• Foydalanilgan adabiyotlar
  • Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali




    Download 1,23 Mb.
    bet4/4
    Sana04.12.2023
    Hajmi1,23 Mb.
    #111084
    1   2   3   4
    Bog'liq
    zuhra

    Ishlatilishi
    Sanoatda boshqa metallar bilan qotishmalar holida ishlatiladi. Mis, temir, xrom va boshqa elementlarning nikelli qotishmalari korroziyaga chidamli yuqori mexanik, magnit, elektr xossalarga ega. Shuning uchun Nikel qotishmalari atom reaktorlari qurishda ishlatiladi. Nikelning talaygina miqdori ishqorli akkumulyatorlar, korroziyaga chidamli qoplamalar, quvurlar uchun ketadi. Kimyo sanoatida kimyoviy qurilmalar va katalizatorlar tayyorlashda ishlatiladi.Nikel organizm uchun zarur mikroelementlardan hisoblanadi. Oʻsimlik tarkibida 5,010"5%, quruqlikdagi hayvonlar organizmida l,0-10"6%, dengiz hayvonlari organizmida 1,6104% Nikel boʻladi. Nikel arginaza fermetini faollashtiradi va oksidlanish jarayoniga taʼsir koʻrsatadi.
    Nikel birikmalari.
    Nikel galogenlar bilan birikib, asosan, digalogenidlar hosil qiladi.
    Nikel diftorid, NiF2 — yashilsargʻish tetragonal panjarali kristallar. Suyuqlanish temperaturasi 1452°, zichligi 4,72 g/sm³. Suvda oz eriydi. NiO, NiCl2 yoki nikelning boshqa birikmalariga ftor taʼsir ettirib olinadi. Kimyoviy reaksiyalarda katalizator, tok manbalarida katod, lazer materiallarning komponenti sifatida qoʻllanadi.
    Nikel triftorid, NiF3 — KHF2 eritmasini elektroliz qilishda pushti rangli qoldiq koʻrinishida hosil boʻladi. Kuchli oksidlovchi, suvda parchalanib, undan kislorod ajratib chiqaradi.
    Nikel dixlorid NiCl2 — yashil rangli trigonal panjarali kristallar. Suyuqlanish temperaturasi 1009°, zichligi 3,54 g/sm³. Suvda yaxshi eriydi. Nikellashda, nikel kukuni olishda, katalizator sifatida, shuningdek, termosezgir boʻyoqlar tayyorlashda ishlatiladi.
    Nikel dibromid, NiBr2 — sargʻish jigarrang trigonal panjarali kristallar. Suyuqlanish temperaturasi 963°, zichligi 5,45 g/sm³; gigroskopik, suvda, spirtda yaxshi eriydi. Suvli erit-malaridan yashil rangli geksagidrat NiBr2-6H2O holida ajralib chiqadi.
    Nikel diyodit, Nil2 — poʻlat kabi kulrang yoki qora rangli, trigonal panjarali kristallar. Suyuqlanish temperaturasi 797°, zichligi 5,83 g/sm³, gigroskopik, suvda, spirtda yaxshi
    eriydi. Geksagidrat Nil2 6N2O koʻk-yashil rangli kristall modda. Nikel bromid va nikel diyodit katalizatorlar va termosezgir boʻyoqlar olishda qoʻllanadi.Nikel oksidlaridan nikel monooksid, NiO toʻgʻrisidagina ishonchli maʼlumotlar bor.
    Olinish usuli va holatiga qarab NiO och yashildan toʻq yashil ranggacha oʻzgaradi. a- va R-shakllari mavjud. Kuchsiz asos xossaga ega, suvda erimaydi. 2 valentli nikel tuzlarini 1000—1100° da qizdirish yoki nikelni kislorodli muhitda yoki havoda qizdirish yoʻli bilan olinadi.
    Nikel karbonat, NiCO3 — yashil (zichligi 4,39 g/sm³) yoki sariq (zichligi 4,6 g/sm³) rangli kristallar. 300°dan yuqorida parchalanadi. Keramika va shisha ishlab chiqarishda pigment sifatida qoʻllanadi.
    Nikel nitrat, Ni (NO3)2 — kub singoniyali yashil kristallar. Qizdirilganda avval 200—250° da Ni (NO2)2 gacha, soʻngra 300—350° da NiO gacha parchalanadi. Nikelli katalizatorlar olishda, metallarni nikellashda, rangli keramika ishlab chiqarishda ishlatiladi.
    Nikel sulfat, NiSO4— romb panjarali och sariq rangli kristall modda. Zichligi 3,65 g/sm³, suvda yaxshi eriydi. Havodan nam yutib asta-sekin yashil tusga kiradi. Suvdagi eritmalaridan romb panjarali zumrad tusli goʻzal kristall tuz — Nikel kuporosi NiSO4 7N2O holida ajralib chiqadi. Toza nikel olishda, galvano-texnikada, metallarni nikellashda ishlatiladi.
    Nikel oltingugurt bilan NiS, NiS2, Ni2S2, Ni3S4, Ni6S5, Ni7S6 kabi sulfidlar hosil qiladi. Nikel sulfidlari tabiatda millerit — NiS. xizlevudit Ni3S2, godlevskit Ni7S6, polidimit Ni3S4, voesit NiS2, pentlandit Ni5 x Fe4+vS8 (0
    Xulosa
    Xulosa qilib aytganda elektr eritish boshqa pirometallurgiya jarayonlaridan fizik-kimyoviy o’zgarishlar uchun energiya manbalari olishi bilan keskin farq qiladi. Jarayonlar olib borilishi uchun zarur bo’ladigan harorat elektr energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirilishidan olinadigan issiqlik hisobiga ushlab turiladi.Mis va nikel metallurgiyasida ancha ommalashgan shlaklar qatlami bo’ylab o’tadigan tok hisobiga issiqlik ajralishiga asoslangan ruda-termik pechlari yuqori solishtirma qarshiligiga egaligi bilan ajralib turadi.Bunday pechlar sulfidli, mis-nikel rudalariga qayta ishlashlash, yuqori miqdorda kremnezemga ega bo’lgan mis kontsentratlarini eritishda shlaklarni elektrotermik birlashtirish jarayonlarida qo’llaniladi. Elektr pechlarida bo’laklangan va kuydirilmagan shixta shlakda eritiladi. Yangi shixtani yuklashda uning ma’lum bir qismi eritmaga yuklanadi, bu namligi bo’lgan shixta qo’llanishiga to’liq barham beradi. Sovuq nam shixtani eritmaga yuklashda unda har toarafidan shlak bo’laklari muzlashi kuzatiladi. Yopiq sig’imda shixtani qizdirish(issitish)da suv bug’lanib chiqa boshlaydi va uning bug’lari bosimi portlash yuz bermaguncha ortib boraveradi. Ayniqsa, nomuvozanat holatda berilgan shixta og’ishi tufayli uning ag’darilib ketishi holati xavflidir. Bu sababli ham elektr eritishdan oldin shixta obdon quritilishi zarur bo’ladi.Ammo lekin, tarkibi boy bo’lgan kontsentratlarni eritishda chegaralanib qo’yishi maqsadga muvofiq bo’ladi. CHunki elektr pechida desulfirizatsiya ancha kam(past), qambag’al kontsentratlarni eritishda ko’p miqdorda qambag’al shteynlar yuzaga keladi, bu o’z navbatida konvertorlarga yuklamani va konvertorlashga sarf-harajatlarni oshirib yuboradi. Shu sababli ham kontsentratlar eritilishdan oldinko’pincha kuydirilishga jalb qilinadi.Shu sababli ham kontsentratlar eritilishdan oldin ko’pincha kuydirilishga jalb qilinadi. Shu sababli ham elektr eritishdan oldin qaynovchi qatlamda kuydirish, aglomeratli kuydirish yoki donabaylarni kuydirish va keyin quritishga jalb etiladi.


    Foydalanilgan adabiyotlar
    1.Yusupxodjaev A. Xudoyorov M Mettalurgiyada ishlab chiqarish texnalogiyasi
    2.Гудима Н. Краткий справочник по металлургии цветнқх металлов. М: Металлургия, 1995.
    3.Уткин Н.И. Металлургии цветных металлов. М: Металлургия. 2000.
    4.Диомидовский Д.А. Металлургический печи. Москва. 1970.
    5.Гудимов Н.В. Технологические расчеты в металлургии тяжелых цветных металлов. М: Москва. 2002.
    6.Ванюков А.В. Комплексная переработка медного и никелевого сырья. М: Металлургия. 1998.
    7.Кобахидзе В.В. Тепловая работа и конструкция печей цветней металлургия. М: МИСиС.200
    Download 1,23 Mb.
    1   2   3   4




    Download 1,23 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali

    Download 1,23 Mb.