Po`lat quyishda hosil bo`ladigan shlaklarning asosiy xususiyatlari va komponentlari




Download 15,16 Kb.
bet2/4
Sana16.02.2024
Hajmi15,16 Kb.
#157881
1   2   3   4
Bog'liq
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olma-fayllar.org

Po`lat quyishda hosil bo`ladigan shlaklarning
asosiy xususiyatlari va komponentlari.


Po`lat quyish jarayonida shlak muhim ahamiyatga ega. To`g`ri tanlangan shlak rejimi po`lat quyish agregatlarining yuqori ishlab chiqarish unumdorligini va kerakli miqdorda po`lat olishni ta‘minlaydi. Po`lat quyishda hosil bo`lgan shlaklarning asosiy komponentlari metallik shixtaning elementlarini oksidlanishidan hosil bo`lgan SiO, Mn, Cr, Fe, P va boshqalar, hamda po`lat quyish agregatlariga ohak, ohaktosh, temir rudasi, aglomerat, boksit, magniy va xromoksidlari bilan birgalikda kelib tushadigan Ca, Si, Fe, Al oksidlari; issiqqa chidamli qoplamalarning yemirilish natijasida va asosli po`lat quyish agregatlarning tubining erishi, hamda nordon pechlardagi kremnezemlardir. Bu birikmalar o`zaro ta‘sirlanib silikatlar, alyumosilikatlar, shpinellar, fosfatlar hosil qiladi. Shlakda metal sulfidlari ham mavjud.
Silikatlar va alyumosilikatlar minerallarning umumiy yig`indisining 70%, shpinellar -15%, ozod oksidlar va turli minerallar 15% ni tashkil qiladi. Shlaklarning tarkibida eritish davrida kata o`zgarishlar sodir bo`ladi. Asosli marten pechlarida po`lat eritish vaqtida eritish davrining boshlanishida shlakda Si, Mn, Fe larning yuqori konsentratsiyasi kuzatiladi. Erish davrining oxiriga kelib kalsiy oksidining konsentratsiyasi ortib ketadi.Pechga temir rudasi va ohak kiritilgandan keying eritishni me‘yoriga etkazish davrida shlakning tarkibi sezilarli darajada o`zgaradi. Pechning tubi va yonbog`ining yemirilishi natijasida magniy oksidining konsentratsiyasi ko`tariladi.
Po`lat quyishda hosil bo`lgan shlaklarning asosliligi uning
muhim texnologik xarakteristikasi hisoblanadi. Uni (CaO/SiO2) nisbat yoki (CaO)/(SiO2+P2O5) nisbati orqali aniqlanadi. Keyingi nisbat orqali tarkibida ko`p miqdorda (1,4-1,6%) fosfor bo`lgan cho`yan va yuqori miqdorda (1,4-1,6%) P2O5 bo`lgan shlak aniqlanadi.
Po`lat quyishda hosil bo`lgan shlaklarning asosiy oksidlari bu
CaO, SiO2 va FeO lardir. Ularning birinchisi asosli shlaklarning
xususiyatlarini aniqlaydi, ikkinchisi- nordon, uchinchisi-shlaklarning oksidlovchi xususiyatini belgilaydi. Nordon shlaklarda 55-60% gacha SiO2, asoslilik birdan kam. Asosli shlaklarda SiO2 15-30% gacha, SaO-45-50% gacha, asoslilik (CaO/SiO2)-2,0-3,5% gacha bo`ladi. Shlaklar quyidagi muhim funksiyalarni bajarishi kerak:
– Po`lat quyish pechlarida kimyoviy reaksiyasining yo`nalishini
boshqarishi kerak;
– Metall vannasining kerakli bo`lgan issiqlik uzatish tezligi va
kislorod bilan to`yinishini ta‘minlashi kerak;
– Zararli qo`shimchalar bo`lgan S va P ni yo`qotish uchun qulay
sharoitlar yaratish kerak;
– Metall vannasi orqali ko’p miqdorda zararli gazlarni (vodorod azot) yutilishiga yo`l qo`ymaslik kerak;
– Metall vannasidan metallmas qo`shimchalarni yutishi; metall
vannasidagi temir va qimmatli qo`shimchalarni kimyoviy birikma
ko`rinishida (oksid ko`rinishida) ko`p miqdorda yo`qotilishini oldini olish. Bunday funksiyalarni shlaklar quyidagi sharoitlarda
bajarishi mumkin:
– Nursimon energiyani yutuvchi xususiyatini xarakterlovchi qoralik
darajasi;
–Metall vannasini qizish tezligini aniqlovchi-issiqlik o`tkazuvchanlik;
– Jarayon kinetikasiga ta‘sir qiluvchi qovushqoqlik;
– Vanna yuzasiga chiqayotgan metallmas qo`shimchalarni yutilish
jarayonini aniqlovchi – shlak yuzasining tortilishi.



Download 15,16 Kb.
1   2   3   4




Download 15,16 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Po`lat quyishda hosil bo`ladigan shlaklarning asosiy xususiyatlari va komponentlari

Download 15,16 Kb.