Po`lat quyishda hosil bo`lgan asosli va nordon shlaklar va ularning xarakterli xususiyati




Download 15,16 Kb.
bet3/4
Sana16.02.2024
Hajmi15,16 Kb.
#157881
1   2   3   4
Bog'liq
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olma-fayllar.org
wGOvGtfcyBiN2ED5kEhrFoyXgp3HCYq8WrT1uacV, 7-Ma\'ruza, Reference-319191101154 (2), kerakli insholar, hayot faoliyati, Elektrotermik oshirilgan va yuqori chastotali sozlamalar bilan ishlashda mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi qoidalari, www.idum.uz классный час 9-класс, Egri chiziqli integrallar, 1. G’arb mutafakkirlari qarashlari Sharq mutafakkirlari qarashla, Ekologik toza energiya manbalari-fayllar.org, 3-Tajriba mashg\'uloti, 11 maruza, Fazaviy o\'tishlar va kritik hodisalar tayyor., Navoiy Innovatsiyalar universiteti ATT yo, 2,2
Po`lat quyishda hosil bo`lgan asosli va nordon
shlaklar va ularning xarakterli xususiyati.


Shlaklarning fizik-kimyoviy xususiyatlari eritib olinayotgan
metallning sifati va po’lat quyish agregatining ishi unumdorligini
aniqlaydi.
Po`lat quyida hosil bo’lgan shlakning tarkibidagi oksidlar
kimyoviy xususiyatlariga ko’ra 3 asosiy guruhga bo’linadi:
–Asosli (CaO, MnO, MgO, FeO)
–Kislotali (SiO2, P2O5, V2O5)
–Amfoter (Al2O3, Fe2O3, Cr2O3)
Amfoter oksidlarning xususiyati shundaki, asosli shixtalarda
o`zini kislotali oksid kabi, kislotali shixtalarda esa asosli kabi
namoyon qiladi.
Tarkibida asosli (CaO, MnO, MgO, FeO) oksidlar ko`proq
bo`lgan shlaklar asosli shlaklar hisoblanadi. Yuqori asosli shlaklarga
asosliligi ≥2,5 bo`lgan shlaklar kiradi. Nordon shlaklarning asosiy
xarakteristikasi SiO2 (FeO+MnO) yoki SiO2/(FeO+MnO+CaO) -
kislotali shlak deyiladi.
Nordon po`lat quyish shlaklari po`lat quyish agregatlarining
futerovkasiga katta ta‘sir ko’rsatadi. 50-60 % ni tashkil qiladigan
SiO2 kremniy oksidi nordon shlaklarning asosi hisoblanadi. SiO2 ning nordon shlaklardagi bunday konsentratsiyasi uning erish chegarasiga tegishli va shuning uchun uning erishi 1 ga teng. FeO ning eritishdan oldingi shlakdagi tarkibi 20-30 % ni, erish oxirida esa 10-15% gacha kamayadi.
Nordon shlaklarning asosiy kamchiliklaridan biri shundaki, ular metall vannasini fosfordan tozalay olmaydi.
Asosli po`lat quyish shlaklari rafinirlovchi xususiyatga ega, ular
S va P ni yo`qotadi. Asosli shlaklarning asosiy komponentlaridan biri
kalsiy oksididir. Uning tarkibi jarayon oxiriga borib 45-50 % ga yetadi. Agar shlakga CaO ni miqdorini ko`paytirish uchun ohak qo`shilsa u geterogen xususiyatga ega bo`lib qolishi mumkin. U holda fosfor va oltingugurtdan tozalash xususiyati kamayishi mumkin. Shlakning geterogen xususiyatini oldini olish uchun turli xil suyultiruvchilar boksit, plavk shpati va boshqalardan foydalaniladi.
Asosli shlaklarning ikkinchi asosiy komponentlaridan biri kremniy oksididir. SiO2 shixtaning metall qismidagi kremniyniy oksidlanishidan hosil bo`ladi. U shixtaning metallmas qismidagi SiO2 va mikser shlakida hosil bo`ladi. Eritish davri boshida SiO2 ning miqdori 25-35 % ga teng bo`lsa, oxiriga borib esa 15-20 % ni tashkil qiladi. Metall chuqurroq fosfor va oltingugurtdan tozalanganda SiO2 miqdori 10-12 % gacha kamayadi.
MgO ning miqdori 8-10 % bo`lguncha shlakning xususiyatiga
yomon ta‘sir qilmaydi. Miqdori bu chegaradan oshganda shlakda
ohakning erishi qiyinlashadi. Uning oltingugurt va fosfordan tozalash
xususiyati kamayadi.
Alyuminiy oksidining miqdori 5-10 % yetguncha ohakning
erishini tezlashtiradi, suyuq oquvchanlikni oshiradi. Shlakning fizik kimyoviy xususiyatini oshishiga yordam beradi. Yuqori konsentratsiyalarida esa shlakning aktivligini kamaytiradi.
Asosli shlaklarning asosiy texnologik xarakteristikasi ularning
oksidlovchi xususiyatidadir. Shlakdan metallga metall vannasidagi
elementlarni oksidlash uchun o`tishi bilan xarakterlanadi. Buni
metallda O2 ning konsentratsiyasi ko`tarilganda amalga oshirish
mumkin bo`ladi. Bunday xususiyatli shlak kisloroddan tozalovchi yoki tiklovchi xususiyatga ega bo`ladi. Shlakning oksidlovchi
xususiyati undagi temir oksidlari, asosliligi, uglerod konsentratsiyasi,
shlakdagi metallning haroratiga bog`liq bo`ladi.
Po`lat eritishda hosil bo`ladigan shlaklarning kamchiliklari
ularning gazlar – azot va vodorodlarni erituvchanligidadir. Bu shuni
anglatadiki, gaz fazasidagi gazlarning faolligi metalldagi faolligidan
ancha yuqoridir. Shuning uchun ular shlak va metallda eriydi.
Tarkibida temir oksidlari bo`lgan shlaklarda mavjud bo`lishi mumkin
bo`lgan azot anion N+ ko`rinishda bo`ladi. Azotning miqdori
quyidagicha, % larda; asosli marten jarayonida 0.0001 - 0.0003,
tomas jarayonida 0.0001 - 0.0007, nordon marten jarayonida 0.0001-
0.0003, elektr yoyli jarayonda (karbid shlaki) ≤ 0.3.
Shlakda vodorod gazining mavjud bo`lish holati anion ON ko`rinishidaligidir. Bu anion gaz – shlak chegarasida hosil bo`ladi:

{N2O}+O2-=2(ON-)


Reaksiyaning muvozanat konstantasi Lg K = lg (OH-)2 /P H2O O2+)=2160T+8.144 Ushbu tenglamadan ko`rinib turibdiki, kislorod anionlarining konsentratsiyasi ko`tarilishi bilan vodorodning shlakdagi eruvchanligi ortadi.
Nordon shlaklarda eritish davrida vodorodning miqdori 10 – 20sm3/100g shlakni tashkil qiladi. Asosli marten va kislorod konverterlarida vodorodning konsentratsiyasi 25 – 45 sm3/100 oralig‘ida bo`ladi



Download 15,16 Kb.
1   2   3   4




Download 15,16 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Po`lat quyishda hosil bo`lgan asosli va nordon shlaklar va ularning xarakterli xususiyati

Download 15,16 Kb.