4-SHO‘BA: “YASHIL IQTISODIYOT”NI SHAKLLANISHI SHAROITIDA
UMUMIY IQTISODIY MASALALAR
I.f.d. (DSc) Allayeva Gulchexra Jalgasovna
I. Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti
“Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti” kafedrasi mudiri,
Mirzayev Bexruz Abdulla o‘g‘li
Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti mustaqil tadqiqotchisi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINI YASHIL IQTISODIYOTGA O‘TISH
SAMARADORLIGINI TAHLIL QILISH
O‘zbekiston geografik joylashuvidan kelib chiqib iqlim o‘zgarishiga tasirchanlik darajasi
yuqori davlatlar qatorida hisoblanadi. Mamlakatda yildan yilga suv tanqisligi ortib borishi
kuzatilmoqda. Respublikada qishloq ho‘jaligida suvlarni samarasiz ishlatilishi, energetika sohasida
energiya samaradorligi pastlligi va iqlim o‘zgarishiga qarshi kutashish va unga moslashish darajasi
yetarli darajada emasligi respublikani xavf solayotgan muammolar ko‘lamini yanada kengaytirishi
mumkin. Shu sababli Respublika butun dunyi hamjamiyati tomonidan ilgari surilayotgan yashil kun
tartibi tashabbusiga qo‘shilish va mamlakatda yashil iqtisodiyotni jadal rivojlantirish yo‘lidan
borishni maqul ko‘rdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan bugungi kunda hukumat
tomonidan yashil iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha katta islohotlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatda bu
o‘nalishda bir qancha qadamlar tashlangan bo‘lib respublik iqtisodiyoti qadamma-qadam yashil
o‘sish madeliga o‘tmoqda. Ammo mamlakatni to‘liq yashil iqtisodiyotga o‘tkazish uchun hali
qilinmagan ishlar bir talay. Tahlil. Birinchi navbatda yashil iqtisodiyotga tegishli respublikaning
qonunchilik bazasini ko‘rib chiqamiz. Mamlakatda yashil iqtisodiyotga o‘tishda maqsadlar ya
yo‘nalishlarni aniq belgilab olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-
noyabrdagi “2019 — 2030-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tish
strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida ” PQ-4477-son qarori bilan 2019 — 2030-yillar davrida
O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini tasdiqlandi. Strategiya bilan
mamlakat iqtisodiyotini yashil iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha aniq maqsadlar belgilab olindi va 6 ta
asosiy yo‘nalishlar: 1. Tabiiy resurslardan barqaror va samarali foydalanish; 2. Milliy iqtisodiyotning
tabiiy ofatlar va iqlim o‘zgarishiga nisbatan barqarorligini mustahkamlash; 3. Milliy iqtisodiyot,
xususan sanoatni "yashil" va kam uglerodli rivojlanishini ta’minlash; 4. Innovatsiyalarni joriy etish
va samarali “yashil” investitsiyalarni jalb qilish; 5. Barqaror va inkluziv “yashil” urbanizatsiyani
rivojlantirish; 6. Yashil” iqtisodiyotga o‘tish davrida katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan aholi va
ularning yashash joylarini qo‘llab-quvvatlash. 3 ta kichik yo‘nalishlar: 1. “Yashil” o‘sish bo‘yicha
salohiyatni oshirish va inson kapitalini rivojlantirish; 2. “Yashil” iqtisodiyotga o‘tish uchun qulay
siyosiy muhit yaratish, samarali institutlarni joriy qilish; 3. Tashqi va ichki “yashil” moliyalashtirish
oqimlarini ko‘paytirish belgilangan.
Biroq ushbu strategiyaning tasdiqlanishi dunyoda Covid-19 pandemiyasining keng tarqalishi
va butun dunyoda barcha jarayonlar to‘xtab qolish davriga to‘g‘ri keldi. Shu sababli ushbu qaror
ijrosini samarali ta’minlashda bir qancha qiyinchiliklar yuzaga keldi va strategiyani amalga oshirish
ishlari suslashish holatlari kuzatildi. Shundan so‘ng pandemiya degan balo ortga chekinganidan so‘ng
butun dunyo aholisi asta sekin odatiy turmush tarziga qayta boshlagach respublikada Yashil
iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi “2030 yilgacha O‘zbekiston Respublikasining
290
“yashil” iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi PP-436-son qarori qabul qilingan. Qaror bilan quyidagi strategik hujjatlar va tizimlar
tasdiqlandi: - strategik maqsadlarga erishishga mo‘ljallangan 2030 yilgacha O‘zbekiston
Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga o‘tish va “yashil” o‘sishni ta’minlash Dasturi; - sanoat
tarmoqlarida “yashil” iqtisodiyotga o‘tish va energiya tejamkorligini ta’minlash bo‘yicha
Konsepsiya; - 2030 yilgacha O‘zbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga o‘tish va “yashil”
o‘sishni ta’minlash bo‘yicha Harakatlar rejasi; - ishlab chiqarilgan mahsulotning energiya sig‘imi
ko‘rsatkichini 2026 yilga kelib 2022 yilga nisbatan 20 foizga kamaytirishga qaratilgan 2022 – 2026
yillarda iqtisodiyot tarmoqlarida yoqilg‘i-energetika resurslarini tejashning Maqsadli parametrlari; -
O‘zbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga o‘tish choralarini muvofiqlashtirish bo‘yicha
Idoralararo kengash tarkibi yangilandi; - “Yashil” iqtisodiyotga o‘tish va «yashil» o‘sish bo‘yicha
Donorlarning muvofiqlashtirish guruhi tasdiqlandi.
Shuningdek qaror bilan quyidagi maqsadli ko‘rsatkichlar tasdiqlandi: YAIM birligiga to‘g‘ri
keladigan energiya hajmini 2021-yilga nisbatan 30% kamaytirish; Sanoatda EE iste’moli, umumiy
EE iste’moldagi ulushini 20% gacha tushirish; QTEMdan elektr energiyasini ishlab chiqarish
umumiy hajmidagi ulushini 30,5 % ga yetkazish; “Yashil makon” loyihasi doirasida shaharlardagi
yashil maydonlarni 30 % ga kengaytirish; 1,5 GVt quvvatdagi kichik quyosh fotoelektr stansiyalarini
qurish; Yaxshilangan ichimlik suv manbalaridan foydalanish imkoniyatiga ega aholi, jami aholi
soniga nisbatan 90 % ga etkazish; O‘rmon fondi hududlarida daraxt va butalar zaxiralarini 92,3 mln
m3 ga yetkazish; Qattiq maishiy chiqindini qayta ishlash darajasini 65 % dan oshirish. Yashil
energetika sohasidagi islohotlar samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2022-yil 9-sentabrdagi “Energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va kichik
quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida” PF-220-son Farmoni tasdiqlandi.Farmon bilan Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini
o‘rnatganlik
uchun
kompensatsiyalar
miqdori
va
Xususiy
investorlarga
mikro
gidroelektrstansiyalarni
qurish
uchun
taklif
etilayotgan
loyihalar
ro‘yxati
hamda
gidroelektrostansiyalarni qurish bo‘yicha xususiy investorlarni jalb qilish va ularning biznes
loyihalarini moliyalashtirish sxemasi tasdiqlandi.
Mamlakatda yashil energiya sertifikatlarini joriy qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2023-yil 12- maydagi PQ-156-son “Yashil energiya” sertifikatlari tizimini joriy etish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Energetika vazirligi va “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatining elektr energiyasining qayta
tiklanuvchi manbalardan foydalangan holda ishlab chiqarilganini tasdiqlovchi “yashil energiya”
sertifikatlari tizimini bosqichma-bosqich: 2023-yil 1-iyuldan boshlab — “O‘zbekgidroenergo”
aksiyadorlik jamiyati tizimidagi gidroelektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun;
2023-yil 1-oktabrdan boshlab — quyosh, shamol va gidroelektr stansiyalarida hamda qayta
tiklanuvchi boshqa energiya manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi
uchun joriy etish belgilandi. Mazkur tizimga ko‘ra, qayta tiklanuvchi energiyani ishlab chiqaruvchilar
“yashil sertifikat”ni yakuniy foydalanuvchiga (tovarlar ishlab chiqaruvchilar, iste’molchilar) sotadi
va bu bilan energiyaning “tozaligi”ga kafolat beradi. O‘zbekistonda 2026-yilga borib umumiy
quvvati1 247 MVt bo‘lgan 5 ta quyosh elektr stansiyasi va umumiy quvvati 3 100 MVt bo‘lgan 7 ta
shamol elektr stansiyalari hamda umumiy quvvati 868 MVtga teng bo‘lgan gidroelektr stansiyalari
ishga tushirilishi natijasida mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun o‘z mahsulotlarini “yashil”
energiya asosida ishlab chiqarganligini ko‘rsatish O‘zbekistonda mahsulotlar qayta tiklanuvchi
291
energiya manbalari hisobidan va ekologik jihatdan toza texnologiyalar yordamida ishlab
chiqarilganligini tasdiqlovchi hamda bu bilan bog‘liq barcha jarayonlarni kuzatib borish imkonini
beruvchi “yashil sertifikatlar” tizimi joriy qilindi 2023-yil 1-iyuldan boshlab — “O‘zbekgidroenergo”
aksiyadorlik jamiyati tizimidagi gidroelektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun;
2023-yil 1-oktabrdan boshlab — quyosh, shamol va gidroelektr stansiyalarida hamda qayta
tiklanuvchi boshqa energiya manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi
uchun joriy etish belgilandi. 5 hamda barqaror rivojlanish bo‘yicha xalqaro standartlarni (GHGP,
CDP, RE100) bajarishda sertifikatlardan foydalanish imkoniyatini yaratish.
Shuningdek respublikada suvni tejash bo‘yicha ham bir qancha ishlar qilinishi kerak. Suv
hajmining qisqarishi natijasida suv yetishmovchiligi yanada oshishi prognoz qilinmoqda.
Prognozlarga ko‘ra suv tanqisligi 2005 yilda 2 mlrd. m3 ni tashkil qilgan bo‘lsa 2030 yilda defitsit 7
mlrd. m3 ni, 2050 yilda 13 mlrd. m3 ni tashkil qilishi kutilmoqda. Buning natijasida qishloq xo‘jaligi
katta zarar ko‘radi va respublikaning asosiy eksport mahsulotlaridan biri bo‘lgan paxta mahsuloti
ishlab chiqarish 10-13 foizga tushib ketadi. Shuningdek ekin yerlari kamayishi natijasida oziq-ovqat
mahsuloti yetishmovchiligi yuzaga keladi bug‘doy yetishtirish 10-13 foizga tushib ketishi
kutilmoqda.
Suv tariflari past ekanligi va suvni ishlatishda hech qanday norma va cheklovlar mavjud
bo‘lmaganligi sababli aholi va dehqonlar hamda sanoat korxonalarida suv ishlatishda isrofgarchilik
holati yuqori. Suv xo‘jaligi vazirligining ma’lum qilishicha suvni tejash uchun tomchilab sug‘oruvchi
tizimlarni keng joriy qilish maqsadida respublikadagi fermerlarni qo‘llab-quvvatlash uchun davlat
budjeti hisobidan yiliga 1 trln.so‘mgacha subsidiya mablag‘lari ajratilgan. Ammo suv resurslariga
fermerlar uchun hech qanaqa cheklov mavjud emasligi sababli bu tizimlar keng joriy etilmagan. Shu
bilan birga havo haroratining yildan-yilga yuqoriligi sababli mamlakatda cho‘llanish, yer
degradatsiyasi va ekin yerlarini qisqarib ketish holatlari kuzatilmoqda. Buning sabablaridan yana biri
o‘simlik va daraxtlarning kamayib ketishi va bioxilma-xillikning qisqarib ketishidir. Agarda bu
holatlarga qarshi chora ko‘rilmasa yaqin kelajakda katta muammolarga olib kelishi mumkin. Qurilish
va urbanizatsiya sohalari ham maqtansa bo‘ladigan darajada emas. O‘zbekistonda hozirda mavjud
ko‘p qavatli uylar va yakka turdagi xonadonlarning energiya samaradorligi past. Yangi uylarni
qurishda qonunchilik tomondan “yashil” mezonlar inobatga olinmaganligi bu yo‘nalishda hech
qanday o‘zgarishlar kuzatilmayapti. Faqat gina sanoqli yangi qurilgan uylan isitish qoplamalari bilan
qoplanmoqda. Yangi qurilayotgan shaharlarda yashillik darajasi juda pas bo‘lib mavjud shaharlarning
xam yashillik darajasi yildan yilga tushib ketmoqda. Shaharlarni yoritish tizimi uchun juda ko‘p elektr
energiya sarflanadi. Yana bir muammoli sohalardan biri bu chiqindilar hisoblanadi. Qonunchilik
palatasi deputati Baxitbay Aldamuratovning ma’lum qilishicha O‘zbekistonda bir yilda 14-14,5 mln.
tonna qattiq maishiy chiqindilar hosil bo‘ladi.
Aholi o‘rtacha 1,5 foizga ko‘payish sur’atini hisobga olganda, ushbu ko‘rsatkich 2028 yilga
kelib 16-16,7 mln. tonnaga yetishi mumkin. Ammo respublikada ushbu chiqindilarning faqatgina 40
foizigacha bo‘lgan qismi qayta ishlanadi va qolgan qismi poligonlarga tashlanadi. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining PQ-436-sonli qarorida bu ko‘rsatkichni 2030-yilgacha 60 foizga
chiqarish belgilangan. Mamlakatning energetika sohasiga keladigan bo‘lsak soha juda ulkan va bir
qarashda rivojlangan ko‘rinadi. Ammo chuqurroq tahlillar natijasida shu narsa ma’lum bo‘ladiki
sohada hali qilinishi lozim bo‘lgan ishlar bir talay. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
tashabbusi bilan mamlakatda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishga katta e’tibor
qaratilmoqda. Hukumat qarori bilan hukumat binolarining energiya iste’molini 30 foizigacha bo‘lgan
292
qismini QTMlardan qoplash tashabbusi ilgari surildi. 2022-yil yakunida hukumat binolarining katta
qismiga quyosh panellari o‘rnalitdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-436-sonli qarorida
2030-yilgacha QTMlar ulushini umumiy elektr ishlab chiqarish ulushidan 30.5 foizga yetkazilishi
maqsad qilingan, shuningdek O‘zbekiston 2030 strategiyasida iste’mol qilinayotgan elektr
energiyasining 40 foizini QTM hisobidan qoplanishi maqsad qilib olingan. Ammo yashil
iqtisodiyotga o‘tish suratlari jadallashririlmasa yaqin kelajakda mamlakat butunlay qazilma
yoqilg‘ilardan foydalangan holda qazilma boyliklar sotuvchi davlatlarga qaram bo‘lib qolish xavfi
mavjud. Hozirgi kunda respublikada iqtisodiyot tarmoqlari iste’moli uchun yetarli darajada neft va
gaz mahsulotlari qazib chiqarilayotgan bo‘lsa tez orada talab bundan ham oshishi va qazib chiqarish
kamayib ketishi kutilmoqda. 6-rasmga asosan bugungi kunda respublikada 45 mlrd. m3 tabiiy gaz
qazib olinsa 2045-yilga borib bu ko‘rsatkich 5 mlrd. m3 ga tushib ketishi taxmin qilinmoqda.
O‘zbekiston 2030 strategiyasida 2030 yilga kelib mamlakat YAIMini 160 mlrd. AQSH dollariga
chiqarish maqsad qilib olingan bo‘lsa ushbu maqsadga erishish uchun mamlakatga 80 mlrd. m3 tabiiy
gaz kerak bo‘ladi. Bu esa mamlakatni qazilma yoqilg‘iga qaramligini oshirishi mumkin. Transport
sohasini oladigan bo‘lsak avtomobillar soni 2021-yilda 5 mln. donani tashkil qilgan bo‘lsa 2060-yilga
kelib 19 milliongacha oshishi prognoz qilinmoqda.
Mamlakatdagi yengil avtomobillarning 95 foizi neft mahsulotlari yoki tabiiy gazda
harakatlanadi. Shuningdek ularning katta qismi yoqilg‘i sarflash darajasi yuqori va ekspluatatsiya
davri 10 yildan ortiq. Eng katta muammo shundaki aholi jamoat transportidan foydalanishdan ko‘ra
ko‘proq shaxsiy avtomobillaridan foydalanishni afzal ko‘rishadi va buning natijasida havoga zaharli
gazlar tashlanishini ko‘paytiradi. Jamoat transportining xam katta qismi neft mahsulotlari va tabiiy
gazda harakatlanadi faqatgina katta shaharlarda kam miqdorda elektrobuslar mavjud. Temir yo‘llar
orqali yuk tashish tizimi rivojlanmaganligi sababli yuk tashish sohasida yuk mashinalari peshqadam
hisoblanadi. Bugungi kunda bu muammolarga qarshi kurashish maqsadida hukumat tomonidan
elektromobillarga ustunlik berilmoqda. Elekromobillar va avtomobil quvvati 1.2 litrdan past bo‘lgan
mashinalarga bojxona to‘lovlarining bir qismi bekor qilindi. Biroq transport sohasida katta
o‘zgarishlar kiritolmasa bu islohotlar kutilgan natijani bermasligi mumkin. Shuningdek Jahon banki
guruhining tadqiqotlariga ko‘ra transport sohasining bu darajada shiddat bilan rivojlanishi kelajakda
mamlakatni qazilma yoqilg‘iga bo‘lgan qaramligini yanada oshirishi mumkin. Bundan tashqari
avtomobillarning katta qismi tabiiy gazda harakatlanganligi sababli qish mavsumida metan gaziga
bo‘lgan talab taklifdan ortib ketishi natijasida quvurlardagi bosim tushib ketishi oqibatida aholiga
tabiiy gaz yetkazib berishda muammolar yuzaga kelmoqda. Bosimni ko‘tarish maqsadida Respublika
bo‘ylab avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari yopilmoqda. Bu esa o‘z navbatida neft
mahsulotlariga talab va narxlar oshishiga olib kelmoqda. Yuqoridagi ma’lumotlarda kelib chiqib
shuni aniq ayta olamizki hali respublikada bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar talaygina. Mamlakat
iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish va yashil iqtisodiyotga o‘tkazish uchun islohotlarni
jadallashtirish, bunda rivojlangan davlatlar tajribalini joriy qilish lozim bo‘ladi. Yuqorida keltirilgan
tahlillarda kelib chiqib shuni ayta olamizki, hozirgi kunda respublikada yashil iqtisodiyotga o’rish
bo’yicha amalga oshirilayorgan islohotlar ko’lami yetarli darajada emas. Hozirda qilinayotgan ishlar
bilan cheklanib qoladigan bo’lsag va yangi katta marralarni o’z oldimizga maqsad qilib qo’ymasakag
ushbu islohotlar kelajakda biz kutgan natijani bermasligi mumkin. Xulosa. Yuqridakilardan kelib
chiqib shu narsani ayta olamizki Hali O‘zbekiston iqtisodiyotini to‘liq yashil o‘sish modeliga
o‘tkazish uchun ulkan ishlar qilish lozim bu esa o‘z navbatida uzoq mehnatni talab qiladi. Mamlakat
iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishni va boshqa davlatlarga qaramlikni yoq qilishni va kelajak
293
avlodga o‘zimizdan so‘ng yaxshi hayot qoldirishni istasak yashil iqtisodiyotga o’tishni
jadallashtirishimiz lozim.
|