Raqamli iqtisodiyotning institutsional tuzilishi uchta asosiy elementdan iborat: institutsional
229
- “uncorn kompaniyalari” – qiymati 1 milliard dollardan oshadigan
nodavlat texnologiya
kompaniyalari. (ByteDance, Didi Chuxing,
JUUL Labs, WeWork, Airbnb va boshqalar );
- AKT tovarlari va xizmatlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi boshqa tadbirkorlik
sub’ektlari;
- innovatsion markazlar (YUqori
texnologiyalar parki, Skolkovo);
- raqamli korxonalarda ishlaydigan shaxslar.
Raqamli iqtisodiyotning markaziy ob'ekti raqamli vositalar/texnologiyalardan foydalangan
holda xo'jalik yurituvchi subyektlarning (fuqaro, ishlab chiqarish korxonasi, shahar yoki mamlakat)
ehtiyojlarini qondirishni ta'minlaydigan mahsulot (mahsulot, xizmat, resurs) hisoblanadi.
Raqamli iqtisodiyot ob’ektlari har tomonlama "odamlar - biznes - narsalar" modeli
ko‘rinishida ishlaydi, 3000 dan ortiq faoliyat turlarini qamrab oladi va kriptovalyuta turlarini, ulkan
Internet dunyosi, tarmoqli moliyalashtirishni (kraudfanding) tashkil etishni, raqamli valyuta birjalari,
xususiy va davlat aktsiyadorlik kapitali va shu kabilarni o‘z ichiga oladi.
Institutsional tizimni qurishda davlatning asosiy qiladigan ishlaridan
biri biri rivojlanish
institutlarini yaratishdir. Ushbu institutlar yordamida hal etilishi kutilayotgan ustuvor vazifalar
quyidagilardan iborat: infratuzilmani (sanoat, ijtimoiy va boshqalar) va yuqori texnologiyali ishlab
chiqarishlarni
rivojlantirish; innovatsiyalarni rag‘batlantirish; uzoq muddatli asosda mamlakatda
iqtisodiy o‘sish sur’atlarini oshirish va hokazo Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish institutlari siyosiy
(hokimiyat institutlari),
iqtisodiy, ilmiy va davlat (ijtimoiy)ga bo‘linadi.
Raqamli iqtisodiyot platformalari (RIP) raqamli iqtisodiyot infratuzilmasi asosini tashkil
etadi.