|
Uzatmalar qutisining konstruktsiyasi va ishlash jarayoni
|
bet | 2/8 | Sana | 09.06.2024 | Hajmi | 0,49 Mb. | | #261933 |
Bog'liq O\'ralov shohjohon hisobotUzatmalar qutisining konstruktsiyasi va ishlash jarayoni.
Pog’onali mexanik uzatmalar qutisining tuzilishi va ishlash uslubi. Avtomobillarda asosan tishli mexanizmga ega bo’lgan pog’onali uzatmalar qutisi ishlatiladi. Bunday uzatmalar qutisida avtomobilning har xil yo’l sharoitida turlicha tezlik va tezlanishini ta’minlash uchun uzatish
soni har xil qiymatga ega bo’lgan bir nechta juft tishli shesternyalardan foydalaniladi. Yengil avtomobillarda qo’llanilgan uzatmalar qutisi uch, to’rt, yoki beshta pog’onali, yuk avtomobillarida esa to’rt, besh, ba’zan sakkiz va undan ham ko’prok bo’lishi mumkin. Uzatmalar qutisi qancha ko’p pog’onali bo’lsa, avtomobil turli yo’l sharoitiga bemalol moslashib ishlaydi, bu esa dvigatelning quvvatidan unumli foydalanishni yaxshilaydi hamda yonilg’i sarfini kamaytiradi.
1-rasm. VAZ 21 06 avtomobilining umumiy koʻrinishi
Uzatmalar qutisining konstruktsiyasi. To’rt pog’onali uzatmalar qutisi. Zamonaviy yengil avtomobillarning ko’pchiligida to’rt va besh pog’onali, uch valli uzatmalar qutisi o’rnatilgan. Masalan, GAZ-24 “Volga” avtomobilida oldinga yurish uchun to’rtta va orqaga harakatlanishga bitta uzatma mo’ljallangan. Bunday uzatmalar qutisining uch yo’lli deb ataladi, chunki ikkita sinxronizator va bitta qo’zg’aluvchi
orqaga yurgizish shesternya orqali uzatmalarga tushiriladi. Uzatmalar qutisining karterida uchta val yetaklovchi (birlamchi), yetaklanuvchi (ikkilamchi) va oraliq vallari hamda orqaga yurgazish shesternyasining o’qi joylashgan. Yetaklovchi valning ikki uchi ikkita sharikli podshipniklarga tayangan bo’lib, oldingi uchi tirsakli valning flanetsidagi o’yiqchada joylashgan podshipnikda, ketingi uchi esa uzatmalar qutisi karterining oldingi devorchasida joylashgan podshipnikda yotadi. Birlamchi val qiya tishli shesternya bilan yaxlit ishlangan bo’lib, oraliq valdagi shesternyalar blokining yetakchi shesternyasi bilan doimo tishlashib turadi. To’g’ri uzatmani ulash uchun birlamchi val shesternyasining orqa qismida tishli gardish ishlangan. Birlamchi valning sharikli podshipnigi yon qopqoq bilan boltlar yordamida berkitilgan. Oraliq val to’rtta qiya tishli shesternyalar va bitta to’g’ri tishli shesternyadan iborat shesternyalar blokini tashkil etadi va o’z o’qida uchta ninasimon (birinchisi o’qning old qismida, ikkinchi va uchinchilari esa uning ketingi qismida ketma-ket joylashgan) podshipniklarda o’rnatilgan.
O’qning orqa uchidagi diskli qaydlagichi uning o’z o’qida buralib ketishidan saqlaydi. Yetaklanuvchi val ham uzunasiga ikkita tayanchga tayangan bo’lib, oldingi uchi birlamchi valning orqa tomonidan chuqurchasiga kiritilgan rolikli podshipnik ketingi uchi esa uzatmalar qutisi karterining devorchasiga joylashtirilgan sharikli podshipnikda o’rnatilgan. Yetaklanuvchi valning shlitsli qismlariga birinchi, ikkinchi, uchinchi va to’rtinchi uzatmalarni ulash uchun qo’llaniladigan sinxronizatorli muftalar o’rnatilgan. Valning jilvirlangan bo’yinchalariga esa oraliq val shesternyalari bilan doimo tishlashgan, qiya tishli shesternyalar vtulkada erkin o’z o’qi atrofida aylana oladigan qilib joylashtirilgan. Avtomobilni oldinga harakatlantirish uchun mo’ljallangan hamma uzatmalar, ya’ni I, II, III va IV uzatmalar sinxronizatorlar yordamida, orqaga yurish uzatmasi esa shesternyani surish yuli bilan bajariladi (1-rasm).
VAZ-2108, Neksiya, Tiko avtomobillarida uzatmalar qutisining asosiy farqi vallarining soni uchta emas, balki ikkitaligida – yetakchi va yetaklanuvchi. Yetaklanuvchi valning o’ng uchida u bilan yaxlit ishlangan tsilindrsimon shesternya bor. U differentsial qutisining yarim kosachasiga o’rnatilgan tishli g’ildirak bilan doimo tishlashib turadi va bu mexanizm old yurituvchi ko’prikda asosiy uzatma vazifasini o’taydi.
Bu halqalar bir-biri bilan sinxronizator muftasining teshigi orqali o’tkazilgan uchta barmoqchalar orqali birlashtirilgan, ularning o’rta qismida konussimon bikrlovchi yo’nilgan yuza qilingan. Bikrlovchi yuzalar sinxronizator muftasining gupchagidagi disk teshikchasida ham qilingan, u gupchag orqali yetaklanuvchi vallardagi shlitsalarda o’rnatiladi va bu disk o’q bo’ylab siljish qobiliyatiga ega. Sinxronizator muftasi gupchagining diski va halqalar bir-birlari bilan uchta ichi kovak qaydlanuvchi barmoqlar yordamida birlashgan. Har bir barmoqning kovagida qaydlanuvchi sharchalar va prujinalar o’rnatilgan. Halqaga tayanch kirgizilgan bo’lib, u sharchalarning qadalib turishini ta’minlaydi. Sinxronizator bilan uzatmalar olishda qo’shiluvchi shesternyalar xuddi shesternya singari konussimon yuzali chiziqlarga ega.
Masalan, sinxronizatorlar muftasini chapga surilganda konussimon halqa mufta bilan siljib shesternyaning konussimon yuzali chiqiqlariga tirmashadi. Lekin shu zumda mufta va shesternyaning burchak tezliklari bir-biridan farqlanishlari sababli bikrlovchi barmoqlar halqa bilan birgalikda muftaga nisbatan burilib, uning teshiklariga siqiladi. Natijada mufta barmoqlarning bikrlovchi yo’niqchalariga ilashib, ya’ni bikrlanib, shu yo’sinda uning siljishiga oshiqcha kuch sarflansa ham qo’shuvchi shesternya tomon batafsil sura olmaydi. Ammo shu tarzda xosil qilingan kuch bilan birga xaydovchi tomonidan muftani surishga sarflangan kuch halqani yana ham shesternyaning konus yuzali chiqiqlariga siqa boshlaydi. Natijada ular orasida ilashish kuchayib, qo’shuvchi shesternya bilan muftaning burchak tezliklari barobarlashadi.
Shunda mufta diskning teshiklaridagi bikrlovchi barmoqlarning tiralish kuchi pasayib, muftaning barmoqlarga nisbatan erkin surilishiga imkon yaratadi va uning tishli gardishi shesternyaning ichki mayda tishlari bilan bemalol shovqinsiz ilashadi
Taqsimlash qutisining vazifasi, tuzilishi, turlari.
Vazifasi va asosiy turlari. Taqsimlash qutisi uzatmalar qutisidan kelayotgan burovchi momentni to’g’ridan to’g’ri yoki qiymatini oshirib yetakchi ko’priklarga taqsimlab berish uchun xizmat qiladi. Bir yetakchi ko’prik qo’llanilgan hollarda yoki yetakchi ko’priklar uzatmalar qutisidan bir tomonda yotsa, o’tkazuvchi bo’lsa (g’ildirak formulasi 6x4 avtomobillarda, qarang 10.3-rasm, g) taqsimlash qutisi kerak emas.
Agar old va orqa ko’priklar yetakchi, lekin uzatmalar qutisi yetaklanuvchi vali yetakchi val bilan bir o’qda yotmay pastda joylashib ikki tomondan flantslarga ega bo’lsa ham taqsimlash qutisi kerak emas. Bu holda taqsimlash qutisi vazifasini uzatmalar qutisi bajaradi.
|
| |