• Dividendlar.
  • Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «sanoat iqtisodiyoti va menejmenti: muammo va yechimlar»




    Download 9,47 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet367/447
    Sana15.07.2024
    Hajmi9,47 Mb.
    #267669
    1   ...   363   364   365   366   367   368   369   370   ...   447
    Bog'liq
    Сборник готовый

    Merger&Acquisition.
    Birlashish va sotib olish (M&A) - bu qo'shilish, sotib olish
    konsolidatsiya, tender takliflari va aktivlarni sotib olish kabi turli operatsiyalar orqali kompaniyalar 
    yoki aktivlarni birlashtirishni o'z ichiga olgan korporativ strategiya. Bu bitimlar odatda bir kompaniya 
    (sotib oluvchi kompaniya yoki xaridor) ikkinchi kompaniyani (maqsadli kompaniya yoki sotuvchi) 
    sotib olishni yoki yangi korxona tashkil qilish uchun boshqa kompaniya bilan birlashishini o'z ichiga 
    oladi. Misol uchun, 2015 yilda Amerikaning General Electric kompaniyasi Alstom Power Business 
    kompaniyasini o’z tarkibiga qo’shib oladi. Kelishuv 10,6 mlrd. AQSh dollariga baholangan bo’lib, 
    unga ko’ra kompaniya o’z barcha aktivlari va majburiyatlari bilan GE tarkibiga o’tkazilgan. 
    3. 
    Buyback.
    Qayta sotib olish, kompaniya o'zining muomaladagi aksiyalarini ochiq bozordan 
    yoki to'g'ridan-to'g'ri aksiyadorlardan sotib oladigan korporativ harakatdir. Qayta sotib olish 
    dividendlar bilan bir qatorda aksiyadorlarga kapitalni qaytarishning muqobil usuli yoki 
    kompaniyaning kapital tarkibini boshqarish va aksiyadorlar qiymatini oshirish uchun strategik 
    harakati bo'lishi mumkin. Misol uchun, Boeing kompaniyasi 2019 yilda 230 million dona aksiyalarini 
    qayta sotib olishini e’lon qiladi. Qayta sotib olish qiymati jami 9 mlrd. AQSh dollarini tashkil etgan 
    hamda aksiyalar qaytarib sotib olingan oyda kompaniya aksiyalarining fond bozorida o’rtacha o’sish 
    miqdori 7 foizdan baland bo’lgan.
    4. 
    Dividendlar.
    Kompaniyaning yillik sof foydasidan har bir aksiyaning nominal qiymatiga 
    nisbatan aksiyadorlar uchun ajratiladigan daromad miqdori. Odatda dividend to’lovlarini muntazam 
    yaxshi amalga oshirib keladigan kompaniyalarning fond bozoridagi mavqei juda baland bo’ladi. Har 
    yili butun dunyo bo’ylab muntazam ravishda o’z investorlariga dividend berib keladigan minglab 
    kompaniyalar mavjud. Ularning dividendlarni muntazam berishidan asosiy maqsadlari mavjud 
    investorlar sodiqligini oshirish va dividend to’lay olish qobiliyatiga ega bo’lgan yaxshi kompaniya 
    sifatida o’zlarini namoyon etishdir.
    IPO/SPO
    M&A
    Buyback
    Dividend


    537 
    Bear Stearns fondining qulashi 1930-yillardan beri eng yomon global moliyaviy inqiroz bilan 
    yakunlangan voqealar rivojini boshlab berib, jahon iqtisodiyotini bir necha yilga izdan chiqarib 
    yuborgan. AQShnin Federal Zaxira Tizimi va qator yirik banklari obligatsiyalar bo’yicha foiz 
    stavkalarni maksimal darajada pasaytirishga harakat qilishgani insonlarning qo’rquvga tushganligi 
    sababli besamar bo’lgan. 
    Ko'p yillik past foiz stavkalaridan so'ng, global obligatsiyalar bozorida daromadlilik oshib 
    bormoqda. 2024 yilning boshida dunyoning eng muhim barqaror daromadli ko'rsatkichi - 10 yillik 
    G'aznachilik notasining daromadliligi qisqa vaqt ichida 5 foizdan oshdi. Bu aniq dumaloq raqam 2007 
    yil iyul oyidan buyon – “Dunyo moliyaviy inqirozi” falokati boshlanganidan beri buzilmagan 
    psixologik jihatdan qo'rqinchli chegara bo’lgan. 
    Bugungi kunda xorijiy fond birjalarida obligatsiyalarning bir qancha turlaridan keng foydalanib 
    kelinadi. Jahon obligatsiyalar bozorida so’zsiz eng mashhur obligatsiya bu AQShning g’aznachilik 
    obligatsiyalaridir (Treasury bonds/notes) (1-jadval). 

    Download 9,47 Mb.
    1   ...   363   364   365   366   367   368   369   370   ...   447




    Download 9,47 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «sanoat iqtisodiyoti va menejmenti: muammo va yechimlar»

    Download 9,47 Mb.
    Pdf ko'rish