512
Marketing taqsimlash vositasi sifatida shuning bilan ta’riflana-diki, bu bosqichda tovarlarni
sotish muammo emas, shuning uchun marketing bu bosqichda taqsimlash vazifalari bilan cheklanadi.
Marketing faoliyatining bunday tashkiliy tuzilmasi AQSH va Germaniyada 50-yillarning
o‘rtalarigacha mavjud bo‘lgan.
Sotish bilan bog‘lik muammolar va marketingning ahamiyatini yaxshi tushunish muhim
tashkiliy o‘zgarishlarga
olib kelgan, ya’ni sotish bo‘yicha faoliyat bitta rahbar ixtiyoriga o‘tgan,
bunday tuzilma 50-yillardagi Amerika va 70-yillargacha Germaniya uchun xos bo‘lgan.
Marketing faoliyati rivojlanishining uchinchi bosqichi korxonaning boshqa xizmatlari bilan
teng xuquqli bo‘lgan marketing ixtisoslashgan xizmatining paydo bulishi bilan ta’riflanadi. Bunday
xizmat mahoratni rejalashtirish va rivojlantirish narxini tashkil qilishga javob beradi, mahsulotning
tashqi ko‘rinishi, idishi va nomi xaqidagi masalalarini hal qiladi. Shuning bilan birga, xar bir bo‘lim
o‘z manfaatlarini o‘ylaydi, shuning uchun ularni tashkil etishda eng muvofiq kombinatsiyalari yo‘k
va marketingning ahamiyati xam uncha katta emas.
Korxona faoliyatining barcha sohalarini marketing talablarini mo‘ljal qilib olishi keyingi
bosqich bo‘ladi, ya’ni marketingga asosiy vazifa sifatida qaraladi. Shuning uchun barcha bo‘limlar
marketing xizmatiga bo‘ysunadi. Lekin, amaliyotda teskari holatlar xam uchrab turadi. Masalan,
ayrim Germaniya va AQSH kompaniyalarida maxsus marketing bo‘limlari qisqartirilib boshqarish
tizimidan chiqarilgan.
Shunday qilib, marketing korxona faoliyatiga to‘liq holda yoki qisman integratsiyalashuvi mumkin.
Mamlakatimiz va xorijdagi tajribalar shuni ko‘rsatadiki, ko‘pchilik korxonalar rivojlanishning
uchinchi bosqichida turibdi. To‘liq integratsiya - ko‘proq umumiy ehtiyoj tovarlari sohasidagi
Amerika korxonalarida qo‘llanilgan.
Marketingni tashkil qilish tuzilmasi va shakllari korxona tushib kolgan vaziyatning turli xil omillari
va sharoitlariga bog‘lik. Bunday omillarga qo‘yidagilar kiradi:. Korxona maqsadlari, ya’ni texnik-
iktisodiy nuqtai nazardan tashkil qilish vazifalarning bajarilishini ta’minlashi, korxonani boshqarish-
ning yengillashtirilishi, muvofiqlashtirish muammolarini kamayti-rishi,
shuning bilan tashkil
qilishning uyushqoqligini, xodimlarni o‘z ijodiy salohiyatlarini amalga oshirishlariga qiziqishlarini
ta’min-lashi kerak.
Ichki va tashqi muhit sharoitlari. Tashqi sharoitlarga qo‘yidagilar kiradi: raqobat, sotishning tashqi
kanallari, bozorlar soni va sig‘imi, xarid qobiliyati, xuquqiy meyorlar, siyosiy va ijtimoiy
munosabatlar. Ichki sharoitlarga qo‘yidagilar kiradi: korxonaning kattaligi va uning yoshi;
mahsulotlarning soni va turli tumanligi; xodimlarning malakasi, moliyaviy salohiyati, mavjud sotish
kanallari.
Xozirgi vaqtda marketing xizmatini tashkil qilishning turli xil shakllari mavjud, shuning uchun faqat
ba’zi bir zamonaviy tashkiliy tuzilmalarni ko‘rib chiqish bilan cheklanamiz.
Marketingni vazifaviy tashkil qilish eng keng yoyilgan, u xuquq doiralarining
cheklanganligi
bilan ta’riflanadi. Marketing bu xolda korxonaning boshqa xizmatlari bilan bir qatorda chiziq sifatida
xarakat qiladi.Boshqaruv jarayolarining ixtisoslashtirilishi va standartlash-tirilishi bu tashkiliy
tuzilmaning yuqori samaradorligini belgilaydi.
Shuning bilan birga, ta’kidlash kerakki, muhitga moslashish nuqtai nazaridan vazifaviy
tuzilma miqdoriy tebranish ta’siriga javob berishga qodir, ammo muhim muammolarni hal qilish
uchun muvofiqlashtirish yetishmaydi, shuning uchun undan bir turli ishlab chiqarish dasturi bo‘lgan
korxonalarda foydalanish mumkin.
Vazifaviy tashkil qilish doirasi muvofiqlashtiruvchi muammolarni hal qilish uchun ba’zida
mahsulot bo‘yicha menejment kiritiladi. Mahsulot bo‘yicha menejer bitta
yoki bir turli buyumlar
guruhini ishlab chiqarishga tadbiq etishdan to uni chiqarib sotishgacha javobgar bo‘ladi. Bu bilan
bog‘liq uning asosiy vazifasi - ushbu mahsulotni ishlab chiqarish munosabati bilan korxona
xizmatlari ishini muvofiqlashtirishdir.
Mahsulot bo‘yicha boshqaruv mahsuloti rejalashtirish, bozorga moslashish, xizmatlarni
muvofiqlashtirishini yaxshilash mumkin. Dastur qanchalik turli-tuman bo‘lsa,
korxona shunchalik
kuchli diversifikatsiyalashgan va bozori jo‘shqinlashgan, mahsulot bo‘yicha marketing xizmatini
513
tashkil qilish shunchalik yaxshiroq mos tushadi.Bunday to‘zilma divizionli deb ataladi. Qoidaga
ko‘ra, u korxonani vazifalar bo‘yicha emas, balki obyektlar bo‘yicha tashkil qilishni ko‘zda tutadi,
buning ustiga obyektlar sifatida mahsulotlar, mijozlar, bozorlar va x.k.o. lar xarakat qilishlari
mumkin.Bundan tashqari marketingni tashkil qilish mijozlar, grafik alomatlar bo‘yicha xam ko‘riladi.
Firmalar marketing xizmati tuzilmasining eng qo‘lay mo‘ljalini
tanlashga xarakat qilib,
marketing xizmatini segmentli mo‘ljallashga murojaat qiladilar, marketing tuzilishining segmentli
mo‘ljallanishi shundan iboratki, xar bir marketing - boshqaruvchi bo‘lajak xaridorlar-ning
belgilangan segmentlari bilan, bu segment qanday geografik bozorda bulishidan kat’iy nazar, ishlash
uchun javob beradi.
Bunday mo‘ljallashni bajarish bo‘yicha ancha murakkab bo‘lib, ammo marketing bo‘limlari va
xizmatlarini samarali muvofiqlashtirishni ta’minlaydi. Xorijiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, bunday
muljallanish-ni tashkil qilishning murakkabligi xammadan avval universallashtirish talab qilinadigan
alohida tovarlar bo‘yicha xodimlarni ixtisoslashishi bilan bog‘lik, bu esa shunday mutaxassislarni
tanlashni murakkablash-tiradi.
Marketing xizmati qurilishining mo‘ljalini tanlashdan kat’iy nazar, u qo‘yidagi belgilangan
talablarga javob berishi kerak:
-aloxida bo‘linmalarning xuquqlari, majburiyatlari;
-xuquq doiralarining tartibga solinishini ta’minlovchi
epchillik, uyushqoqlik, muntazamlik,
moslashuv, hamda ularni firmaning uzoq muddatli strategiyasiga mosligi.
Tuzilmaning nisbatan soddaligi boshqaruv, muvofiqlashtiruvchi va markaziy xizmatlar
darajasi miqdorining o‘zgarishi hisobiga boshqaruv tizimi uyushqoqligining o‘zgarishi hisobiga
boshqaruv tizimining butunlik va muntazamliligini ta’minlaydi.
Marketing xizmati ko‘lamlarini samaradorlik darajasi va tovarlarni
sotish hajmiga mos
kelishi. O‘zbekiston Respublikasi korxonalari uchun, ularga marketing tashqi bozorga chiqishda eng
katta darajada zarur, eksport va import sotuvlar xajmini hisobga olish muhimdir. Tuzilmani
ishlab
chiqarilgan mahsulotlar va xizmatlar navlari o‘ziga xosligining mos kelishi katta ahamiyatga ega.
Firma, korxona, assotsiatsiya tarkibida tuzilma tovar tamoyili asosida qurilgan bo‘lishini, kompleks
bozor siyosati masalalarini hal qilish esa xo‘jalik mustaqilligi berilgan alohida tezkor bo‘linma
doirasida to‘plangan bo‘lishi kerakligini bildiradi.
Tashkiliy tuzilmani sotish bozorlari soni va xajmiga mos kelishi, xammadan avval, tashkiliy
tuzilmani bozorni segmentlarga bo‘lishni guruhlashuvi, iste’molchilarning aloxida guruhlariga
darajalangan yondoshishni qo‘llash, ularga eng yaxshi xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilganligini ko‘zda
tutadi.
Ixtisoslashgan bo‘linmada rahbarlikning eng yuqori darajasida strategik boshqaruvning
markazlashuvi eng yuqori boshqaruv xodimlarini strategik masalalarini hal qilishda faol ishtirok etish
imkoniyatlarini nazarda tutadi.
Mamlakatimiz tajribasi va O‘zbekiston Respublikasi bozor
munosabatlarini rivojlanishi darajasini o‘rganish aksiyador jamiyatlar va assotsiatsiyalarda
marketingning rivojlanishi va uni boshqaruv faoliyatida ko‘llash darajasiga
muvofiq marketingni
tashkiliy tuzilmalari bosqichma-bosqich tashkil qilinishi kerakligini ko‘rsatdi.
Birinchi bosqichda tijorat, bozor xolati va narxlar kabi bo‘linmalar kiritilishi kerak. Ikkinchi
bosqichda boshqaruv xizmatlari tizimida yuqori raxbarlikka bo‘ysunadigan marketing buyicha
alohida segment tashkil etilishi maqsadga muvofiqdir.