534
Ismoilova Sarvinoz Qahramon qizi,
Namangan davlat universiteti tayanch doktorantu
AYOLLAR TADBIRKORLIGINI TASHKIL ETISH VA QO`LLAB-
QUVVATLASHNING HUQUQIY-IJTIMOIY ASOSLARI
Iqtisodiyotda xotin-qizlar tadbirkorligi ulushini oshirish uchun ayollarga oilaviy va xususiy
tadbirkorlikni tashkil etish uchun imtiyozli kreditlar berilmoqda. Mamlakatimiz mehnatga layoqatli
aholisining yarmidan ko‘pini ayollar tashkil qilishiga qaramay, ularning kichik biznes va xususiy
tadbikorlikdagi ulushini aniqlash qiyin. Boisi – ayollar biznesining rivojlanishiga oid aniq ma’lumot
mavjud emas. Xususan, bugungi kunda sodir bo‘layotgan hududiy va global integratsion jarayonlar,
milliy ehtiyojlar va ustuvor maqsadlarni hisobga olgan holda, ayol tadbirkorlarning turli taraqqiyot
yo‘nalishlariga qo‘shgan hissasiga baho berish, ayollar tadbirkorligini yanada rivojlantirish kerak
bo‘lgan sohalarni aniqlash mumkin emas. Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishga kompleks
yondashuvni
ishlab chiqish, ayollar tomonidan boshqariladigan korxonalarni qo‘llab-quvvatlash
dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, ularga axborot, bozor, ta’lim va moliyaviy resurslardan
foydalanish imkoniyatini berish va biznes faoliyatini ayollar orasida faol ommalashtirish masalalari
bugungi kunda dolzarb hisoblanadi.
Prezidentimiz SH.Mirziyoyev rahbarligida ayollar uchun doimiy ish joylarini yaratish va shu
bilan bir qatorda, oilaviy biznes, kasanachilik, hunarmandchilik, tomorqa xo‘jaligini keng
rivojlantirish ishlari bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘rish vazifalari belgilandi va amalga oshirishga
kirishildi. Xususan, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyevning 29-yanvar 2022-yildagi
Farmoniga asosan "2022-2026 – yillarga mo`ljallangan Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasi”
ishlab chiqilib, bugungi kunda kuchga kirgan. Unda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida salmoqli
ishlar reja qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish
tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha
chora-tadbirlar
to‘g‘risida” 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4862-son, “Xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka
o‘qitish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 22-iyuldagi
PQ-329-son qarorlari hamda “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarni amalga oshirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek,
aholini, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka yo‘naltirish, ularning bandligini ta’minlash
va shu orqali ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash, kasb-hunarga yo‘naltirish samaradorligini
oshirish, ularni davlat tomonidan yanada qo‘llab-quvvatlash borasida izchil ishlar amalga
oshirilmoqda. Ushbu Farmonlarni qabul qilishdan asosiy maqsad, xotin-qizlarning huquqlari va
qonuniy manfaatlarini ta’minlashni sifat jihatidan
yangi bosqichga olib chiqib, ularning oila va
jamiyatdagi o‘rni va mavqeini mustahkamlash, salohiyatini to‘la namoyon etishi, oilalardagi ijtimoiy-
ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirishga xizmat qiladi.
Ma’lumki, O‘zbekistonda xotin-qizlarning mavqei va rolini oshirish, huquq va manfaatlarini
ta’minlash, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy faolligini oshirish, hayotning barcha jabhalarini
modernizatsiya qilishdagi ishtirokini umuman kengaytirish uchun munosib sharoitlar yaratilgan.
Konstitutsiyada ayollar va erkaklar tengligi, ayollarni kamsitmaslik masalalari belgilab berilgan.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasi, shuningdek, Mehnat
kodeksining 6-moddasiga ko‘ra, mehnat munosabatlarida ayollarni kamsitish taqiqlanadi. Hozirgi
vaqtda dunyo aholisining iqtisodiy faolligini gender yondashuvlari asosida tahlil qiladigan bo'lsak,
shuni ta'kidlash kerakki, ayollar bandligi tobora ortib bormoqda. Xususan, O‘zbekiston aholisining
iqtisodiy faolligida ayollarning salmog‘i boshqa mamlakatlarga nisbatan sezilarli darajada yuqori.
Xususan, iqtisodiyotda band bo‘lgan xotin-qizlarimizning ulushi 60 foizga yetib, yuksak ma’naviyatli
va ma’rifatli, ibratli odobi va bilimi bilan e’tirof etilgan onaxonlarimizning izdoshlari bugun davlat
va jamiyat qurilishida faol ishtirok etmoqda. ishlab chiqarishda, ilm-fanda, madaniyatda, tibbiyotda,
ta’lim sohasida va hatto harbiy ishlardagi xizmatlari beqiyos. Mamlakatimizda
xotin-qizlarning
mavqeini yuksaltirish, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan
islohotlarda ishtirokini ta’minlash asosiy omil sifatida qaralmoqda. Aytish joizki, minglab
535
ayollarimiz tadbirkorlikning turli yo‘nalishlarida ishlab chiqarish korxonalari ochmoqda, xotin-qizlar
uchun yangi ish o‘rinlari yaratmoqda.
Bugungi kunda ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga kompleks yondashuvni rivojlantirish
uchun ayollar biznesini qo‘llab-quvvatlash, ularning axborot, bozor, ta’lim va moliyaviy resurslardan
foydalanishini ta’minlash, shuningdek, xotin-qizlar o‘rtasida tadbirkorlikni
faol ommalashtirish
bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish zarur. Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish
bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash tuzilgani fikrimizni tasdiqlaydi.
Xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o`qitish dasturlarini samarali amalga oshirish
hamda ularning tadbirkorlik faoliyati uchun mikrokreditlar ajratish chora-tadbirlari doirasida aholini,
jumladan, yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish, ularni
tadbirkorlikka yo`naltirish, aholiga qulayliklar yaratish maqsadida tadbirkorlikka o`qitish tizimini
takomillashtirish uchun mazkur jarayonga professional ta`lim muassasalari, Biznes va tadbirkorlik
oliy maktabi hamda hududiy filiallarini keng jalb qilish, kambag`allikni qisqartirish va tadbirkorlikni
rivojlantirish bo`yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil davom
ettirish kabi ishlar amalga
oshirilmoqda. Yoshlar va xotin-qizlarni asb-hunar hamda tadbirkorlikka o`qitish dasturlarida ishtirok
etuvchi NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallarining electron reyestri shakllantiriladi
va ularning o`qitishga sarflangan xarajatlarini kompensatsiya qilinadi. Elektron reyestr “Onlayn
mahalla” platformasiga joylashtiriladi. Nodavlat ta`lim tashkilotlari, professional ta`lim tashkilotlari,
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda uning filiallari tomonidan yoshlar va xotin-qizlarni kasb-
hunar va tadbirkorlikka o`qitish bo`yicha
pazandachilik, oshpazlik, novvoylik, ovqatlanish
xizmatlarini tashkil etish va boshqarish, qandolatchilik, pazandachilik, karving, tikuvchilik, gilam
to`qish, charm-teri mahsulotlari va poyabzal tikish va ta`mirlash, zardo`zlik, kashtachilik,
gazlamalarga gul bosish, zargarlik, bijuteriya tayyorlash, sartaroshlik, manikyur, pedikyur xizmatlari
va shu kabi yana 50 dan ortiq kasblar o`rgatiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga
doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 7-martdagi PF-87-son
Farmoni hamda “Xotin-qizlar bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlashga oid qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 21-sentabrdagi PQ-376-son qarori ijrosini ta’minlash,
shuningdek jamiyatda xotin-qizlarning ijtimoiy va iqtisodiy faolligini oshirish, ularni kasbga va
tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘rgatish orqali bandligini ta’minlash hamda salomatligini
mustahkamlash ishlarini mahallalarda tashkil etish borasida salmoqli ishlar olib borilmoqda. Bunga
ko`ra, markazlar binolari mahalla fuqarolar yig`inlari tomonidan mahallalardagi xotin-qizlar
faollarining tavsiyasiga asosan davlat mulkini ijaraga berish
tartibiga muvofiq tikuvchilik,
qandolatchilik, fitness, sheyping, xotin-qizlarni kasbga o`qitish faoliyatini tashkil etish uchun
tadbirkorlik subyektlariga 5 yil muddatga ijaraga beriladi, markazlarda bitta loyiha doirasida 20
nafargacha xotin-qizlarning doimiy bandligini ta`minlash maqsadida har bir nafar bandligi
ta`minlanadigan ishsiz xotin-qiz uchun Oila va xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash davlat maqsadli
jamg`armasi mablag`lari hisobidan tadbirkorlik subyektlariga belgilangan tartibda 3 million so`mdan
oshmagan miqdorda davlat granti ajratiladi. Ishsiz, ayniqsa, qishloq joylarda bola tarbiyasi bilan uyda
o`tirib qolgan ehtiyojmand ayollar, shuningdek, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bandligini
ta`minlash maqsadida mahallalarda tikuvchilik, qandolatchilik, pazandachilik kabi yo`nalishlarda
ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish faoliyatini yo`lga qo`yish, xotin-qizlar
tadbirkorligini
rivojlantirish, bandligini ta`minlash, kasb-hunar egallashlari uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar
va imtiyozlar haqida aholini xabardor qilish maqsadida zarur ma`lumot va tavsiyalarni berib borish,
xotin-qizlarning salomatligini mustahkamlash maqsadida fitness, sheyping kabi sog`lomlashtirishga
mo`ljallangan xizmat ko`rsatish faoliyatini yo`lga qo`yish, muqaddam jinoiy javobgarlikka tortolgan,
profilaktik ro`yxatga olingan, jazoni ijro etish muassasalaridan qaytib kelgan xotin-qizlarni doimiy
ish o`rinlari bilan ta`minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish va o`z faoliyatini yo`lga qo`yish
hamda rivojlantirishda, bandligini ta`minlashda, kasb-hunar egallashida ko`maklashish va shu kabi
boshqa chora-tadbirlar markazlarning asosiy vazifalari hisoblanadi.