– rasm. Qishloq xo'jaligi korxonalarida texnologiyaning turiga ko’ra tadbiq etishning




Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet357/447
Sana15.07.2024
Hajmi9,47 Mb.
#267669
1   ...   353   354   355   356   357   358   359   360   ...   447
Bog'liq
Сборник готовый

1 – rasm. Qishloq xo'jaligi korxonalarida texnologiyaning turiga ko’ra tadbiq etishning 
indikativ ko'rsatkichlari 
Fikrimizcha, yuqorida keltirilgan texnologik yondashuv don mahsulotlari korxonalaridagi 
umumiy ishlab chiqarish sur’atlarini faqat bir omil yordamida aniqlanayotganligi tufayli korxonaning 
iqtisodi salohiyati va ishlab chiqarish samaradorligini aks ettirishda to’liq tasavvurni bermaydi. Shu 
sababli jarayonga ta’sir etuvchi omillarning tizimli tahlilini amalga oshirishga maqsadga muvofiq deb 
hisoblaymiz.
Lekin Volkova E.A. natural dondan yem donini ishlab chiqarishdagi almashinuv 
energiyasining o’lchov birligiga asoslangan yem donini ishlab chiqarish samaradorligini iqtisodiy 
baholash usulini taklif qiladi va shu bilan birga don mahsulotlari samaradorligini aniqlashda donning 
ozuqaviylik/yem-xashaklik darajasini hisobga olish zarurligi g'oyasini ifodalaydi.
𝑇
𝐴𝐸
𝑛
=
𝑋
𝐻∗𝐴𝐸
𝑛
(1) 
Bu yerda, 
𝑇
𝐴𝐸
𝑛
– natural donning almashinuv energiyasi birligining tannarxi, so’m 
X – yem-xashak donini yetishtirish, yig’ishtirish va undan keyingi qayta ishlash xarajatlari 
(so’m/ga): 
H- qayta ishlagandan keyingi donning hosildorligi, t/ga; 
𝐴𝐸
𝑛
– qo’lga kiritilgan hosilning almashinuv energiyasi, MDj.
Shunindek, muallif ozuqa donini ishlab chiqarish va undan foydalanish samaradorligini 
iqtisodiy baholash ozuqaviy muvozanatli ozuqa ratsionidagi metabolik energiya birligiga to'g'ri 
keladigan xarajatlar asosida amalga oshirilishini keltirib o’tadi: 
∑ С
оэр
=
С
гк

ск

кк

𝑖
ОЭ
р
𝑛
1
(2) 
Bu yerda,
С
гк
– qattiq yem guruhining qiymati; 
С
ск
– suyuq yem guruhining qiymati; 
С
кк
– ratsiondagi konsentratsiyalangan va boshqa yem guruhlarining qiymati
С
𝑖
– i yem guruhining qiymati; 
ОЭ
р
– ratsion almashinuv energiyasi. 
Tadqiqotchining bu ko’rsatkichlar tizimini keltirib o’tishi ozuqaviy don mahsulotlarining 
hisob-kitobida juda qo’l keladi, negaki bu yerda asosiy ko’rsatkichlar inobatga olingan va dastlabki 
hisobda korxonaning iqtisodiy natijalari to’g’ri chiqish ehtimoli yuqori.
Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining iqtisodiy samaradorligi turining mohiyatini mezon - 
hukm qilish vositasi, uning asosida baholash amalga oshiriladigan belgi orqali ifodalash mumkin. 
Ko'pincha don yetishtirish samaradorligini baholash uchun umumiy iqtisodiy ko'rsatkichlar 
qo'llaniladi: 
Oddiy texnologiya - naslchilik va 
umuman, biologik salohiyatdan 
kamida 50% foydalanishni va 
kamida 25 ts/ga hosil olishni, 30 
kg gacha mineral o'g'itlarni 
qo'llashni o'z ichiga olgan 
agrotexnik tadbirlar majmuasini 
o'z ichiga oladi. a.m/ga ekinlar, 
rentabellik 25%.
Intensiv texnologiya - 30 - 50 
ts/ga hosildorlik bilan don 
ekinlarini yetishtirish, 
o'simliklarni himoya qilish 
choralari va o'g'itlarni qo'llashni 
uyg'unlashtirishga asoslangan. Bu 
texnologiya bilan 150 kg / ga 
gacha bo'lgan texnologik 
jarayonga qo'shimcha ravishda 
mineral o'g'itlarni jalb qilish kerak 
G'alla hosildorligi kamida 40 ts / 
ga, mineral o'g'itlar qo'llanilishi 
kamida 30-40 kg a.m/ga, 
rentabellik 35% va undan yuqori 
bo'lishi kerak.
Yuqori texnologiya - ozuqa 
moddalarini olib tashlash uchun 
kompensatsiya bilan yuqori hosil 
olish, o‘simliklarni 
zararkunandalardan kompleks 
himoya qilish, seleksiya, kasallik 
va begona o‘tlardan organik va 
mineral o‘g‘itlar qo‘llagan holda 
so‘nggi yutuqlarni qo‘llash orqali 
moliyaviy va moddiy xarajatlarni 
qoplaydi. Bu texnologiya bilan 
don hosildorligi o'rtacha kamida 
50 ts / ga, ekinlarning 1 gektariga, 
rentabellik 70% dan yuqori 
mineral o'g'itlar 80 kg dan ortiq 
bo'lishi kerak.


525 
- mahsulot birligiga to'g'ri keladigan mahsulot tannarxi; 
- mahsulot birligini sotishdan tushgan tushum; 
-mahsulot birligini sotishdan olingan foyda; 
- ishlab chiqarish rentabelligi
- mehnat unumdorligi; 
- ishlab chiqarishning mehnat zichligi va boshqalar; 
- alohida don ekinlarining hosildorligi; 
- don mahsulotlarining sotilishi va boshqalar. 
Don yetishtirish samaradorligining muhim ko’rsatkichlaridan biri bo’lib, mahsulotning resurs 
sig’imi hisoblanadi. Ushbu ko'rsatkich tashkilotning iqtisodiy va texnologik rivojlanish turi va 
darajasini ob'ektiv ravishda tavsiflaydi, chunki uning qiymati mahsulot hayot siklining barcha 
bosqichlarida barcha turdagi resurslardan foydalanish samaradorligiga bog'liq. Resurssig’imini 
kamaytirish ikki jarayonni uzviy bog‘laydi: bir tomondan, resurslar sarfini kamaytirish va ma’lum 
darajada barqarorlashtirish, ikkinchi tomondan, takomillashtirilgan texnologiyalar va resurslarni 
tejovchi ishlab chiqarishni joriy etish natijasida mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish. Ushbu 
ikkala soha ham bilim talab qiladigan faoliyatdan foydalanishni o'z ichiga oladi. Bundan tashqari, 
ishlab chiqarishning resurs sig’imi darajasi ko'p jihatdan korxonaning ta'minot bozoridagi 
strategiyasiga bog'liq, chunki ishlab chiqarish resurslarining qiymati ularni sotib olishga sarflangan 
moliyaviy resurslar miqdoriga bog'liq. 
Fikrimizcha, ushbu ko’rsatkichdan foydalanish don mahsulotlarini yetishtirishda hisob-
kitoblarni amalga oshirishda qo’l kelishi mumkin. 1 sentner yer maydonidan olinadigan mahsulot 
hajmini ishlab chiqarishda qancha resurslar sarflanganligi bizning qanchalik iqtisodiy samaradorlikka 
erishganligimizni ko’rsatib beradi.
Don mahsulotlari tarmog’i iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlari va omillarini tadqiq etish 
amaliyotda hisob-kitoblarni amalga oshirish va tegishli xulosalar ishlab chiqishda katta ahamiyatga 
ega, chunki iqtisodiy dastak va omillarning mohiyatini aniq bayon etish ulardan optimal foydalanish 
imkonini beradi.
Shunday qilib, bozorga o'tishda don yetishtirishning asosiy maqsadi maksimal mumkin bo'lgan 
foyda olish (daromadning ishlab chiqarish xarajatlaridan ortishi). Bunda nafaqat agrotexnik-biologik, 
texnik, texnologik, balki iqtisodiy-tashkiliy ko’rsatkichlar ham katta ahamiyatga ega. Biroq, iqtisodiy 
samaradorlik darajasi nafaqat yuqorida keltirilgan omillarga, balki resurs salohiyatidan oqilona 
foydalanishga, tijorat faoliyati natijalariga, ishlab chiqarilgan mahsulotni foydali sotish qobiliyatiga 
ham bog'liq, deb hisoblaymiz. 

Download 9,47 Mb.
1   ...   353   354   355   356   357   358   359   360   ...   447




Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 – rasm. Qishloq xo'jaligi korxonalarida texnologiyaning turiga ko’ra tadbiq etishning

Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish