Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «sanoat iqtisodiyoti va menejmenti: muammo va yechimlar»




Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/447
Sana15.07.2024
Hajmi9,47 Mb.
#267669
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   447
Bog'liq
Сборник готовый

Xashimova Salima 
Abdikarimova Aynura Abay qizi 
Muhandislik texnologiyalari fakulteti 
Menejment yo’nalishi 3-kurs talabasi 
BIZNESNI RIVOJLANTIRISHDA RAQOBATCHILAR TO’G’RISIDA AXBOROT 
OLISHNING AHAMIYATI 
Bozor munosabatlari sharoitida biznes to’g’risida aniq ma’lumotga ega bo’lish bu
muvaffaqiyatning yarmi, chunki bozor haqidagi axborotlar tijorat qimmatiga ega bo’lgan tovar
hisoblanadi. Tadbirkor o'z taktikasi va strategiyasini belgilashida qimmatli vosita raqobatchilar
haqidagi axborotlardir. Ushbu axborotlar tijorat sirini tashkil qiladi. Bu sir esa har bir xo’jalik
yurituvchi subyektda sir saqlanadi. Shu tufayli raqobatchilar faoliyati to’g’risidagi to’liq
axborotni olish o’ta murakkab jarayondir.


233 
Ammo axborot o’z-o’zidan qo’lga kiritilmaydi. U ma’lum miqdorda xarajatni, vaqtni,
e’tiborni talab qiladi. Lekin axborotga sarf qilingan xarajat o’n marotaba ko’p foyda keltirishi
mumkin. Shu tufayli, raqobatchilar haqidagi axborotlar har bir tadbirkor uchun o’ta muhim.
Tadbirkor o’z ishini bozor va raqobatchilar to’g’risidagi axborotlarni to’plashdan
boshlashi lozim. Agar unda aniq axborot bo’lmasa ko’r-ko’rona ish boshlash bilan biznesda
tegishli muvaffaqiyatga erishib bo’lmaydi.
Tadbirkor o’zi ishlab chiqarmoqchi bo’lgan tovarning shu hududda tovarga bozorning
to’yinganlik darajasini, mazkur tovarni kimlar ishlab chiqarayotganligini, o’zi qancha ishlab
chiqarish mumkinligi, raqobatchilar qanchadan sotayotganligi, bu esa undan arzonroq sotib
qancha foyda qilish mumkinligi kabilarni obdon o’rganib, aniq hisob-kitoblarga ega bo’lishi
lozim.
Axborotlar qo’lga kiritilishi nuqtai nazaridan uch guruhga bo’linadi: 

Erkin oladigan axborotlar; 

Sotib olinadigan axborotlar; 

Tijorat siriga mansub maxfiy axborotlar; 
Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib, tadbirkorlar, bozor subyektlari
to’g’risidagi axborotlar oldi-sotdisi bilan shug’ullanuvchi maxsus kompaniyalar, firmalar bor. 
Bularga quyidagi axborotlarni kiritish mumkin: 

Korxonaning moliyaviy ahvoli; 

Boshqa hamkorlari bilan hisob-kitob olib borishdagi intizomi; 

Debitor va kreditor qarzlari; 

Qanday biznes bilan shug’ullanishi; 

Rahbarning nufuzi; 

Jamoadagi axloqiy-ruhiy muhit kabilar.
Ba’zan bizning tasavvurimizda hech narsaga arzimasdek tuyulgan narsa biznesda juda
katta muvaffaqiyat olib kelishi yoki aksincha holatni keltirib chiqaradi. Shu tufayli, raqobatchilar
to’g’risidagi barcha axborotlar mazkur korxona uchun o’ta muhim va qimmatli hisoblanadi.
Korxona o’z raqobatchilari to’g’risida axborot to’plashi uchun qanday ishlarni amalga
oshiradi? Eng avvalo, u raqobatchilari to’g’risida ma’lumotlarni oladi.
Ikkinchidan, korxonaga kerak bo’lgan to’liqroq axborotlarni axtara boshlaydi. 
Bularga: 

Korxona faoliyatining samaradorligi; 

Ularning istiqboli; 

Moliyaviy ahvoli; 

Tavakkal qilish qobiliyati kabilar kiradi. 
Uchinchidan, mazkur korxona qaysi biri bilan aloqa qilish mumkinligini aniqlab
olgandan so’ng, o’sha korxona, uning rahbari haqida batafsil ma’lumotlarni to’plashga kirishadi. 
Chunki korxonaning rahbaridagi insoniy va tadbirkorlik sifatlari biznes borasida aloqa qilish
uchun juda muhim.
To’plangan ma’lumotlar ekspertlar tomonidan o’rganib chiqiladi va ular yana qanday
axborotlarni olish mumkin yoki qanday harakat qilish lozimligi xususida o’z xulosalarini
beradi.
Korxonalar to’g’risida axborot to’plab, ularning raqobatbardoshligi va raqobat
maydonidagi o’rniga qarab to’rt guruhga bo’linishini ham inobatga olish lozim: 
1.
Xalqaro bozorda raqobat qiladigan korxonalar. Bu korxonalarning bozori nafaqat
mamlakatda, balki uzoq va yaqin xorijiy mamlakatlarda bo’lishi mumkin. Bular hamisha o’z
mahsulotini xalqaro andozalar darajasida ishlab chiqarishga erishishi lozim. Oddiy korxonalar
bunday korxona bilan raqobatga kirishmaydi. Shu sababli har bir korxona rahbariyati aniq
xulosaga ega bo’lishi lozim. 


234 
2.
Xalqaro bozorda raqobat qilish qobiliyatiga ega bo’lmagan korxonalar. Bular ham
yuqoridagi korxonalar singari mahsulot ishlab chiqishi mumkin. Ammo u xalqaro standartlar
talabiga to’liq javob bermaydi. Bu yuqori bosqichga o’tishi uchun ham ancha ishlarni
bajarishlari lozim. Ya’ni, ilg’or texnologiyalarni, fan va texnika yutuqlariga asoslangan
innovatsiyalarni joriy qilishi kabi.
3.
Tabiiy monopoliyaga ega bo’lgan korxonalar. Bunday korxonalar faqat o’zlariga
o’xshash korxonalar bilan raqobat qilishi mumkin. Bu turdagi korxonalar uchun alohida “Tabiiy
monopoliyalar to’g’risida” Qonun qabul qilingan.
4.
Xorijiy raqobatchilarga bog’liq bo’lmagan korxonalar. Bularga mamlakat
xomashyosiga tayanib, mamlakat bozori uchun mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar kiradi. 
Masalan, non, sut, go’sht sanoati zavodlari kabilar. Ular o’rtasidagi raqobat ichki raqobat bo’lib
hisoblanadi. Bu haqdagi ma’lumotlar ham xulosa qilish uchun o’ta muhimdir.
Bozor munosabatlari sharoitida raqobat muhiti ham, bozor konyukturasi ham,
raqobatchilarning soni, mavqei ham tez o’zgarib turadi. Bunday o’zgarishlarga har qanday
korxona tayyor turishi lozim. Shu tufayli, har bir korxona bir qancha vazifalarni bajarishi
lozim.
1.
Har bir korxona o’zining ishlab chiqarish quvvatidan to’liq foydalangan holda
bozorbop, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarib, bozordagi mavqeini doimiy ravishda
mustahkamlab borishga harakat qilmog’i lozim. 
2.
Mahsulotning hajmini ko’paytirish bilan birga, sifatini oshirish, narxini pasaytirish
choralarini ko’rishi doimiy ravishda diqqat- e’tiboridan chetda bo’lmasligi kerak.
3.
Raqobatchilarga nisbatan foydani ko’proq olish choralarini ko’rish lozim, chunki
erkin raqobat korxonani modernizatsiya va rekonstruksiya qilish uchun hamisha imkoniyat
bo’lishini ta’minlashni talab qiladi.
4.
Korxona ijtimoiy ilg’or, yangiliklarga tashna xodimlarni rag’batlantirishning
noan’anaviy usullaridan foydalanish ustida tinimsiz ishlashi lozim. Chunki korxonaga yuqori
malakali mutaxassislarni jalb qilish imkoni tug’uladi. Ishlayotgan kishilar o’z kasbiy mahoratini
oshirishga ichki tuyg’u hosil bo’ladi. Bu ham juda katta muvaffaqiyatlarning kaliti hisoblanadi.
Bozor munosabatlari sharoitida korxonalar erkinligi bosqichma-bosqich ta’minlanib
boriladi. Ammo erkinlikni hech qachon o’zboshimchalik deb tushunmaslik kerak. Har qanday
korxonaning faoliyatini davlat o’zining dastaklari bilan tartibga solib turadi. Bularga
quyidagilarni kiritish mumkin: 

Soliqlar, ularning turlari va tabaqalangan stavkalari; 

Amortizatsiyaning namunaviy normalari; 

Valyuta kursi; 

Davlat byudjetiga soliqsiz turli majburiy to’lovlar; 

Bojxona tarifi; 

Ekologik me’yorlar, tashqi muhitni ifloslantirilganlik bo’yicha to’lovlar; 

Bank krediti foizlari; 

Standartlar, texnik shartlar va h.k. 
Korxonalar to’g’risida axborot olganda uning davlat bilan bo’lgan munosabatini
albatta tekshirib ko’rish kerak. Chunki har qanday korxona davlatga xiyonat qilsa, hamkorini
aldamaslikning iloji yo’q. Shu tufayli korxonaning xavfsizligini ta’minlash uchun sheriklarga
juda ehtiyotkorlik bilan yondoshishi lozim.
Bozor munosabatlari sharoitida yetti o’lchab emas- yetmish o’lchab, keyin esa
ekspertlar xulosasiga asoslangan holda “kesish” kerak. Shundagina, u o’zining yashovchanligini
saqlab qoladi va ma’lum ma’noda umumiy xavfsizligini, ayniqsa, iqtisodiy xavfsizligini
ta’minlaydi.
Raqobatchilar tahlili kompaniyaga o’z mahsulotini bozor holatini yaxshilash uchun
moslashtirishga yordam beradi.


235 
Benchmarking ( inglizcha benchmarkdan -mezon, benchmark) - raqobatchilar tajribasini
o’rganish va kompaniyangizda eng yaxshi tajribalarni joriy etish imkonini beradigan metodlar
to’plami. Qoida tariqasida, ushbu vosita sizning biznesingizni bozorning eng yaxshi
kompaniyalari bilan, ya’ni benchmarklar bilan solishtirish uchun ishlatiladi. Mezon sifatida
biznes jarayonlari, biznes yondashuvlari, ishlab chiqarish xarajatlari, mahsulot sifati,
xaridorlarning qoniqishidan foydalanish mumkin.
Bunday tahlil top-menejerlarga kompaniya strategiyasini ishlab chiqishda asosli
qarorlar qabul qilish imkonini beradi- bozorda kimga qarash kerakligini aniqlash ( yoki
kompaniyaning o’zi yetakchi ekanligini aniqlash), kompaniyaning maqsadli ko’rsatkichlari va
rivojlanish modelini aniqlash.
Benchmarking ikki holatda qo’llaniladi: 

Kompaniyaning rivojlanish yo’nalishini va samaradorligini oshirish yo’nalishlarini
tanlash uchun kompaniyaning faoliyatini bozorning eng yaxshi amaliyoti bilan solishtirish zarur
bo’lganda. 

Ikkinchi holda, biznes uchun maqsadli ko’rsatkichlar o’rtacha bozor qiymatlari
yoki bozor yetakchilarining darajalariga qarab belgilanadi.
Mutaxassislarning aytishicha, Benchmarking bugungi kunda kompaniyalar tomonidan
har qanday biznes muammosini hal qilishda qo’llaniladi.
Benchmarking bir necha bosqichlardan iborat: 

Rejalashtirish. Kompaniya o’z biznesining qaysi qismini yaxshilamoqchi ekanligini
va kim bilan o’zini solishtirishini aniqlashi kerak.

Ma’lumot yig’ish. Ushbu bosqichda kompaniyada biznes- jarayonlar qanday
amalga oshirilayotgani, kompaniyaning asosiy ko’rsatkichlari nimalar haqida ma’lumot to’plash,
shuningdek, raqobatchilar haqida shunga o’xshash ma’lumotlarni to’plash zarur. Raqobatchilar
haqidagi ma’lumotlarni Internetdagi ochiq manbalar, ekspertlar fikri, mijozlar, yetkazib
beruvchilar orqali olish mumkin; ba’zi hollarda, bu to’g’ridan-to’g’ri raqobatchiga murojaat
qilish orqali amalga oshirilishi mumkin. 

Ma’lumotlarni tahlil qilish. Ma’lumot yig’ilgandan so’ng, hisobot tuziladi va
rahbariyat kompaniyaning yaxshi ishlashi uchun keyingi choralarni muhokama qiladi. 

Amalda qo’llash. Benchmarkingning asosiy bosqichi, bu tahlillar asosida
kompaniyaning biznes jarayonlarini o’zgartirishni o’z ichiga oladi. 

Monitoring natijalari. Kompaniya faoliyatini kuzatish, o’zgarishlarning
samaradorligini ko’rsatadi. Istalgan natijaga qarab qisqa yoki uzoq vaqt davomida bajarilishi
mumkin. 
Ekspertlar ta’kidlashicha, raqobat kuchayib borayotganligi sababli benchmarking
kompaniyalarni boshqarishning eng keng tarqalgan vositalaridan biriga aylangan. 

Download 9,47 Mb.
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   447




Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «sanoat iqtisodiyoti va menejmenti: muammo va yechimlar»

Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish