546
- yangi texnologiyalar va innovatsiyalar asosida logistika jarayonlarini takomillashtirish;
- klasterni asosiy qismini tashkil etuvchi klaster a’zolarining manfaatlarini muvofiqlashtirish
uchun biznes sheriklik usullarini va vositalarini
optimallashtirish;
- mintaqaviy, milliy va xalqaro miqyosda transport-logistika klasterini rivojlantirishning
umumiy strategiyasini shakllantirish;
- xususiy
sarmoyalarni jalb etish;
- yangi texnologiyalar va innovatsiyalar asosida tranport-logistika jarayonlarini
takomillashtirish;
Klaster siyosatining tashabbuskori sifatida davlat manfaatlariga ustuvor ahamiyat beriladi,
shu bilan transport-logistika klasterini yaratish maqsadga muvofiqligining asosiy sharti:
- birinchi navbatda, respublikani rivojlantirish strategiyasiga, shu jumladan raqobat muhitini
shakllantirish va investisiya jozibadorligiga muvofiqligi;
- ikkinchidan, modernizatsiya qilish, infratuzilma kompleksini yaratish, transport sohasining
raqobatbardoshligini oshirish
siyosatini olib borish, shu jumladan davlat xususiy sheriklik
loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlatning ustuvor vazifalarini hal qilish. [5]
Transport-logistika klasterini yaratish resurslarni, kapitalni mahalliylashtirish va
konsentratsiyalashga va boshqa ishtirokchilarni jalb qilishga qaratilgan katta mablag‘larni
talab
qiladi. Uning shakllanishi turli ijtimoiy guruhlarning manfaatlariga ta’sir qiladi. Odatda, na biznes va
na davlat o‘z-o‘zidan klaster yaratish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishga qodir emas.
Zamonaviy transport-logistika klasterini faqat davlat va ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi konstruktiv,
o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli sheriklik doirasida yaratish mumkin.
Transport-logistika klasteridagi tashkiliy munosabatlar xo‘jalik yurituvchi subektlar va davlat
idoralari manfaatlari uyg‘unligini ta’minlaydigan tarzda qurilishi kerak .
O‘zbekistonda transport sanoatini rivojlantirish bo‘yicha klaster siyosati bir qator milliy
strategiyalarda, Markaziy Osiyoning mintaqaviy darajadagi strategiyalarida, rivojlanish dasturlarida,
xususan, 2040 yilgacha bo‘lgan davr uchun uzoq muddatli rivojlanish konsepsiyasida, 2035 yilgacha
bo‘lgan davrda O‘zbekistonning transport strategiyasida aks ettirilishi kerak. Tranzit siyosati,
O‘zbekiston Respublikasining klaster siyosatini (tranzit va transport-logistika
salohiyatini
rivojlantirish nuqtai nazaridan) amalga oshirish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish maqsadga
muvofiq. Klasterlar turlarini samarali rivojlantirish hozirgi zamon talablaridan hisoblanadi.