mahkamlangan. Karter uyalarida sharchali podshipniklarda yetakchi val 2, orqa ko’prik yuritmasi vali 7, oraliq val 8, old ko’prik yuritmasi vali 10 o’rnatilgan. Undan tashqari orqa ko’prik yuritmasi vali 7 uyasida joylashgan radial rolikli podshipnik yetakchi valga tayanch vazifasini o’taydi, val 7 ning tayanchi bo’lib esa qopqoq 6 da joylashgan sharchali podshipnik xizmat qiladi. Taqsimlash qutisi tishli g’ildiraklari to’g’ri tishli
2. DETALGA QO’YILGAN TEXNIK TALABLARQayta tiklangan uzatmalar qutisi vilkasining aylana o’lchami 0.25mm dan oshsa yoki ularning ovalligi 0.17 mm dan yuqori bo’lsa, shlifovka qilinishi kerak. Tishli g’ildirak quyidagi jadvaldagi qiymatlargacha shlifovka qilinsin. Bitta vall uchun barcha mos bo’yinchalarning ta’mirlangan o’lchamlaribir xil bo’lishi kerak.
Taqsimlash valining qarama-qarshi muvozanatlovchi posangilari burg’ulash orqali muvozanatlanadi, shuning uchun ularning joyini o’zgartirmaslik, ishlov bermaslik lozim. Qarama-qarshi og’irlikni muvozanatlovchi posangilar tortish momenti 150-190 N.m (15-19 kg.m) ni tashkil qiladi.
Shatun bo’yinchalaridagi bo’shliqlar albatta tozalangan holatda bo’lishi kerak.
Yog’ kanallardagi ifloslantiruvchi moddalarni olib tashlash uchun magnitlangan metal sterjendan foydalaning. Sterjen yog’ kanalchalariga kiritiladi va o’zi bilan ifloslantiruvchi moddalarni olib chiqadi.
Sirpanish podshipniklari va bo’yinchalari orasidagi ishchi tirqish quyidagilarga teng bo’lishi kerak:
Asosiy podshipniklar uchun – 0.09…0.154 mm;
O’zak bo’yinchalari uchun – 0.21…0.274 mm;
Shatun bo’yinchalar uchun – 0.1…0.164 mm.
Agar tirsakli val podshipniklari orasidagi tirqish 0.30 mm dan oshib ketgan bo’lsa, eskirgan sirpanish podshipniklarini almashtiring. Agar shatun bo’yinchalari bilan sirpanish podshipniklari orasida o’zaro aloqani sezsangiz tizimdan moy oqib ketmasligi uchun darxol srpanish
|
| |