Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «sanoat iqtisodiyoti va menejmenti: muammo va yechimlar»




Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet201/447
Sana15.07.2024
Hajmi9,47 Mb.
#267669
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   447
Bog'liq
Сборник готовый

Tursunov A.M. i.f.n., dots. 
G‘ofurov SH. MTF145-22 gurux talabasi TDTU
O‘ZBEKISTONDA “YАSHIL” IQTISODIYOTNING HOLATI VA RIVOJLANISH 
ISTIQBOLLARI. 
Iqtisodiy rivojlanish ishlab chiqarish va iste’molning uzluksiz o‘sishi bilan birga keladi. 
So‘nggi ellik yil ichida erda 1950 yilgacha bo‘lgan tsivilizatsiya davriga qaraganda ko‘proq mahsulot 
ishlab chiqarildi. Ishlab chiqarishning jadal rivojlanishi, bir tomondan, aholi farovonligini oshirishga 
yordam bersa, ikkinchi tomondan, atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Har yili odamlar 11 
million gektardan ortiq o‘rmonlarni yo‘q qiladi, atmosferaga 20 milliard tonna karbonat angidridni 
chiqaradi va 300 million tonnadan ortiq plastik chiqindilarni chiqaradi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 
asrimizning oxiriga borib iqlim o‘zgarishlari oqibatida dunyo yalpi ichki mahsuloti 20 foiz iqtisodiy 
zarar ko‘rishi mumkin. Jarayon bilan bog‘liq salbiy ta’sirlarga, ayniqsa, Markaziy Osiyo mintaqasi 
o‘ta moyilligi bilan ajralib turadi. Shu bois, global tahdidga qarshi Markaziy Osiyo davlatlarining 
o‘zaro hamkorlikda kompleks echimlarni topishi nihoyatda muhimdir. 
O‘zbekistonda “Yashil” iqtisodiyotni shakllantirish va uning barqaror rivojlanishiga erishish 
ustuvor vazifadir. Barqaror rivojlanish konsepsiyasi insoniyat kelajagi uchun muhim manba bo‘lib, u 
BMTning qaror va hujjatlarida o‘z ifodasini topgan. Barqaror rivojlanishning iqtisodiy- ekologik 
asosi, bu “yashil” iqtisodiyotni shakllantirish va rivojlantirishdan iboratdir. Hozirgi beqaror 
tendensiyalarni bartaraf etish uchun 2015 yilda BMTning 2030 yilgacha bo‘lgan davr uchun 17 ta 
“yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadlarining o‘ziga xos mezonlari aniqlandi. 
2018-yilda O‘zbekiston Respublikasi Iqlim bo‘yicha Parij bitimini (Parij, 2015-yil 12-dekabr) 
ratifikatsiya qildi va uni amalga oshirish bo‘yicha milliy miqyosda belgilangan ulush - 2030-yilgacha 
YAlM birligiga to‘g‘ri keladigan parnik gazlar chiqarilishini 2010-yil darajasidan 10 foizga 
kamaytirish bo‘yicha miqdoriy majburiyatni o‘z zimmasiga oldi.


309 
Parij bitimi majburiyatlarini bajarish doirasida issiqxona gazlari ajratmalarini qisqartirish 
bo‘yicha o‘rta muddatli ustuvor vazifalar mamlakatda iqtisodiyotning energiya va resurs sarfi hajmini 
kamaytirish, ishlab chiqarishda energiya tejamkor texnologiyalarni keng joriy qilish, qayta 
tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, Orolbo‘yida ekologik tanglik 
oqibatlarini bartaraf etishni nazarda tutadigan qator strategik va tarmoq rejalari, dasturlari, 
shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar orqali amalga oshirilmoqda. 
Shu bilan birga, iqtisodiyotning energiya samaradorligi etarli darajada emasligi, tabiiy resurslardan 
oqilona foydalanmaslik, texnologiyalar yangilanishining sustligi, «yashil» iqtisodiyotni rivojlantirish 
uchun innovatsion echimlarni joriy etishda kichik biznesning faol ishtirok etmayotgani milliy 
iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning ustuvor maqsadlariga erishishga to‘sqinlik qilmoqda. 
Bunda uzoq muddatli istiqbolda «yashil» iqtisodiyotga o‘tish quyidagi asosiy tamoyillarga 
asoslanishi kerak: 
-
barqaror rivojlanish sohasida Milliy maqsad va vazifalarga muvofiqlik; 
-
resurslardan oqilona foydalanish, barqaror iste’mol va ishlab chiqarish; 
-
iqtisodiy hisob tizimiga ekologik va ijtimoiy mezonlarni kiritish; 
-
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish maqsadlariga erishish uchun «yashil» vositalar va 
yondashuvlarni qo‘llash ustuvorligi; 
-
eng muhim tarmoqlarda raqobatbardoshlikni oshirish va ko‘rsatkichlarni yaxshilash, «yashil» 
ish o‘rinlarini yaratish, aholining farovonligini oshirish orqali mavjud makroiqtisodiy maqsadlarga 
erishish; 
-
resurslardan samarali foydalanish tadbirlarining investitsion jozibadorligini ta’minlash. 
Shu munosabat bilan mamlakatimizda iqlim o‘zgarishi masalalarini milliy iqtisodiyotning 
barqaror rivojlanishiga integratsiya qilishga yo‘naltirilgan 2019 — 2030 yillar davrida O‘zbekiston 
Respublikasining «yashil» iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi ishlab chiqildi va qabul qilindi.
 
Ushbu strategiyani asosiy maqsadi mamlakatda amalga oshirilayotgan tuzilmaviy islohotlarga 
«yashil» iqtisodiyot tamoyillarini integratsiya qilish orqali ijtimoiy rivojlanishga, issiqxona 
gazlarining ajratmalari darajasini pasaytirishga, iqlim va ekologiya barqarorligiga imkon beruvchi 
mustahkam iqtisodiy taraqqiyotga erishishdan iborat. 
Strategiya maqsadlariga erishish uchun quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshirish zarur: 
texnologik modernizatsiyalash va moliyaviy mexanizmlarni rivojlantirish orqali 
iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish; 
davlat investitsiyalari va xarajatlarining ustuvor yo‘nalishlariga ilg‘or xalqaro standartlarga 
asoslangan «yashil» mezonlarni kiritish; 
davlat tomonidan rag‘batlantirish mexanizmlarini, davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish 
hamda xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikni faollashtirish orqali «yashil» iqtisodiyotga 
o‘tish yo‘nalishlari bo‘yicha tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish; 
ta’limga investitsiyalar kiritishni rag‘batlantirish, etakchi xorijiy ta’lim muassasalari va 
ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish hisobiga «yashil» iqtisodiyotdagi mehnat 
bozori bilan bog‘liq kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini rivojlantirish; 
Orolbo‘yidagi ekologik inqirozning salbiy ta’sirini yumshatish choralarini ko‘rish; 
«yashil» iqtisodiyot sohasida, shu jumladan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shartnomalar 
tuzish orqali xalqaro hamkorlikni mustahkamlash. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2023-yil 2-dekabrdagi «2030 yilgacha Oʻzbekiston 


Respublikasining «yashil» iqtisodiyotga oʻtishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish 
boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-436-son qarori qabul qilindi. 
2030 yilgacha Oʻzbekiston Respublikasida «yashil» iqtisodiyotga oʻtish va «yashil» oʻsishni 
ta’minlash dasturi tasdiqlandi. U quyidagi strategik maqsadlarga erishishga moʻljallangan:

issiqxona gazlarining ajratmalarini 2010 yildagi darajadan 35%ga qisqartirish; 

qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ishlab chiqarish quvvatini 15 GVt ga oshirish va 
ularning ulushini elektr energiyasini ishlab chiqarish umumiy hajmining 30%idan koʻprogʻiga 
etkazish; 


310 

sanoat sohasida energiya samaradorligini kamida 20%ga oshirish; 

yalpi ichki mahsulot birligiga toʻgʻri keladigan energiya sarfi hajmini, shu jumladan, qayta 
tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish hisobiga 30%ga kamaytirish; 

iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida suvdan foydalanish samaradorligini sezilarli darajada
oshirish, 1 mln gektargacha maydonda suv tejovchi sugʻorish texnologiyasini joriy etish; 

yiliga 200 mln koʻchat ekish va koʻchatlarning umumiy sonini 1 mlrd dan oshirish orqali 
shaharlardagi yashil maydonlarni 30%dan ortiqroqqa kengaytirish; 

qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash darajasini 65%dan oshirish va boshqalar. 

Mazkur Qarorga ko‘ra 2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot 


strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasining “yashil” 
iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi doirasida «yashil» va inklyuziv iqtisodiy o‘sishni ta’minlash borasida 
amalga oshirilayotgan chora­tadbirlar samaradorligini oshirish, qayta tiklanuvchi energiya 
manbalaridan foydalanish hamda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida resurslarni tejashni yanada 
kengaytirish borasida aniq maqsadlar belgilangan bo‘lib, “2030 yilgacha O‘zbekiston Respublikasida 
«yashil» iqtisodiyotga o‘tish va «yashil» o‘sishni ta’minlash” dasturi qabul qilindi. SHuningdek, 
issiqxona gazlarini YaIMga nisbatan avvalgi yillardagi darajaga nisbatan 35 foizga qisqartirish, qayta 
tiklanuvchi energiya manbala­ rining ishlab chiqarish quvvatini 15 GVtga oshirish, iqtisodiyotning 
barcha tarmoqlarida suv­ dan foydalanish samaradorligini sezilarli darajada oshirish maqsad etib 
belgilandi. 2030 yilgacha O‘zbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga o‘tish va «yashil» 
o‘sishni ta’minlash bo‘yicha 2030 yilga qadar YAlpi ichki mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan 
energiya hajmini 30 foizga kamaytirish (2021 yilga nisbatan), Sanoatda elektr energiyasi iste’moli, 
umumiy iste’moldagi ulushini 20 foizga kamaytirish, Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining 
elektr ener­ giyasini ishlab chiqarish umumiy hajmidagi ulushini 30,5 foizga kengaytirish 
(gidroenergetika bilan birga), «YAshil makon» loyihasi doirasida shaharlardagi yashil maydonlarni 
30 foizga kengaytirish (aholi punktining umumiy maydoniga nisbatan) ko‘rsatkichlari belgilandi. 
Mamlakatimizda yashil iqtisodiyotga o‘tish iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish 
sohasida boshqaruvni yaxshilashga, tabiiy resurslarni saqlash va ulardan oqilona foydalanishga
issiqxona gazlarining ajratmalarini kamaytirishga, «yashil» energiyadan foydalanishni ta’minlashga, 
«yashil» ish o‘rinlari yaratishga va iqlim barqarorligiga erishishga imkon beradi. Jahonda barqaror 
rivojlanishga o‘tish zarurati ko‘p jihatdan iqtisodiy rivojlanish va ekologik tanazulga uchrashi 
o‘rtasidagi nomutanosiblikning keskin kuchayishini anglab etish bilan bog‘liq. O‘tgan 30 yil ichida 
dunyo yalpi ichki mahsulotining - to‘rt martadan ko‘proq sezilarli o‘sishi kuzatildi, bu yuz millionlab 
odamlarning turmush darajasini oshirdi. Biroq, bu o‘sish asosan global darajada tabiiy kapitalni yo‘q 
qilish va ekotizimni buzish evaziga erishildi. 2000-yillarda dunyoda ekologik muammolar tez 
sur’atlar bilan o‘sib bordi: chuchuk suv va oziq- ovqat etishmovchiligining o‘sishi, iqlim o‘zgarishi, 
bioxilma-xillik va o‘rmonlarning kamayishi, cho‘llanish va boshqa ko‘plab muammolar. Ushbu 
muammolarning ayrimlari quyidagilardan iborat: 
1. Dunyoda erlarning 40 foizi tuproq unumdorligi pasayishi, eroziyaga uchrashi va tugab 
bitishi tufayli buziladi. Erlarning hosildorligi pasayib bormoqda, bu pessimistik ssenariylarga ko‘ra 
potensial hosilning 50 foizi yo‘qotilishiga olib kelishi mumkin. 
2. 1 mlrd. ga yaqin kishi toza ichimlik suviga muhtoj; 2,6 mlrd. kishi maqbul sanitariya 
xizmatlari- dan foydalana olmaydi; besh yoshga to‘lmagan 1,4 mln. bola har yili toza suv yo‘qligi va 
etarli sanitariya sharoitidan mahrum bo‘lganligi sababli vafot etadi. Kelajakda suv tanqisligi kuchayib 
boradi va 20 yildan keyin uning zaxiralari dunyo ehtiyojla rining atigi 60 foizini qondiradi. 
3. Jahon ishlab chiqaruvchilarining 20 foizigacha boʻlgan qismi suvdan berqaror foydalanadi, 
bu kelajakda qishloq xoʻjaligining rivojlanishiga putur etkazmoqda va suv tanqisligini 
kuchaytirmoqda. 
4. Sayyorada o‘rmonlarning yo‘q bo‘lib ketishi davom etmoqda. 2000-2010-yillarda 
oʻrmonlar maydonlari yiliga 5,2 mln. gektarga kamaydi. 
5. Dunyo aholisining uchdan bir qismi yashaydigan qurg‘oqchil erlar cho‘llanish xavfi ostida. 


311 
6. Iqlim o‘zgarishi natijasida qirg‘oq hududlari- da yashovchi qariyb 2 mlrd. kishi zarar 
ko‘rishi mumkin.
Yashil iqtisodiyot barqaror rivojlanish kontseptsiyasi bilan chambarchas bog‘liq. 
Barqarorlik mavzusi birinchi marotaba 1992 yilda BMT tomonidan tashkil qilingan barqaror 
rivojlanishga bag‘ishlangan Konferensiyada har tomonlama o‘rganib chiqildi. BMTning barqaror 
rivojlanish bo‘yicha komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, barqaror rivojlanish jarayoniga o‘tish 
zamonaviy raqamli iqtisodiyot sharoitida insoniyat va alohida mamlakatlar uchun eng muhim 
maqsadga aylandi, bu BMTning asosiy hujjatlarida rasman mustahkamlab qo‘yilgan. Ushbu atama 
iqtisodiy o‘sishning yuqori ijtimoiy va ekologik “sifati”ni, ya’ni ijtimoiy rivojlanishni ta’minlash va 
atrof-muhitni muhofaza qilish bilan birgalikda iqtisodiy o‘sishni anglatadi. 
2030 yilgacha barqaror rivojlanish uchun kun tartibi. 2015-yilda barcha mamlakatlarning 
jahon etakchilari Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan taklif etilgan 2030-yilga mo‘ljallangan 
Barqaror rivojlanishning 17 ta maqsadini qabul qildilar. Dasturda qashshoqlikka barham berish, 
tengsizlikni kamaytirish va sayyoramizni himoya qilishga qaratilgan 17 ta maqsad, 169 ta vazifa va 
230 ta indikator mavjud . Ushbu maqsadlar quydagilardan iborat: 1) qashshoqlikniyo‘qotish; 2) 
ochlikni tugatish; 3) sog‘lik va farovonlik; 4) sifatli ta’lim; 5) gender tengligi; 6) toza suv va 
sanitariya; 7) arzon va toza energiya; 8) munosib ish o‘rinlari yaratish va iqtisodiy o‘sish; 9) 
sanoatlashtirish, innovatsiyalar, infratuzilma; 10) tengsizlikni kamaytirish; 11) barqaror shaharlar va 
qulay yashash joylarini yaratish; 12) mas’uliyatli iste’mol va ishlab chiqarish; 13) iqlim o‘zgarishiga 
qarshi kurashish; 14) dengiz ekotizimlarini asrash; 15) quruqlikdagi ekotizimlarni asrash; 16) 
tinchlik, adolat va samarali boshqaruv; 17) barqaror rivojlanish yo‘lida hamkorlik. O‘zbekiston 
ushbu maqsadlardan 16 tasini milliylashtirish va amalga oshirish vazifasini o‘z oldiga qo‘ygan. 
Respublika hududida dengiz havzalari mavjud bo‘lmagani bois, 14-maqsad (dengiz ekotizimlarini 
asrash) O‘zbekiston tomonidan milliylashtirilmagan. Dastur uchta birlamchi shakl orqali ko‘rib 
chiqiladi: ijtimoiy integratsiya , iqtisodiy o‘sish va atrof-muhitni muhofaza qilish; va beshta muhim 
o‘lchovga asoslanadi: odamlar(people),, farovonlik(prosperity), sayyora, (planet) hamkorlik 
(partnership)va tinchlik (peace). Barqaror rivojlanish deyilganda, aholi ehtiyojlarini to‘la qondirish 
maqsadida kelajak avlod ehtiyojlarini qondirish imkoniyatlarini esa xavf ostiga qo‘ymaslikka 
asoslangan rivojlanish tushuniladi. Barqaror rivojlanishni “ijtimoiy”-“iqtisodiy”-“ekologik” 
uchlikning o‘zaro bog‘liqlikda rivojlanishiga asoslangan sinergetik samara hisobidan taraqqiy 
etadigan jarayon sifatida tasavvur etish mumkin. Barqaror rivojlanishni ta’minlashdagi iqtisodiy 
yondashuv cheklangan resurslardan oqilona foydalanishni nazarda tutadi. Ijtimoiy yondashuv global 
miqyosda ijtimoiy barqarorlik va madaniy xilma-xillikni ta’minlashga yo‘naltirilgan bo‘ladi. 
Ekologik yondashuv esa har qanday ekologik tizimlarning normal faoliyat yuritishini ta’minlashga 
xizmat qilishi zarur bo‘ladi. “Barqaror rivojlanish” atamasi ko‘pincha uzoq vaqt mavjud bo‘lgan va 
uning asosiy xususiyatlarida o‘zgarmaydigan xolat sifatida talqin etiladi. Barqaror rivojlanish odatda 
yagona muqobil va yagona mumkin bo‘lgan holat sifatida tushuniladi. Shuni ta’kidlash kerakki, 
barqaror rivojlanish bir necha yo‘llarda borishi mumkin va uning aosiy sharti rivojlanishni faqat 
keyingi o‘sish uchun asos yaratgan taqdirdagina barqaror deb atash mumkin, aks holda kelajakda 
inqirozni shakllantiradigan mavjud resurslarning keng sarflanishidir. 
Barqaror rivojlanishni ta’minlash bilan bir qatorda cheklangan tabiiy muhitda aholi turmush 
sifatini oshirish va ishlab chiqarishni tabiat va insonga salbiy ta’sirini oldini olishni har tomonlama 
rag‘batlantirish “yashil” iqtisodiyotning asosiy maqsadi hisoblanadi. Barqarorlikka erishish ko‘p 
jihatdan iqtisodiyotni “yashillashtirishga” bog‘liq ekani tobora e’tirof etilmoqda. 
Barqaror rivojlanish va "yashillashtirish" kontseptsiyasiga o‘tish zarurati tabiiy kapitaldan 
foydalanadigan va hozirgi va kelajak avlodlar uchun xavf tug‘diradigan hozirgi iqtisodiyotni salbiy 
oqibatlar bilan bog‘liq 
Davlatlar tomonidan iqtisodiyotni "yashillashtirish" uchun foydalanishi mumkin bo‘lgan 
aosiy vositalar quydagilardan iborat: 
- yangi "yashil" korxonalar uchun subsidiyalar va pasaytirilgan soliq stavkalari, soliq ta’tillari 
ko‘rinishida qo‘llab-quvvatlash; 


312 
- ustav kapitalida o‘z hissasini qo‘shish shaklida qatnashish shaklda ustuvor tarmoqlarni moddiy 
ta’minlash; 
- ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida “yashil” korxonalar faoliyatini nazorat qilish; 
- emissiya kvotalari savdosi; 
- ma’naviy va jismoniy eskirgan uskunalarni almashtirish; 
- chiqindilarni utilizatsiya qilish va qayta ishlash dasturlarini yaratish
- ekologik toza texnologiyalar sohasida davlat ta’lim grantlarini ko‘proq ajratish. 
Mamlakatimizda yashil iqtisodiyotga o‘tish iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish 
sohasida boshqaruvni yaxshilashga, tabiiy resurslarni saqlash va ulardan oqilona foydalanishga, 
issiqxona gazlarining ajratmalarini kamaytirishga, «yashil» energiyadan foydalanishni ta’minlashga, 
«yashil» ish o‘rinlari yaratishga va iqlim barqarorligiga erishishga imkon beradi. 

Download 9,47 Mb.
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   447




Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «sanoat iqtisodiyoti va menejmenti: muammo va yechimlar»

Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish