R.R.Xusainov, i.f.n., professor,TDTU




Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/447
Sana15.07.2024
Hajmi9,47 Mb.
#267669
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   447
Bog'liq
Сборник готовый

 
R.R.Xusainov, i.f.n., professor,TDTU 
D.Toshpulatov, magistr, TDTU 
O’ZBEKISTONDA YASHIL ISHQTISODIYOTGA O’TISHIDAGI MUAMMO VA 
YECHIMLAR 
Respublikamizda yashil iqtisodiyotga o’tish bo’yicha bir qancha say xarakatlar olib 
borilmoqda. 2015 yildagi Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Parij bitimini 2018 yil ratifikatsiya qilingan. Parij 
bitimi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 2-noyabrdagi O‘RQ-491-son Qonuni bilan 
tasdiqlangan. Ushbu bitim doirasida O‘zbekiston 2030 yilgacha yalpi ichki mahsulot birligiga to‘g‘ri 
keladigan issiqxona gazi emissiyasi miqdorini 2010 yilga nisbatan 35 foizga qisqartirish 
majburiyatini olgan bu degani 2010 yilda YAIM birligiga to‘g‘ri keladigan IG emissiyasi miqdorini 
4,02 kg bo‘lgan bo‘lsa 2030-yilga kelib bu ko‘rsatkich 2,61 kg bo‘lishi lozim. Ammo hozirda ushbu 
memorandum doirasida loyihalar bor va loyihalarni amalga oshirish mexanizmlarini tasdiqlash 
bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Tashabbus doirasida mamlakatda amaliy harakatni boshlash 
maqsadida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikda “Metan emissiyasini kamaytirish 
milliy dasturi”ni ishlab chiqish loyihasini amalga oshirish boshlandi. So‘ngi hisob kitoblarga 
qaraydigan bo‘lsak Uzgidromet agentligi tomonidan taqdim etilgan hisobotga asosan respublikada 
2017-yilda 189 mln. t. CO2 ekv. IG emissiyalari chiqarilgan. 2-rasmda har bir soha ulushi 
ko‘rsatilgan. Ko‘rib turganingizden emissiyaning katta qismi aynan energetika sohasiga to‘g‘ri 
keladi. Sababi mamlakatda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining 85 foizdan ortig‘i issiqlik elektr 
stansiyalari orqali ishlab chiqariladi va ushbu stansiyalarda yoqilg‘i sifatida tabiiy gaz va neft 
mahsulotlari ishlatiladi. Undan tashqari mamlakatda tabiiy gazni realizatsiya jarayonida ya’ni qazib 
olish, qayta ishlash va iste’molchilarga yetkazib berish vaqtida katta miqdorda metan gazi 
yo‘qotishlari mavjud.


221 
Shuningdek respublikada suvni tejash bo‘yicha ham bir qancha ishlar qilinishi kerak. Suv 
hajmining qisqarishi natijasida suv yetishmovchiligi yanada oshishi prognoz qilinmoqda. 
Prognozlarga ko‘ra suv tanqisligi 2005 yilda 2 mlrd. m3 ni tashkil qilgan bo‘lsa 2030 yilda defitsit 7 
mlrd. m3 ni, 2050 yilda 13 mlrd. m3 ni tashkil qilishi kutilmoqda. Buning natijasida qishloq xo‘jaligi 
katta zarar ko‘radi va respublikaning asosiy eksport 10-13 foizga tushib ketadi. Shuningdek ekin 
yerlari kamayishi natijasida oziq-ovqat mahsuloti yetishmovchiligi yuzaga keladi bug‘doy 
yetishtirish 10-13 foizga tushib ketishi kutilmoqda. Suv tariflari past ekanligi va suvni ishlatishda 
hech qanday norma va cheklovlar mavjud bo‘lmaganligi sababli aholi va dehqonlar hamda sanoat 
korxonalarida suv ishlatishda isrofgarchilik holati yuqori. Suv xo‘jaligi vazirligining ma’lum 
qilishicha suvni tejash uchun tomchilab sug‘oruvchi tizimlarni keng joriy qilish maqsadida 
respublikadagi fermerlarni qo‘llab-quvvatlash uchun davlat budjeti hisobidan yiliga 1 trln.so‘mgacha 
subsidiya mablag‘lari ajratilgan. Ammo suv resurslariga fermerlar uchun hech qanaqa cheklov 
mavjud emasligi sababli bu tizimlar keng joriy etilmagan. Shu bilan birga havo haroratining yildan-
yilga yuqoriligi sababli mamlakatda cho‘llanish, yer degradatsiyasi va ekin yerlarini qisqarib ketish 
holatlari kuzatilmoqda. Buning natijasida o‘simlik va daraxtlarning kamayib ketishi holati va 
bioxilma-xillikning qisqarib ketishi kutilmoqda. Agarda bu holatlarga qarshi chora ko‘rilmasa yaqin 
kelajakda katta muammolarga olib kelishi mumkin. Yana bir muammoli sohalardan biri bu 
chiqindilar hisoblanadi. Qonunchilik palatasi deputati Baxitbay Aldamuratovning ma’lum qilishicha 
O‘zbekistonda bir yilda 14-14,5 mln. tonna qattiq maishiy chiqindilar hosil bo‘ladi. Aholi o‘rtacha 
1,5 foizga ko‘payish sur’atini hisobga olganda, ushbu ko‘rsatkich 2028 yilga kelib 16-16,7 mln. 
tonnaga yetishi mumkin. Ammo respublikada ushbu chiqindilarning faqatgina 40 foizigacha bo‘lgan 
qismi qayta ishlanadi va qolgan qismi poligonlarga tashlanadi. O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining PQ-436-sonli qarorida chiqindilarni qayta ishlash 2030-yilgacha 60 foizga chiqarish 
belgilangan. 
Mamlakatning energetika sohasiga keladigan bo‘lsak soha juda ulkan va bir qarashda 
rivojlangan ko‘rinadi. Ammo mamlakatda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishga 
katta e’tibor qaratilishi lozim. Hukumat qarori bilan hukumat binolarining energiya iste’molini 30 
foizigacha bo‘lgan qismini QTMlardan qoplash tashabbusi ilgari surildi. 2022-yil yakunida hukumat 
binolarining katta qismiga quyosh panellari o‘rnalitdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-
436-sonli qarorida 2030-yilgacha QTMlar ulushini umumiy elektr ishlab chiqarish ulushidan 30.5 
foizga yetkazilishi maqsad qilingan, shuningdek O‘zbekiston 2030 strategiyasida iste’mol 
qilinayotgan elektr energiyasining 40 foizini QTM hisobidan qoplanishi maqsad qilib olingan. Ammo 
yashil iqtisodiyotga o‘tish suratlari jadallashririlmasa yaqin kelajakda mamlakat butunlay qazilma 
yoqilg‘ilardan foydalangan holda qazilma boyliklar sotuvchi davlatlarga qaram bo‘lib qolish xavfi 
mavjud. Hozirgi kunda respublikada iqtisodiyot tarmoqlari iste’moli uchun yetarli darajada neft va 
gaz mahsulotlari qazib chiqarilayotgan bo‘lsa tez orada talab bundan ham oshishi va qazib chiqarish 
kamayib ketishi kutilmoqda. 6-rasmga asosan bugungi kunda respublikada 45 mlrd. m3 tabiiy gaz 
qazib olinsa 2045-yilga borib bu ko‘rsatkich 5 mlrd. m3 ga tushib ketishi taxmin qilinmoqda. 
O‘zbekiston 2030 strategiyasida 2030 yilga kelib mamlakat YAIMini 160 mlrd. AQSH dollariga 
chiqarish maqsad qilib olingan bo‘lsa ushbu maqsadga erishish uchun mamlakatga 80 mlrd. m3 tabiiy 
gaz kerak bo‘ladi. Bu esa mamlakatni qazilma yoqilg‘iga qaramligini oshirishi mumkin.
Transport sohasini oladigan bo‘lsak avtomobillar soni 2021-yilda 5 mln. donani tashkil 
qilgan bo‘lsa 2060-yilga kelib 19 milliongacha oshishi prognoz qilinmoqda. mamlakatdagi yengil 
avtomobillarning 95 foizi neft mahsulotlari yoki tabiiy gazda harakatlanadi. Shuningdek ularning 
katta qismi yoqilg‘i sarflash darajasi yuqori va ekspluatatsiya davri 10 yildan ortiq. Eng katta 
muammo shundaki aholi jamoat transportidan foydalanishdan ko‘ra ko‘proq shaxsiy 
avtomobillaridan foydalanishni afzal ko‘rishadi va buning natijasida havoga zaharli gazlar 
tashlanishini ko‘paytiradi. Jamoat transportining xam katta qismi neft mahsulotlari va tabiiy gazda 
harakatlanadi faqatgina katta shaharlarda kam miqdorda elektrobuslar mavjud. Temir yo‘llar orqali 
yuk tashish tizimi rivojlanmaganligi sababli yuk tashish sohasida yuk mashinalari peshqadam 
hisoblanadi. Bugungi kunda bu muammolarga qarshi kurashish maqsadida hukumat tomonidan 


222 
elektromobillarga ustunlik berilmoqda. Elekromobillar va avtomobil quvvati 1.2 litrdan past bo‘lgan 
mashinalarga bojxona to‘lovlarining bir qismi bekor qilindi. Biroq transport sohasida katta 
o‘zgarishlar kiritolmasa bu islohotlar kutilgan natijani bermasligi mumkin. Shuningdek Jahon banki 
guruhining tadqiqotlariga ko‘ra transport sohasining bu darajada shiddat bilan rivojlanishi kelajakda 
mamlakatni qazilma yoqilg‘iga bo‘lgan qaramligini yanada oshirishi mumkin. Bundan tashqari 
avtomobillarning katta qismi tabiiy gazda harakatlanganligi sababli qish mavsumida metan gaziga 
bo‘lgan talab taklifdan ortib ketishi natijasida quvurlardagi bosim tushib ketishi oqibatida aholiga 
tabiiy gaz yetkazib berishda muammolar yuzaga kelmoqda. Bosimni ko‘tarish maqsadida Respublika 
bo‘ylab avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari yopilmoqda. Bu esa o‘z navbatida neft 
mahsulotlariga talab va narxlar oshishiga olib kelmoqda.
Yuqoridagi ma’lumotlarda kelib chiqib shuni aniq ayta olamizki hali respublikada bajarilishi 
lozim bo‘lgan ishlar talaygina. Mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish va yashil iqtisodiyotga 
o‘tkazish uchun islohotlarni jadallashtirish, bunda rivojlangan davlatlar tajribalini joriy qilish lozim 
bo‘ladi. Yuqorida keltirilgan tahlillarda kelib chiqib shuni ayta olamizki, hozirgi kunda respublikada 
yashil iqtisodiyotga o’rish bo’yicha amalga oshirilayorgan islohotlar ko’lami yetarli darajada emas. 
Hozirda qilinayotgan ishlar bilan cheklanib qoladigan bo’lsag va yangi katta marralarni o’z oldimizga 
maqsad qilib qo’ymasakag ushbu islohotlar kelajakda biz kutgan natijani bermasligi mumkin. Shu 
sababli yashil iqtisodiyotga o’tishni jadallashtirish maqsadida mualliflar tomonidan quyidagilar taklif 
etiladi. Bu yo‘lda O‘zbekiston tomonidan 

Download 9,47 Mb.
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   447




Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish