315
yuqori darajada
qiziqish bilan qarashlari, uning shu yoʻsindagi andozada boʻlishini talabini
loyihalarda ilgari surish ommalashgani sari, xorijiy investorlarning investitsion mandat baholash
ekotizimini ketma-ket shakllantirishni taqozo etadi. Shunga koʻra, ishimizda xorijiy investor uchun
investitsion mandatni baholashning ekotizimini ishlab chiqish va belgilash biz tomondan ishlab
chiqildi. (1-rasmga qarang)
1-rasm. Xorijiy investor uchun investitsiyaviy mandatni baholashning ekotizimi
Xorijiy investorlar uchun investitsion mandatni baholashning ekotizimini iqtisodiy boshqaruv
infratuzilmasidan kelib chiqqan holda rejalashtirish maqsadida dastlab
iqtisodiy rivojlanish hamda
samaradorlik koʻrsatkichlarini baholashni oʻz ichiga qamrab oladi. Bunda iqtisodiy rivojlanishda
asosiy samaradorlik koʻrsatkichlari, texnik hamda iqtisodiy koʻrsatkichlarning oʻzaro nisbat
koʻrsatkichlari va uni ishlab chiqarishning kengayishidagi dinamikasini baholash nazarda tutiladi.
Mazkur baholashni amalga oshirish natijasida ekotizimda mavjud kamchiliklarni aniqlashdan
tashqari, iqtisodiy rivojlanishni oshirish uchun strategik rejalarni tizimlashtirishga xizmat qilishi bilan
asoslanadi.
Infratuzilmaning rivojlanishi va hammabopligi koʻrsatkichi asosan mamlakatdagi iqtisodiy
infratuzilmada korxonaning «yashil» maqomida olib borayotgan ijtimoiy hamda iqtisodiy faoliyati,
uning asosida korxonaning ilmiy hamda amaliy yutuqlari,
shuningdek, ekologik himoya va atrof
muhitning daxlsizligini ta’minlashga erishish darajasini namoyon etadi. Shuni ham alohida e’tirof
etish joizki, mazkur baholash elementida koʻrsatkichlarning umumqoʻllanilishi mumkinligi
infratuzilmaning asosiy qismini erkin egiluvchan hamda strategik jihatdan himoyalanganligini
anglatadi.
Iqtisodiyotning raqobatbardoshliligi va diversifikatsiya koʻrsatkichlarini baholash korxonaning
barqaror faoliyatini, raqobat bozoridagi turgʻun egallagan pozitsiyasi, doimiy bazaviy xizmat qiluvchi
iste’molchilar jamoasi hamda mahsulotlarning ustida olib borilayotgan inkrementativ natijalarning
samaradorligini tahlil qilishni nazarda tutadi. Bu oʻz navbatida korxonaning raqobatchilari va ulardan
ustunlikka ega boʻlishning strategik rejasini oʻzida namoyon etibgina qolmay, joriy holatning
iqtisodiy risklarini nazorat ostida saqlanishi doirasida faoliyat olib borilayotganligini ham tavsiflaydi.
Mazkur baholashni keng qoʻllanilishi natijasida iqtisodiy infratuzilmada
iqtisodiyotning
mutanosiblik kategoriyasi asosida mahsulotlarning klassifikatsion oʻsish tendensiyasini aniqlash
imkoniyati yanada ortib, mahsulotlarning innovatsion avlodlarini bozorga taqdim etishdagi risklarni
transformatsiya qilishga yetaklaydi.
Ishbilarmonlik muhiti va tadbirkorlikni rivojlantirish sifat koʻrsatkichlarini baholash
korxonaning raqiblaridan ustun kelishidagi qoʻshimcha rejalarning naqd amaliyotda olib borishga
tayyorligi, shuningdek ularning muvaffaqiyatli faoliyatiga ishonch doirasining kengayishi bilan
316
asoslanadi. Bunda asosan korxonaning oʻzaro tadbirkorlikda klasterizatsiyaning norasmiy faoliyati
hamda innovatsion mahsulotlarning samaradorlikni oshirishdagi imkoniyatlari oʻrganilib, xom ashyo
yetkazib beruvchi korxonalarni jalb etilishi natijasida yuzaga keluvchi iqtisodiy hamkorlik hamda
moliyaviy oʻzgarmas xarajatlarni nazarda tutadi.
Bank moliya sohasining moliyaviy koʻrsatkichlarini baholash
asosan korxona moliyaviy
aktivlarining korporativ jihatdan toʻgʻri qoʻllanilishi, fond birjasida korxonanning samaradorligini
oshirishga xizmat qila olish darajasi va imkoniyatlarining kengayishi, shuningdek, bugungi kunning
dolzarb masalalaridan sanalgan bank bilan oʻzaro parallel faoliyat olib borish tizimini nafaqat ichki,
balki xalqaro miqiyosda ham yoʻlga qoʻyilganligini aniqlashga xizmat qilishi bilan tavsiflanadi.
Xorijiy investorlar uchun investitsion mandatni baholash ekotizimi oʻziga xos tarzda baholash
koʻrsatkichlarini tizimlashtirishni taqozo etib, bunda indikatsion boshqaruv hamda indeksial baholash
asoslari bilan hisoblashishga undaydi. Xorijiy investorlar bugungi kunga kelib, oʻzining ekspert
komissiyasi yoki ekspert olib boruvchi mutaxassislarni yollashdan koʻra korxonaning mavjud baholash
natijasida olingan tahlil natijalari bilan tanishib chiqishni ma’qulroq deb biladilar avvalambor bu holat
tahlillarni pogʻonama pogʻona olib borishda ishning qayta takrorlanishi va unga doir xarajatlarning oshib
ketishi oldini olgan holda tejamkorlik asosida samaradorlikka erishish imkonini beradi. Bu oʻz navbatida
ekotizimni mustahkamlovchi asosiy parametrlarining samarali
ishlashini taxminlaydi, agarda ishlab
chiqarishda parametrlarni taqdim etish funktsionallashtirilmagan boʻlsa, u holda ularni joriy etish orqali
sarhisoblarni olib borishning an’anaviy baholash tizimiga aylantirish tender loyihalarda alohida rezyume
sifatida xizmat qilishini ta’minlashga qaratilgan boʻladi. Shunga koʻra, yuqorida keltirilgan rasmdagi
ketma-ket tizimlashtirilgan baholash tizimini aniq sxematik asos sifatida konsepsiya koʻrinishida
korxonalarda joriy etish va uni baholashni doimiy yoʻlga qoʻyish, uning hisobot natijalarini andozaviy
shakl harfi bilan belgilagan holda shakllar katalogida mavjud boʻlishini ta’minlashni taqozo etadi.
Jumladan, 9-shakl moliyaviy hamda iqtisodiy baholash natijalari uchun ishlab chiqarish faoliyatida
xizmat qilishi mumkin boʻlib, mazkur shakl hali egallanmagan, uni joriy etishda esa statistika
agentiligining tashabbusi bilan statistik ma’lumotlarni keltirish shaklida qoʻllanilishi lozim boʻladi. Bu
korxonalarning har oylik ma’lumotlarini mazkur shaklda toʻldirilishi
asosida korxonaning doimiy
ma’lumotlar arxivida boʻlishini ta’minlabgina qolmay, uning bazasi asosida xorijiy investorlar uchun
ma’lumotlar bazasi sifatida xizmat qilishi mumkinligi bilan alohida e’tirof etiladi.
Xorijiy investorlar uchun investitsion mandat baholanishining ekotizimi milliy iqtisodiy
infratuzilmasida ilgari tadqiq etilmagan boʻlib, bugungi kunga kelib uning indikatsion
koʻrsatkichlarni qamrab olgan holda baholash tizimi sifatida xizmat qilishi xalqaro miqiyosdagi
report post ya’ni hisobot shakliga aylanishiga olib kelishi mumkin. Mazkur ehtimol xalqaro iqtisodiy
arenada xorijiy hamkorlar bilan ishlash, ularning investitsion jozibadorlikka boʻlgan munosabati ham
innovatsion loyihalarni keng joriy qilishni ixtilof etmagani bois, ekotizimning
konsepsiya darajasiga
qadar takomillashishiga yetaklashi ehtimoli yuzaga keladi va bu «Olmaliq KMK» AJ faoliyatini
baholash tizimining umumfoydalanish namunasi sifatida alohida e’tirof etilishi mumkin.