509
juda katta e’tibor qaratilmoqda. Xususan, “soliq yukini kamaytirish va investorlar uchun soliqqa
tortish tizimini soddalashtirish, sog‘lom raqobat muhitini qo‘llab-quvvatlashga
qaratilgan soliq
siyosati va bojxona-tarif jihatdan tartibga solish islohotlari jadal sur’atlar bilan amalga oshirilmoqda”.
Xususan xorijiy investisiyalarni jalb etish maqsadida tashkil etilgan erkin iqtisodiy zonalar
uchun alohida soliq rejimlari ishlab chiqilgan bo‘lib, bunday hududlar mamlakatimizda 3 ta -
“Navoiy”, “Angren” va “Jizzax” erkin iqtisodiy zonalari. Ushbu zonalar ishtirokchilari uchun
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida qator soliq imtiyozlari va preferensiyalari belgilab
qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 68-bob 473-moddasiga ko‘ra “Maxsus
iqtisodiy
zonalarning ishtirokchilariga kiritilgan investisiyalar hajmiga qarab, mol-mulk solig‘idan, yer
solig‘idan va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining qarori bilan belgilangan muddatga ozod qilish tarzida soliq imtiyozlari beriladi.
Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilari foyda solig‘ini to‘lashdan o‘zi kiritgan
investisiyalar hajmiga qarab:
3 million AQSh dollaridan 5 million AQSh dollarigacha bo‘lgan
miqdordagi investisiyalar
uchun — 3 yil muddatga;
5 million AQSh dollaridan 15 million AQSh dollarigacha bo‘lgan miqdordagi investisiyalar
uchun — 5 yil muddatga;
15 million AQSh dollari va undan yuqori miqdordagi investisiyalar uchun — 10 yil muddatga
ozod etiladi.
Zamonaviy shart-sharoitlarda muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatish
va rivojlanish uchun
mintaqalarda jamiyatda samarali foydalanishga moslashtirilgan, yuqori bilim darajasi va so‘nggi ilm-
fan yutuqlariga asoslangan hududiy rivojlanishni boshqarishning yangi texnologiyalariga zaruriyat
mavjud. Bu esa mintaqalar va umuman mamlakat raqobatbardoshligini oshirishga imkon beradi.
Buning uchun albatta mintaqalar iqtisodiyotini rivojlantirishning innovatsion shakliga o‘tishni,
hududlar va ulardagi resurslardan samarali foydalanishga asoslangan yangi texnologik asosni
shakllantirish lozim hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, soliq imtiyozlari O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish
va taraqqiyotni
rag‘batlantirishda, xorijiy investitsiyalarni hudud iqtisodiyotiga oqimini kengayishida muhim rol
o‘ynashi mumkin. Tadbirkorlik sub’ektlarini sarmoya kiritish, ish o‘rinlari yaratish va ijtimoiy
mas’uliyatli faoliyat bilan shug‘ullanishga undash orqali soliq imtiyozlari mamlakatda umumiy hayot
sifatini yaxshilashga yordam beradi. Qolaversa, xorijiy investisiyalarni jalb qilish, innovatsiyalar va
tadbirkorlikni rag‘batlantirish orqali soliq imtiyozlari O‘zbekistonning
jahon iqtisodiyotida
raqobatbardoshligi va farovonligini ta‘minlashga yordam beradi.