• 2-rasm. Xorijiy fond bozorlarida paydo bo’lgan yangi obligatsiyalar
  • Toxirova Mavludaxon Erkinbekovna O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
  • Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «sanoat iqtisodiyoti va menejmenti: muammo va yechimlar»




    Download 9,47 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet369/447
    Sana15.07.2024
    Hajmi9,47 Mb.
    #267669
    1   ...   365   366   367   368   369   370   371   372   ...   447
    Bog'liq
    Сборник готовый

    Suveren 
    obligatsiyalar 
    Chet el hukumatlari tomonidan chiqarilgan suveren obligatsiyalar emitent 
    davlatning valyutasida ifodalanadi va emitent hukumat bilan bog'liq kredit 
    riskiga duchor bo'ladi. Ommabop suveren obligatsiyalarga Germaniya 
    (Bunds), Yaponiya (JGBs) va Buyuk Britaniya (Gilts) kabi davlatlar 
    tomonidan chiqarilgan obligatsiyalar kiradi 
    Bundan tashqari dunyodagi ekologik, siyosiy, iqtisodiy vaziyat yildan-yilga chigallashib 
    borayotganligi sababli so'nggi yillarda obligatsiyalar bozorlarida doimiy daromadli investitsiya 
    landshaftini o'zgartirgan bir qancha yangi tendentsiyalar va tajribalar kuzatildi. Ushbu yangi 
    tajribalardan ba'zilari quyidagilardir (2-rasm): 


    538 
    2-rasm. Xorijiy fond bozorlarida paydo bo’lgan yangi obligatsiyalar 
    Xulosa qilib aytganda, fond bozori orqali investitsiyalarni jalb qilish usullari sanoat 
    korxonalarining moliyaviy barqarorligi va o'sishini ta'minlashning samarali vositasi hisoblanadi. 
    Qimmatli qog‘ozlar bozoridan faol foydalanish korxonalarga moliyalashtirish manbalarini 
    diversifikatsiya qilish, moliyaviy ahvolini yaxshilash, shaffoflik va jamoatchilik ishonchini oshirish 
    imkonini beradi. 
    Toxirova Mavludaxon Erkinbekovna 
    O‘zbekiston Respublikasi
    Vazirlar Mahkamasi huzuridagi 
    Biznes va tadbirkorlik Oliy maktabi magistranti 
    O’ZBEKISTONDA AHOLI TURMUSH DARAJASI VA FAROVONLIGINING 
    RIVOJLANISH TAHLILI 
    Har bir mamlakat qanday siyosiy va ijtimoiy harakatlarni amaliyotga joriy etishidan qat’i 
    nazar ularning yakuniy maqsadi xalq manfaatlari, aholi turmush darajasini yaxshilash, yetakchi 
    mamlakatlar safidan joy olishga qaratilgandir. 
    “Turmush darajasi” tushunchasi va ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimini rivojlantirishda 
    Birlashgan millatlar tashkiloti sezilarli hissa qo‘shdi. 1960 yilda BMTning ishchi guruhi global 
    miqyosda turmush darajasini aniqlash va o‘lchash tamoyillari haqida hisobot tayyorladi. Bu keng 
    qamrovli tizimni yaratish yo‘lidagi dastlabki qadam edi. BMTning xalqaro statistika sohasidagi 
    turmush darajasi ko‘rsatkichlarining oxirgi versiyasi 1978 yilda ishlab chiqilgan va 12 ta asosiy 
    yo‘nalishni qamrab olgan. 
    BMTining tavsiyasiga ko‘ra, tug‘ilish, o‘lim, umr ko‘rish davomiyligi, sanitar-gigienik 
    sharoitlarning mavjudligi, oziq-ovqat mahsulotlarining iste’mol darajasi, uy-joy, ta’lim olish va 
    madaniy imkoniyatlar, ish sharoitlari va bandlik darajasi, daromadlar va xarajatlar muvozanati, 
    iste’mol narxlari, transport vositalari bilan ta’minlanganligi, dam olish va hordiq chiqarish, ijtimoiy 
    ta’minot, inson huquqlari va erkinliklari kafolatlanganligi kabi yo‘nalishlar turmush darajasini 
    ifodalovchi ko‘rsatkichlar tarkibiga kiradi. 
    Bugungi kunda ham mazkur xalqaro tashkilot tomonidan dunyo aholisi turmush darajasini 
    oshirish va kambag‘allikdan aziyat chekayotgan mamlakatlarga ko‘maklashish maqsadida qator 
    ishlar amalga oshirib kelmoqda. Jumladan, BMTning Bosh assambleyasida 2000-yilda qabul qilingan 
    “Ming yillik rivojalanish dasturi” hamda 2015-yilda tasdiqlangan “2030-yilgacha mo‘ljallangan 
    Barqaror rivojlanish maqsadlari dasturi” bevosita dunyo mamlakatlari aholisini iqtisodiy-ijtimoiy 
    qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ekologiya buzilishining oldini olgan holda, aholining salomatligini 
    asrashga qaratilgan muhim tadbirlar ishlab chiqilgan. 
    Ma’lumki, aholi turmush darajasini barchamiz aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadlar 
    va iste’mol hajmi miqdorining ortishi yoki kamayishi bilan baholashga odatlanganmiz. Aslida u 
    ancha kengroq tushuncha hisoblanadi. Lekin hozircha bu boradagi konsepsiyalarni aholining turmush 
    darajasi sifatini har tomonlama xarakterlab beradigan yagona ko‘rsatkichga keltirish bo‘yicha 
    samarali usul mavjud emas.Shuni alohida ta’kidlash lozimki, aholi turmush darajasining 
    yaxshilanishi, bevosita ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalari samaradorligining ko‘lami, 
    ilmiy-texnik taraqqiyot, aholining madaniy-ma’rifiy saviyasi va tarkibi, milliy xususiyatlar, albatta 
    Yangi obligatsiya turlari
    Yashil 
    obligatsiya
    Ijtimoiy 
    obligatsiya
    DEI 
    obligatsiyasi
    COVID-19 ga 
    qarshi 
    kurashish 
    obligatsiyasi
    SLB 
    obligatsiyasi
    Raqamli 
    obligatsiya


    539 
    hukumat tomonidan qabul qilinadigan chora-tadbirlar hamda amaliy harakatlar natijasiga bog‘liq 
    bo‘ladi. 
    Xususan, davlatimiz rahbarining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan 
    Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmonida yettita yo‘nalish 
    keltirilgan bo‘lib ushbu yo‘nalishlarning barchasi aholini yaxshi turmush kechirishiga erishishni 
    ta’minlashga qaratilgan. Jumladan, to‘rtinchi yo‘nalish adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson 
    kapitalini rivojlantirish deb nomlangan bo‘limida bevosita ana shu maqsadlarga erishishga 
    yo‘naltirilgan 55 ta banddan iborat aniq chora tadbirlar rejasi keltirilgan (Farmon,2022). 
    Shunugdek, mustaqillik yillarida ushbu yo‘nalish bo‘yicha mamlakatimizda bir qancha ijobiy 
    ishlar amalga oshirilgan, misol uchun 2006-yil “Qariyalarni qadrlash yili”, 2007-yil “Aholini ijtimoiy 
    ximoya qilish yili”, 2008-yil ”Yoshlar yili”, 2017-yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”, 
    2019-yil “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlantirish yili”, 2020-yil“Ilm-ma’rifat varaqamli 
    iqtisodiyotni rivojlantirish yili”, 2021-yil “Yoshlarni qo‘llab quvatlash va aholi salomatligini 
    mustahkamlash yili”, 2022-yil “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”deb e’lon qilinishi va shu 
    nomlarga mos islohotlarning amalga oshirilishi buning yaqqol isbotidir. 
    Iqtisodiy adabiyotlarda aholi turmush darajasi insonlarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini 
    qondirish darajasi sifatida talqin etiladi. Masalan, Salin, Shpakovskayalar (2001) “Aholi turmush 
    darajasi bu inson faoliyatining, eng avvalo, real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar yig‘indisini ifodalovchi 
    murakkab va ko‘p qirrali kategoriya bo‘lib, ijtimoiy taraqqiyotning muhim tavsifi hisoblanadi”, – deb 
    ko‘rsatadi. Aholi turmush darajasiga moddiy, ma’naviy va ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish darajasi 
    sifatida qarashlar bor (Dagbaeva, 2008).Abdurahmonov, Xolmo‘minovning (2004) tadqiqotlarida 
    aholi turmush darajasiga ta’rif berilib, uni oshirishga doir nazariy ma’lumotlar berilgan, jumladan, 
    aholi turmush darajasi deganda ularning hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy 
    ne’matlar bilan ta’minlanishi hamda insonlarehtiyojining bu ne’matlar bilan qondirilish darajasi 
    tushuniladi. Biz maqolada ushbu ta’rif asosida statistik tahlillar qilib, tegishli xulosa va tavsiyalar 
    ishlab chiqamiz. O‘lmasovning (1997) “Iqtisodiyot asoslari” kitobida aholi turmush darajasi va 
    farovonligining bir nechta ta’riflari nazariy jihatdan keltirilib, u muntazam o‘zgarib turadigan, turli 
    ne’matlarga bo‘lgan ehtiyojlarning tarkibi va darajasi bilan, boshqa tomondan, ehtiyojni qondirish 
    imkoniyatlari, tovar va xizmatlar bozoridagi holat, aholi daromadlari, mehnatkashlarning ish haqi 
    bilan belgilanishi ko‘rsatib o‘tilgan. Bunda aholi turmush darajasi va farovonligini oshirish yuzasidan 
    taklif, tavsiyalar keltirilgan. Xusainov, Sayitkulova (2018)Mehnatga haq to‘lash tizimini 
    takomillashtirish masalalari, jumladan, 2017-yilda o‘zbekistonliklarni narxlar, kommunal xizmatlar 
    va ijara haqi, kreditlar, soliqlarni to‘lashdagi qarzlar tufayli kelib chiqqan muammolar tashvishga 
    soldi. Gaz, ichimlik suvi bilan ta’minlash masalalari, maktabgacha ta’lim muassasalarining 
    etishmasligi, yuqori bo‘lmagan pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar ham fuqarolarning ayrim toifalari 
    uchun tashvish va bezovtalik manbalari tahlil qilinib, ushbu tizimni takomillashtirishga doir taklif va
    tavsiyalar ishlab chiqilgan. Bozor munosabatlariga asoslangan O‘zbekiston iqtisodiyotida 
    xodimlarning ish haqi masalalari to‘g‘risida mualliflarning ilmiy qarashlari bayon etilgan. 
    O‘zbekiston statistika qo‘mitasi tomonidan berib boriladigan axborotlar asosida mamlakatimiz aholi 
    turmush darajasi va farovonligini oshirish masalalari yuzasidan ilmiy, nazariy tadqiqotlar o‘tkazilib, 
    xulosalar qilingan (G‘oyibnazarov, 2006). 
    Aholining turmush darajasi sotsial iqtisodiy tushuncha bo’lib, u kishilarning moddiy va 
    ma’naviy-ma’rifiy ehtiyojining qondirilishi hamda turmush sharoitining yaxshilanish darajasini 
    tavsiflaydi. Moddiy ehtiyojlarga kishining oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy, yoqilg’i, maishiy va 
    kommunal xizmat ko’rsatishni yaxshilash kabilarga bo’lgan ehtiyojlari kiradi. Ma’naviy-ma’rifiy 
    ehtiyojlarga kishilarning bilimi, malakasi va ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish, intellektual 
    salohiyatini yuksaltirish kabilarga bo’lgan ehtiyojlari kiradi. 
    Aholi umumiy daromadlari tarkibida ishlab chiqarishdan kelgan tushumlar ulushi 71,5 foizni, 
    shundan 69,3 foizi mehnat faoliyatidan olingan, 2,1 foizi shaxsiy iste’mol uchun ishlab chiqarilgan 
    shaxsiy xizmatlardan olingan daromadlarni tashkil etgan. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan 


    540 
    daromad va kam ta’minlangan aholi ko‘rsatkichini quyida keltirilgan jadvaldagi tahlillar orqali 
    ko‘rishimiz mumkin. 

    Download 9,47 Mb.
    1   ...   365   366   367   368   369   370   371   372   ...   447




    Download 9,47 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «sanoat iqtisodiyoti va menejmenti: muammo va yechimlar»

    Download 9,47 Mb.
    Pdf ko'rish