214
biznes», «virtual hukumat», «raqamli texnologiyalar davlati» tushunchalari allaqachon kundalik
hayotda qо‘llanilmoqda. Yangi «ilg‘or» texnologiyalarning paydo bо‘lish va ularni joriy etish sur’ati
muttasil oshib bormoqda. Bularning barchasi jahon iqtisodiyotining uzluksiz davom etadigan inqilob
davriga kirganligidan dalolat beradi. Yangi g‘oyalar bilan chiqqan, katta axborot oqimini
boshqarishga tayyor, doimiy о‘zgarishlarga tayyor bо‘lgan kompaniyalar raqobatda g‘olib chiqadi.
Yangi iqtisodiyot о‘rnini tiklab bо‘lmaydigan tabiiy resurslarning
ortib borayotgan
iste’moliga emas, balki bilimga asoslanadi. Bu esa shuni anglatadiki, moddiy boyliklar va an’anaviy
resurslar emas, balki intellektual mulk, nou-xau har qanday korxonaning asosiy kapitaliga aylanadi.
Eng katta foyda ixtirolar va innovatsiyalardan olinadi. Bundan tashqari, texnologik ishlanmalar,
biznes jarayonlarini tashkil etish va mutlaqo yangi biznes g‘oyalar xuddi shu darajada muhimdir.
Zamonaviy hayotimizda axborot texnologiyalari ijtimoiy xizmat kо‘rsatishning
barcha
jabhalarida faoliyat yurituvchi barcha turdagi tashkilotlarni boshqarishda qо‘llaniladi. Axborotni
boshqarish texnologiyalarining eng ustun va aniq afzalliklari tijorat tashkilotlar amaliyotida paydo
bо‘la boshladi.
Yangi iqtisodiyotda eksklyuziv ishlanmalar asosida yuqori texnologiyali mahsulotlarni taklif
qiluvchi kompaniyalar yetakchiga aylanmoqda. Kо‘p millatli korporatsiyalar «miyalar» va g‘oyalar
uchun haqiqiy ovni boshlagani bejiz emas. Yangi tanlovlar, mukofotlar, grantlar haqidagi e’lonlar
deyarli har kuni paydo bо‘ladi. Eng yirik korporatsiyalar tadqiqotlarga butun boshli davlatlar
byudjetlari bilan taqqoslanadigan miqdorlarda sarmoya kiritadilar.
О‘zbekistonlik olima I.Ye. Jukovskayaning
“
Raqamli iqtisodiyot
shakllanishi sharoitida
statistika faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish metodologiyasini
takomillashtirish” mavzusidagi doktorlik dissertatsiya ishida mamlakatimizda raqamli iqtisodiyot
shakllanishini ifoda etuvchi kichik sonli (11 ta) indikatorlardan iborat asosiy kо‘rsatkichlar ishlab
chiqilgan. Yangi biznes sohalari – elektron kо‘ngilochar sanoat, shaxsiylashtirilgan axborot
ta’minoti, masofadan texnik xizmat kо‘rsatish,
turli xil biznes xizmatlari, autsorsing paydo
bо‘lmoqda. Kо‘z oldimizda yangi «о‘rta sinf» tug‘ilmoqda: an’anaviy vositachilar (dilerlar,
distribyutorlar, sotuvchilar, agentlar) о‘rnini «axborot vositachilari» - ma’lumotlar, axborotlar va
bilim oqimlari harakatini tashkil etuvchi odamlar egallaydi.
Tovarlar va xizmatlar о‘rtasidagi, an’anaviy va «virtual» mahsulotlar о‘rtasidagi chegaralar
yuvilib ketadi. Yaqin kelajakdagi mahsulotlar - bu tovarni ham, xizmatni ham, intellektual tarkibiy
qismni ham о‘z ichiga olgan «kengaytirilgan mahsulotlar»dir. О‘zbekiston
ulkan intellektual va
texnologik salohiyatga ega. О‘zbekistonlik maktab о‘quvchilari hali ham jahon musobaqalarida: aniq
fanlar, gumanitar fanlar va biznes g‘oyalari tanlovlarida g‘olib chiqmoqdalar. О‘zbekistonlik
dasturchilar о‘z mahsulotlarini dunyoning yetakchi mamlakatlariga eksport qilmoqdalar.
О‘zbekistonda axborot resurslaridan foydalanish bilan bog‘liq sektorda mablag‘lar umumiy
aylanmasining qiymati allaqachon makroiqtisodiy ahamiyatga ega va xizmatlar sohasining 6,25
foizini tashkil etadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining tez rivojlanishi, «axborot
magistrallari» о‘tkazish quvvatining ortishi tufayli yildan yilga axborotning tobora kattaroq hajmi
korxonalar, tashkilotlar va alohida kishilarning kengroq doirasida tarqatilishi mumkin bо‘lmoqda,
lekin texnologik о‘lchamlarning sof texnik о‘sishi ham ma’lumotlarni oddiy uzatishdan jamiyatda
yangi munosabatlarning о‘rnatilishiga, bilimlarni tarqatishning samarali tizimiga va pirovardida
«axborot iqtisodiyotidan» «bilimlarga asoslangan iqtisodiyotga» tо‘la ravishda о‘tishni,
ta’minlamaydi, ya’ni ijtimoiy - munosabatlarning bilimlar va yangi
texnologiyalar iqtisodiy
о‘sishning asosiy omiliga aylanadigan tarzda tashkil etishiga olib kelmaydi. Jadal axborot -
texnologik rivojlanishni iqtisodiy о‘sishning xizmat kо‘rsatish samaradorligini va kishilar
farovonligini oshirishning real manbaiga aylantirishga qaratilgan bundan о‘zgarishlar, shubhasiz,
mamlakat rahbariyati tomonidan say-harakatlarni kadrlarni tayyorlash va qayta
tayyorlashda tegishli
institusional о‘zgarishlarni talab qiladi.
Xulosa qilish kerakki, О‘zbekiston ixtiro va kashfiyotlarni intellektual mulkka, intellektual
mulkni kapitalga aylantirishni о‘rganishi kerak. Eng yaqqol kо‘rinib turgan «yangi iqtisodiyoti»dir.
Bu haqida о‘ylab, 70 yillarning qayg‘uli tajribasini eslash mumkin. 10 yildan ortiq iqtisodiy
215
muammolar neft narxining 5 baravar oshishi bilan bog‘liq edi. О‘shandan beri kо‘p yillar о‘tdi va
neft, kо‘pchilik iqtisodchilar aytganidek, jahon iqtisodiyoti uchun eng muhim xom ashyo bо‘lishni
tо‘xtatdi. Endi bunday xom ashyo axborotdir. AQShda ushbu hodisaning ta’siri barcha iqtisodiy
kо‘rsatkichlarni yaxshiladi. Amerika iqtisodiyotining elektron sektori hali ham 8% ni tashkil qiladi,
ammo u allaqachon mamlakatga umumiy iqtisodiy о‘sishning 35% ini berdi.