Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «sanoat iqtisodiyoti va menejmenti: muammo va yechimlar»




Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet338/447
Sana15.07.2024
Hajmi9,47 Mb.
#267669
1   ...   334   335   336   337   338   339   340   341   ...   447
Bog'liq
Сборник готовый

1-rasm.
 
2023-yilda аgrosanoat majmuasida yetishtirilgan asosiy turdagi 
 oziq-ovqat mahsulotlari (million. tonna) 
Klasterlar tomonidan sohaga 510 mln.dollar investitsiya jalb qilinib, paxtani qayta ishlash 65 
foizga (2022-yilga nisbatan 832 ming tn yoki 123 foizga oshgan), gʻallani qayta ishlash 38 foizga 
(105 tn yoki 102 foizga), meva-sabzavotni qayta ishlash 92 foizga (110 ming tn yoki 111 foizga) 
yetkazilgan. Shuningdek, suv tejovchi texnologiyalar – 34,7 ming ga oʻrnatilib, jami 161,6 ming ga, 
yer maydonlarini lazerli — 45 ming ga tekislanib, jami 237 ming ga yetkazilgan. Qishloq xoʻjaligi 
texnikalari – 1,1 mingdan ortiq xarid qilinib, texnika bilan taʼminlanish darajasi 92 foizni tashkil 
etgan. Ushbu tadbirlarni amalga oshirish hisobiga joriy yil hosili uchun 3,7 mln.tn paxta xomashyosi 
yetishtirilib, oʻrtacha hosildorlik 36,6 s/ga (2022-yilga nisbatan +2,7s/ga) erishilgan. Joriy yilning 
oʻzida 34 719 nafar (2022-yilga nisbatan 8 119 taga koʻp) yangi ish oʻrinlari yaratilib, soxada jami 
224 796 nafar ishchilarning bandligi taʼminlangan. Joriy yil hosili uchun boshoqli don yetishtirish 
xarajatlarini moliyalashtirishga klaster va fermer xoʻjaliklariga Jamgʻarmadan 5 trln 52 mlrd soʻm 
(2022-yilga nisbatan 1,1 trln soʻmga koʻp) imtiyozli kredit mablagʻlari ajratib berildi. Ushbu 
mablagʻlar ajratilishi natijasida 7,1 mln tonna (2022-yilga nisbatan 0,8 s/ga koʻp) boshoqli don 
yetishtirildi. Ushbu kredit mablagʻlarining 4 trln 766 mlrd soʻm (94%) soʻndirildi. 


497 
Paxta xomashyosi yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun paxta-toʻqimachilik 
klasterlariga Jamgʻarmadan 9,8 trln soʻm (2022-yilga nisbatan 1,2 trln soʻmga koʻp) imtiyozli kredit 
mablagʻlari ajratib berildi. Natijada 3,7 mln tonna (2022-yilga nisbatan 3,5 s/ga koʻp) paxta 
xomashyosi yetishtirildi. Shu bilan birga, terim xarajatlarini moliyalashtirishga Jamgʻarmadan 3,6 
trln soʻm imtiyozli kreditlar ajratilib, klasterlar tomonidan 4,6 trln soʻm terimchilarga terim pullari 
toʻlab berildi. Meva-sabzavotchilik sohasida mahsulot yetishtirish va xarid qilish xarajatlarini 
moliyalashtirishga klasterlar va boshqa mahsulot yetishtiruvchilarga 322 mlrd soʻm mablagʻlar 
ajratilib, mahsulot yetishtiruvchi va eksportyor korxonalar tomonidan 285 mlrd soʻm (89%) 
oʻzlashtirildi. Shundan, 202 mlrd soʻm mahsulot yetishtirish uchun va 120 mlrd soʻm mahsulot xarid 
qilish uchun yoʻnaltirildi. 
Mamlakatimiz agrosanoat majmuasini modernizatsiyalash, oziq-ovqat xavfsizligini 
taʼminlash, yuqori qoʼshilgan qiymatli qishloq xoʼjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni har 
tomonlama qoʼllab-quvvatlash boʼyicha muhim islohotlar olib borilmoqda. Oʼzbekiston Respublikasi 
qishloq xoʼjaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga moʼljallangan strategiyasida «...qishloq 
xoʼjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan moliyaviy qoʼllab-quvvatlash 
mexanizmlarini takomillashtirish, shu jumladan, strategik ahamiyatga ega boʼlgan ayrim qishloq 
xoʼjaligi mahsulotlarini yetishtirishga ajratilgan tijorat kreditlarining foiz stavkalarini subsidiyalash, 
qishloq xoʼjaligi va oziq-ovqat tarmogʼining strategik yoʼnalishlari va ehtiyojlariga mos kreditlash va 
sugʼurtalash mexanizmini takomillashtirish» boʼyicha muhim vazifalar belgilangan. Mazkur 
vazifalar ijrosini taʼminlashda agrar ishlab chiqarishni moliyalashtirishni kengaytirish, qishloq 
xoʼjaligida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, sohaning investitsion jozibadorligini oshirish, 
investitsiya dasturlarini moliyalashtirishga xalqaro moliya institutlarining kredit liniyalarini jalb 
etish, uzoq muddatli kreditlash va lizing mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan taklif va 
tavsiyalarni ishlab chiqishni taqozo etmoqda. 
Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi, uning oziq-ovqat xavfsizligi, aholi turmush darajasi 
ko’p jihatdan agrosanoat majmuasining holatiga bog’liq. Qishloq xoʻjaligi koʻplab sanoat va 
xizmatlar mahsulotlari isteʼmolchisi boʻlib, millionlab mehnatga layoqatli aholini ish bilan 
taʼminlamoqda. Agrosanoat majmui tarmoqlarida zamonaviy texnologiyalarni qo’llamasdan, zarur 
miqdorda yangi texnika vositalaridan foydalanmasdan turib, ish holatini yaxshilash mumkin emas. 
Bozor iqtisodiyotiga o'tish munosabati bilan qishloq xo'jaligini davlat tomonidan tartibga solish 
muammolari ham kam ahamiyatga ega bo'ldi. Ma‘lumki, qishloq xo’jaligi o’ziga xos tarmoq bo’lib, 
uning daromadi o’zining monopolist emasligidan kelib chiqib, har doim boshqa tarmoqlardan orqada 
qoladi. Deyarli barcha mamlakatlarda agrar soha davlat tomonidan moliyaviy qoʻllab-
quvvatlanadigan sohalardan biridir. 
Agrosanoat majmuasini bilvosita davlat tomonidan tartibga solish va moliyaviy qoʻllab-
quvvatlash mexanizmlariga quyidagilar kiradi: 
1. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarining ichki narxlarini qo’llab-quvvatlash, kvotalar va tariflarni 
belgilash, imtiyozli kredit, subsidiyalar, oziq-ovqat mahsulotlari eksporti va importiga soliqlarni 
belgilash orqali oziq-ovqat bozoriga narxlar intervensiyasi; 
2. Qishloq xo'jaligi ishlab chiqaruvchilarining mablag'larni o'zlashtirish, ishlab chiqarish 
xarajatlarini ta'minlash orqali qoplash; 
3. Bozorni rivojlantirishga ko’maklashish, bozor dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish 
uchun davlat mablag’larini ajratish, mahsulotlarni saqlash va mahsulotlarni tashish bo’icha tashish 
ishlari uchun subsidiyalar ajratishni ta‘minlash; 


498 
4. Ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishga ko’maklashish, bunda ishlab chiqarish 
samaradorligining o’sishini ta‘minlaydigan uzoq muddatli chora-tadbirlarga – ishlab chiqarish 
binolarini qurishga, yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga dotatsiyalar hisobidan davlat 
mablag’larini ajratish nazarda tutiladi. 
Agrosanoat majmuini davlat tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash bo’yicha jahonda eng 
to’liq amalda qo’llaniladigan chora-tadbirlar maqsadli yo’nalishlar bo’yicha guruhlangan. Bevosita 
va bilvosita davlat tomonidan tartibga solish choralarini ajratadi. To'g'ridan-to'g'ri davlat tomonidan 
tartibga solish chora-tadbirlari qishloq xo'jaligi ishlab chiqaruvchilarining daromadlarini qo'llab-
quvvatlashni o'z ichiga oladi. 

Download 9,47 Mb.
1   ...   334   335   336   337   338   339   340   341   ...   447




Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «sanoat iqtisodiyoti va menejmenti: muammo va yechimlar»

Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish