|
Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «sanoat iqtisodiyoti va menejmenti: muammo va yechimlar» Pdf ko'rish
|
bet | 202/447 | Sana | 15.07.2024 | Hajmi | 9,47 Mb. | | #267669 |
Bog'liq Сборник готовыйGaibnazarova Zumrat Talatovna
Fan va texnologiyalar universiteti “Iqtisodiyot” kafedrasi professori, i.f.d.
Komolov Sadriddin Xayriddinovich TDTU tayanch doktoranti
SANOAT TARMOQLARIDA “YASHIL IQTISODIYOT” NI SHAKLLANISHIDA
INVESTITSIYALARNI AXAMIYATI
Iqtisodiyotni glaballashu jarayonuda, dunyo mamlakatlari amaliyoti tajribasidan koʻrish
mumkinki, har qanday davlatning, undagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy rivojlanishi
asosan innovatsiyaga asoslanadi. Investitsiya iqtisodiyotni modernizatsiya qilishda, moddiy-texnika
bazasini takomillashtirishda, ishlab chiqarish sohasida asosiy omil boʻlib xizmat qiladi. Shu tufayli
innvestitsiya “yashil iqtisodiyot” ni shakillantirishda muxim ahamiyat kasb etadi.
Maʻlumotlarga koʻra, asrimizning oxiriga borib iqlim oʻzgarishlari oqibatida dunyo yalpi
ichki mahsuloti 20 foiz iqtisodiy zarar koʻrishi mumkin. Jarayon bilan bogʻliq salbiy taʻsirlarga,
ayniqsa, Markaziy Osiyo mintaqasi oʻta moyilligi bilan ajralib turadi. Shu bois, global tahdidga qarshi
Markaziy Osiyo davlatlarining oʻzaro hamkorlikda kompleks yechimlarni topishi nihoyatda
muhimdir.
“Yashil iqtisodiyot” – bu ertangi kun iqtisodiyoti va aynan u XXI asr iqtisodiy taraqqiyotining
harakatga keltiruvchi kuchi boʻlishi kerak. Yashil iqtisodiyot nazariyasi quyidagi uchta aksiomaga
asoslanadi: - cheklangan makonda taʻsir sohasini uzluksiz kengaytirib boʻlmaydi; - resurslar
cheklangan sharoitda uzluksiz oshib borayotgan ehtiyojni qondirishni talab qilish mumkin emas; -
Yer yuzasida hamma narsa bir-biri bilan bogʻliq.
“Yashil iqtisodiyot” - sayyoramiz ekologiyasini saqlagan holda. bilim va resurstejamkor
texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalarini rivojlantirishga
asoslangan yangi modeldagi kelajak iqtisodiyoti hisoblanadi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tavsiyasiga koʻra, davlatlar oʻz yalpi ichki mahsulotining hech
boʻlmaganda 1 foizini “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirishga yoʻnaltirishi lozim. Bu koʻrsatkich
AQSh, Shvesiya, Italiya va boshqa iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda 1 foizdan oshmagan bir
paytda, Koreyada 3 foizni tashkil etmoqda.
Oʻzbekistonda “yashil iqtisodiyot” ni rivojlantirish boʻyicha ishlar 2020 yilda boshlandi.
Bunga 2019 yilda “2019-2030-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining yashil iqtisodiyotga oʻtish
strategiyasi” tasdiqlangani yoʻl ochdi. Bu strategiya energiya samaradorligini oshirish, qayta
tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, resurslar samaradorligi va ekinlar
hosildorligini oshirish hamda yerlar degradatsiyasini kamaytirish hisobiga mamlakatda issiqxona
gazlari chiqindilarini kamaytirishni nazarda tutadi.
“Sanoat tarmoqlarida yashil iqtisodiyot” ning shakllanishi va uning investitsiyalarni
axamiyati, oʻzgaruvchanliklarga olib keladi, ammo umumiy holda quyidagi asosiy nuqtalarga ega
boʻlishi mumkin:
|
| |