|
TDTU mustaqil izlanuvchisi Sh.B.Donayev Pdf ko'rish
|
bet | 356/447 | Sana | 15.07.2024 | Hajmi | 9,47 Mb. | | #267669 |
Bog'liq Сборник готовыйTDTU mustaqil izlanuvchisi Sh.B.Donayev
DON MAHSULOTLARI TARMOG’IDA ISHLAB CHIQARISH SAMARADORLIGI
KO’RSATKICHLARI
Don mahsulotlari korxonalarida ishlab chiqarish hajmini oshirish va iqtisodiy samaradorlikni
ta’minlashda tabiat omillari va iqlim sharoiti juda katta ta’sir kuchiga ega. Amalga oshirilgan
tajribalarga ko’ra tannarxga, demakki, g‘alla yetishtirish rentabelligiga ta’sir etuvchi eng muhim omil
- don ekinlari hosildorligi ekanligi g‘alla yetishtiruvchilarni 1 gektar ekin maydoniga to‘g‘ri
keladigan mahsulot hajmi bo‘yicha guruhlash natijalari bilan ham tasdiqlandi. G‘alla hosildorligi
oshishi bilan 1 sentner tannarxi va mehnat unumdorligi pasayib, ishlab chiqarish rentabelligi ortadi.
Lekin bunga 1 gektarga pul va moddiy xarajatlarni qo'shimcha kiritish, ya'ni
ishlab chiqarishni
intensifikatsiya qilish
orqali erishiladi.
Shuningdek, tadqiqotchilar tomonidan don ishlab chiqarish korxonalarida iqtisodiy
samaradorlikni aniqlashda bir qancha iqtisodiy kategoriyalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
1-jadval
Don ishlab chiqarishda iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlari
1
O’rnini to’ldiruvchi
resurslarning optimal
kombinatsiyasi
Mehnat unumdorligi (so’m/kishi-soat, sent/kishi-soat)
Mehnat sig’imi (kishi-soat/so’m, kishi –soat/sent.)
1 traktorga ekiladigan yer maydoni (ga)
1 kombaynga ekin maydoni (ga)
1 traktor haydovchisiga uskunalar yuklamasi (dona)
1 kombaynga to'g'ri keladigan avtomobillar soni (dona)
resurs samaradorligi, resurs sig’imi (so’m
2
Mahsulotning optimal
miqdori
1 ga ga, 1 kishi-soat ga, 1 so’m xarajatga to’g’ri keluvchi don
ishlab chiqarish
3
Xarajatlarning minimal
miqdori
1 sent.donning tannarxi (so’m)
4
O’z-o’zini moliyalashtirish
imkoniyati
Tovarlilik darajasi (%)
Ishlab chiqarish va savdo rentabelligi (%)
1 ga ga, 1 kishi-soatga,, 1 sent.ga yalpi daromad va sof
daromad
1 ga ga, 1 kishi-soatga,, 1 sent.ga to’g’ri keladigan tushum va
foyda (so’m)
Xarajatlarning o’z-o’zini oqlashi (so’m)
5
Ehtiyojlarni maksimal
darajada qondirish
1 aholiga oziq-ovqat don va un miqdori (sent.)
1 shartli chorva moliga to’g’ri keladsigan yem don miqdori
Yana bir tadqiqotchi tomonidan keltirib o’tilgan yondashuvga ko’ra, don mahsulotlarini ishlab
chiqarish uchun tanlangan texnologiyalar ishlab chiqarish texnologiyalari milliy reestriga muvofiq
texnologik adapterlarga (alohida operatsiyalarni bajarish uchun tavsiya etilgan usullar, muayyan
ishlab chiqarish sharoitida samarali bo'lgan jarayonlar) asoslangan.
|
| |