Tursunov A.M i.f.n., dotsent TDTU




Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/447
Sana15.07.2024
Hajmi9,47 Mb.
#267669
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   447
Bog'liq
Сборник готовый

Tursunov A.M i.f.n., dotsent TDTU 
BARQAROR RIVOJLANISH VA YASHIL IQTISODIYOTGA O‘TISH 
DOLZARBLIGI 
Jahonda barqaror rivojlanishga o‘tish zarurati ko‘p jihatdan iqtisodiy rivojlanish va ekologik 
tanazulga uchrashi o‘rtasidagi nomutanosiblikning keskin kuchayishini anglab etish bilan bog‘liq. 
O‘tgan 30 yil ichida dunyo yalpi ichki mahsulotining - to‘rt martadan ko‘proq sezilarli o‘sishi 
kuzatildi, bu yuz millionlab odamlarning turmush darajasini oshirdi. Biroq, bu o‘sish asosan global 
darajada tabiiy kapitalni yo‘q qilish va ekotizimni buzish evaziga erishildi. 2000-yillarda dunyoda 
ekologik muammolar tez sur’atlar bilan o‘sib bordi: chuchuk suv va oziq- ovqat etishmovchiligining 
o‘sishi, iqlim o‘zgarishi, bioxilma-xillik va o‘rmonlarning kamayishi, cho‘llanish va boshqa ko‘plab 
muammolar. Ushbu muammolarning ayrimlari quyidagilardan iborat: 
1. Dunyoda erlarning 40 foizi tuproq unumdorligi pasayishi, eroziyaga uchrashi va tugab 
bitishi tufayli buziladi. Erlarning hosildorligi pasayib bormoqda, bu pessimistik ssenariylarga ko‘ra 
potensial hosilning 50 foizi yo‘qotilishiga olib kelishi mumkin. 
2. 1 mlrd. ga yaqin kishi toza ichimlik suviga muhtoj; 2,6 mlrd. kishi maqbul sanitariya 
xizmatlari- dan foydalana olmaydi; besh yoshga to‘lmagan 1,4 mln. bola har yili toza suv yo‘qligi va 
etarli sanitariya sharoitidan mahrum bo‘lganligi sababli vafot etadi. Kelajakda suv tanqisligi kuchayib 
boradi va 20 yildan keyin uning zaxiralari dunyo ehtiyojla rining atigi 60 foizini qondiradi. 
3. Jahon ishlab chiqaruvchilarining 20 foizigacha boʻlgan qismi suvdan berqaror foydalanadi, bu 
kelajakda qishloq xoʻjaligining rivojlanishiga putur etkazmoqda va suv tanqisligini kuchaytirmoqda. 
4. Sayyorada o‘rmonlarning yo‘q bo‘lib ketishi davom etmoqda. 2000-2010-yillarda oʻrmonlar 
maydonlari yiliga 5,2 mln. gektarga kamaydi. 
5. Dunyo aholisining uchdan bir qismi yashaydigan qurg‘oqchil erlar cho‘llanish xavfi ostida. 
6. Iqlim o‘zgarishi natijasida qirg‘oq hududlari- da yashovchi qariyb 2 mlrd. kishi zarar ko‘rishi 
mumkin.
Yashil iqtisodiyot barqaror rivojlanish kontseptsiyasi bilan chambarchas bog‘liq. 
Barqarorlik mavzusi birinchi marotaba 1992 yilda BMT tomonidan tashkil qilingan barqaror 


307 
rivojlanishga bag‘ishlangan Konferensiyada har tomonlama o‘rganib chiqildi. BMTning barqaror 
rivojlanish bo‘yicha komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, barqaror rivojlanish jarayoniga o‘tish 
zamonaviy raqamli iqtisodiyot sharoitida insoniyat va alohida mamlakatlar uchun eng muhim 
maqsadga aylandi, bu BMTning asosiy hujjatlarida rasman mustahkamlab qo‘yilgan. Ushbu atama 
iqtisodiy o‘sishning yuqori ijtimoiy va ekologik “sifati”ni, ya’ni ijtimoiy rivojlanishni ta’minlash va 
atrof-muhitni muhofaza qilish bilan birgalikda iqtisodiy o‘sishni anglatadi. 
2030 yilgacha barqaror rivojlanish uchun kun tartibi. 2015-yilda barcha mamlakatlarning 
jahon etakchilari Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan taklif etilgan 2030-yilga mo‘ljallangan 
Barqaror rivojlanishning 17 ta maqsadini qabul qildilar. Dasturda qashshoqlikka barham berish
tengsizlikni kamaytirish va sayyoramizni himoya qilishga qaratilgan 17 ta maqsad, 169 ta vazifa va 
230 ta indikator mavjud . Ushbu maqsadlar quydagilardan iborat: 1) qashshoqlikniyo‘qotish; 2) 
ochlikni tugatish; 3) sog‘lik va farovonlik; 4) sifatli ta’lim; 5) gender tengligi; 6) toza suv va 
sanitariya; 7) arzon va toza energiya; 8) munosib ish o‘rinlari yaratish va iqtisodiy o‘sish; 9) 
sanoatlashtirish, innovatsiyalar, infratuzilma; 10) tengsizlikni kamaytirish; 11) barqaror shaharlar va 
qulay yashash joylarini yaratish; 12) mas’uliyatli iste’mol va ishlab chiqarish; 13) iqlim o‘zgarishiga 
qarshi kurashish; 14) dengiz ekotizimlarini asrash; 15) quruqlikdagi ekotizimlarni asrash; 16) 
tinchlik, adolat va samarali boshqaruv; 17) barqaror rivojlanish yo‘lida hamkorlik. O‘zbekiston 
ushbu maqsadlardan 16 tasini milliylashtirish va amalga oshirish vazifasini o‘z oldiga qo‘ygan. 
Respublika hududida dengiz havzalari mavjud bo‘lmagani bois, 14-maqsad (dengiz ekotizimlarini 
asrash) O‘zbekiston tomonidan milliylashtirilmagan. 
Dastur uchta birlamchi shakl orqali ko‘rib chiqiladi: ijtimoiy integratsiya , iqtisodiy o‘sish va atrof-
muhitni muhofaza qilish; va beshta muhim o‘lchovga asoslanadi: odamlar(people),, 
farovonlik(prosperity), sayyora, (planet) hamkorlik (partnership)va tinchlik (peace). 
Barqaror rivojlanish deyilganda, aholi ehtiyojlarini to‘la qondirish maqsadida kelajak avlod 
ehtiyojlarini qondirish imkoniyatlarini esa xavf ostiga qo‘ymaslikka asoslangan rivojlanish 
tushuniladi. Barqaror rivojlanishni “ijtimoiy”-“iqtisodiy”-“ekologik” uchlikning o‘zaro bog‘liqlikda 
rivojlanishiga asoslangan sinergetik samara hisobidan taraqqiy etadigan jarayon sifatida tasavvur 
etish mumkin. Barqaror rivojlanishni ta’minlashdagi iqtisodiy yondashuv cheklangan resurslardan 
oqilona foydalanishni nazarda tutadi. Ijtimoiy yondashuv global miqyosda ijtimoiy barqarorlik va 
madaniy xilma-xillikni ta’minlashga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ekologik yondashuv esa har qanday 
ekologik tizimlarning normal faoliyat yuritishini ta’minlashga xizmat qilishi zarur bo‘ladi. 
“Barqaror rivojlanish” atamasi ko‘pincha uzoq vaqt mavjud bo‘lgan va uning asosiy xususiyatlarida 
o‘zgarmaydigan xolat sifatida talqin etiladi. Barqaror rivojlanish odatda yagona muqobil va yagona 
mumkin bo‘lgan holat sifatida tushuniladi. Shuni ta’kidlash kerakki, barqaror rivojlanish bir necha 
yo‘llarda borishi mumkin va uning aosiy sharti rivojlanishni faqat keyingi o‘sish uchun asos 
yaratgan taqdirdagina barqaror deb atash mumkin, aks holda kelajakda inqirozni shakllantiradigan 
mavjud resurslarning keng sarflanishidir. 
Barqaror rivojlanish ikkita asosiy o‘zaro bog‘liq tushunchalarni o‘z ichiga qamrab oladi: 
1)
ehtiyojlar tushunchasi, shu jumladan ustuvor bo‘lgan yo‘nalishlar, xususan aholining eng 
kambag‘al qatlamlari mavjudligi uchun zarur bo‘lgan; 
2)
cheklanganlik tushunchasi, texnologiya holati va jamiyatni tashkil etish sababli atrof-muhit 
insoniyatning hozirgi va kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish qobiliyatidir. 
Barqaror rivojlanish iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik kabi qisimlarning samarali o‘zaro ta’sirini 
o‘z ichiga oladi va yashil iqtisodiyot barcha joyda ushbu komponentlar o‘rtasida uyg‘un muvofiqlikni 
ta’minlashga qaratilgan. Barqaror rivojlanishning chuqur mohiyati ham biosferani, ham 
tsivilizatsiyani bir vaqtda saqlab qolishdadir.Barqaror rivojlanishni ta’minlash cheklangan tabiiy 
muhitda 
aholi 
turmush 
darajasini 
oshirish 
va 
ishlab 
chiqarishni 
har 
tomonlama 
ko‘kalamzorlashtirishni rag‘batlantirish bilan birga yashil iqtisodiyotning asosiy maqsadi 
hisoblanadi. 
Barqarorlikka 
erishish 
ko‘p 
jihatdan 
iqtisodiyotni 
yashillashtirishga 
bog‘liqdir.Barqarorrivojlanish va “yashillashtirish” kontseptsiyasiga o‘tish zarurati tabiiy kapitaldan 


308 
foydalanadigan va hozirgi va kelajak avlodlar uchun xavf tug‘diruvchi hozirgi iqtisodiyot 
faoliyatining salbiy oqibatlari bilan bog‘liq. 
Barqaror rivojlanishni ta’minlash bilan bir qatorda cheklangan tabiiy muhitda aholi turmush 
sifatini oshirish va ishlab chiqarishni tabiat va insonga salbiy ta’sirini oldini olishni har tomonlama 
rag‘batlantirish “yashil” iqtisodiyotning asosiy maqsadi hisoblanadi. Barqarorlikka erishish ko‘p 
jihatdan iqtisodiyotni “yashillashtirishga” bog‘liq ekani tobora e’tirof etilmoqda. 
Barqaror rivojlanish va "yashillashtirish" kontseptsiyasiga o‘tish zarurati tabiiy kapitaldan 
foydalanadigan va hozirgi va kelajak avlodlar uchun xavf tug‘diradigan hozirgi iqtisodiyotni salbiy 
oqibatlar bilan bog‘liq 
Davlatlar tomonidan iqtisodiyotni "yashillashtirish" uchun foydalanishi mumkin bo‘lgan 
aosiy vositalar quydagilardan iborat: 
- yangi "yashil" korxonalar uchun subsidiyalar va pasaytirilgan soliq stavkalari, soliq ta’tillari 
ko‘rinishida qo‘llab-quvvatlash; 
- ustav kapitalida o‘z hissasini qo‘shish shaklida qatnashish shaklda ustuvor tarmoqlarni moddiy 
ta’minlash; 
- ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida “yashil” korxonalar faoliyatini nazorat qilish; 
- emissiya kvotalari savdosi; 
- ma’naviy va jismoniy eskirgan uskunalarni almashtirish; 
- chiqindilarni utilizatsiya qilish va qayta ishlash dasturlarini yaratish; 
- ekologik toza texnologiyalar sohasida davlat ta’lim grantlarini ko‘proq ajratish. 
Mamlakatimizda yashil iqtisodiyotga o‘tish iqtisodiyotning energiya samaradorligini 
oshirish sohasida boshqaruvni yaxshilashga, tabiiy resurslarni saqlash va ulardan oqilona 
foydalanishga, issiqxona gazlarining ajratmalarini kamaytirishga, «yashil» energiyadan 
foydalanishni ta’minlashga, «yashil» ish o‘rinlari yaratishga va iqlim barqarorligiga erishishga imkon 
beradi. 

Download 9,47 Mb.
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   447




Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish