Erkinxojiyev Ismoiljon Ikromjon o’g’li




Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet337/447
Sana15.07.2024
Hajmi9,47 Mb.
#267669
1   ...   333   334   335   336   337   338   339   340   ...   447
Bog'liq
Сборник готовый

Erkinxojiyev Ismoiljon Ikromjon o’g’li 
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 
katta o’qituvchisi, PhD 
АGROSANOAT MAJMUASIDAGI KORXONALARNING MOLIYAVIY QOʼLLAB-
QUVVATLASH MEXАNIZMLАRINI TAKOMILLASHTIRISH 
Mamlakat agrosanoat majmuasining asosiy maqsadi – aholini sifatli oziq-ovqat va xalq 
iste'moli tovarlari bilan talab darajasida ta'minlashdir. Bu masala ulkan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy 
ahamiyatga ega bo`lib, uning talab darajasida hal etilishi aholi turmush darajasini yuksaltiradi, ularni 
farovon yashashini ta'minlaydi. Shuning uchun ham bu masalaga davlat tomonidan alohida e'tirbor 
berilmoqda, ya'ni agrosanoat majmuasiga kiruvchi barcha tarmoqlarni rivojlantirish bilan bog`liq 
bo`lgan chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ularni hayotga bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. 
Respublika agrosanoat majmuasi tarkibidagi tarmoqlarning tashkiliy, texnikaviy, texnologik, 
iqtisodiy hamda ijtimoiy o`zaro bog`lanishi, ya'ni integratsiyalashuvi natijasida mehnat taqsimoti 
amalga oshirilmoqda. Bu hol agrosanoat majmuasi ixtiyoridagi barcha resurslardan, shu jumladan, 
cheklanganlaridan ham samarali foydalanilishini ta'minlashga, texnika va texnologiyalarni 
rivojlantirishga, ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirishga, avtomatlashtirishga
elektrlashtirishga, hamda tarmoqlarni boshqarishni takomillashtirishga qaratilgan. Shu jumladan, 
agrar soha tarmoqlarining tabiiy-iqlim va tuproq omillarga bogʼliqligi, mahsulot ishlab chiqarishning 
mavsumiyligi, tez buziluvchanligi, tashish va saqlash xarajatlarining kattaligi va boshqa sabablar 
ushbu sohani moliyaviy qoʼllab-quvvatlash va ragʼbatlantirishni obʼektiv zaruriyatga aylantiradi. Shu 
boisdan, kredit bozorining uzluksiz faoliyat yuritishini taʼminlovchi chora-tadbirlar va mexanizmlar 
tizimini iqtisodiyotni raqamlashtirish talablariga mos takomillashtirish lozim bo’lmoqda. 
Agrar sohada 2023 yilda 55 ta agrosanoat klasterlari faoliyati tashkil etilib, jami klasterlar soni 
669 taga yetkazildi. Bugungi kunda paxta-toʻqimachilik klasterlari 153 ta, gʻallachilik klasterlari 126 
ta, meva-sabzavotchilik klasterlari 136 ta, sholichilik 41 ta, dorivorchilik 8 ta, chorvachilik 34 ta, 
qorakoʻlchilik 46 ta, parrandachilik 11 ta, baliqchilik 38 ta va pillachilik 76 tani tashkil etmoqda. 


496 
Respublikaning tashqi savdo aylanmasi 2023-yilda 62,6 mlrd dollar, shundan eksport 24,4 
mlrd dollarni tashkil etgan boʻlsa, bu aylanmada qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining 
eksporti qariyb 2 mlrd dollarni yoki umumiy hajmga nisbatan 8,2 foizni tashkil etdi.2023-yilda oziq-
ovqat mahsulotlari yetishtirishni yanada koʻpaytirish, qayta ishlash hajmlarini oshirish, bozorda 
narxlar barqarorligini taʼminlash boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilanib, ijrosi yuzasidan tizimli 
ishlar amalga oshirildi. 2023-yilda 86,3 trillion soʻmlik oziq-ovqat sanoati mahsulotlarini mahsulot 
ishlab chiqarildi va belgilangan reja 105,9 foizga bajarildi. Respublikada roʻyxatdan oʻtgan oziq-
ovqat korxonalari soni 28,7 ming ta, shundan 16,5 ming tasi faoliyat yuritmoqda, 9,5 ming tasi 
faoliyati toʻxtagan, 2 714 ta yangi tashkil etilgan, 1 074 tasi tugatilgan. 
Faoliyat yuritayotgan 16,5 ming ta korxonalardan 1,2 ming tasi meva-sabzavotni 1,3 ming 
tasi sutni, 668 tasi goʻshtni qayta ishlash va 13,4 ming tasi boshqa turdagi oziq-ovqat mahsulotlari 
ishlab chiqaruvchi korxonalar toifasiga toʻgʻri keladi.Amalga oshirilgan tizimli ishlar natijasida
2023-yilda 8,4 million tonna don ekinlari, 11,6 million tonna sabzavot, 3,6 million tonna kartoshka, 
2,6 million tonna poliz, 3,1 million tonna meva, 1,7 million tonna uzum yetishtirildi. Aholini asosiy 
turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, xususan, goʻsht, sut, tuxum, baliq va asal mahsulotlari bilan 
taʼminlashni koʻpaytirish maqsadida 2,8 million tonna goʻsht (tirik vaznda), 12 million tonna sut, 0,2 
million tonna baliq, 8,5 milliard dona tuxum yetishtirildi (1-rasm). 

Download 9,47 Mb.
1   ...   333   334   335   336   337   338   339   340   ...   447




Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Erkinxojiyev Ismoiljon Ikromjon o’g’li

Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish