• Iqtisodiy xavfsizlik
  • Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «sanoat iqtisodiyoti va menejmenti: muammo va yechimlar»




    Download 9,47 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet373/447
    Sana15.07.2024
    Hajmi9,47 Mb.
    #267669
    1   ...   369   370   371   372   373   374   375   376   ...   447
    Bog'liq
    Сборник готовый

    Imkoniyatlar tengligi 
    – yana bir maqsad. Bu tanlash erkinligi bilan o’zviy bog’liq, chunki 
    barcha odamlar 
    taxminan teng darajadagi erkinlikka 
    - iste`molchi, xodim va tadbirkor sifatida o’z 
    huquqlarini amalga oshirish erkinligiga ega bo’lishlari lozimligini ta`kidlaydi.
    Iqtisodiy xavfsizlik 
    maqsadi - bizning iqtisodiy jamiyatimiz a`zolari munosib oziq-ovqat, 
    kiyim, turar joy va boshqa zarur narsalar olishga Yetarli miqdorda pulga ega bo’lishlariga 
    intilishimizni bildiradi. Kambag’allikning keng tarqalishi nafaqat bizning odamlar uchun iqtisodiy 
    xavfsizlik maqsadiga erishishga o’rinishimiz bekorga ketganidan dalolat beradi, balki jamiyatda 
    iqtisodiy adolat 
    maqsadiga erishish imkoniyati to’g’risida ham jiddiy savolni ko’taradi. Iqtisodiy 
    hayotda betaraflik va adolat tushunchalarining talqiniga har kim ham qo’shilavermaydi, lekin deyarli 
    barcha bu maqsad qo’yilishi va unga erishishga qaratilgan ishlar bajarilishi muhimligini tushunishadi.
    Yana bir muhim iqtisodiy maqsad borki, u bir mamlakatning davlat chegaralari bilan 
    cheklanib qolmay, boshqa mamlakatlarga ham tarqaladi. Bu – 
    halqaro muvozanat 
    (balans) maqsadi. 
    Biz 
    tashqi savdo va halqaro to’lovlar 
    sohalarida mustahkam va muvozanatga keltirilgan aloqalarni 


    542 
    saqlab turishni xohlaymiz. Bu maqsadga erisha olmaslik, nafaqat mamlakat ichkarisi va xorijda jiddiy 
    iqtisodiy muammolar tug’dirishi mumkin, balki tinchlikka xavf tug’diradigan halqaro keskinlikning 
    oshish ehtimoli ko’payishiga olib kelishi mumkin.
    Hozirgi vaqtda iqtisodiyotning xususiy sektorida tadbirkorlik, asosiy iqtisodiy vazifalarni amalga 
    oshirganda, davlat sektoriga nisbatan yuqoriroq samaradorlik va mehnat unumdorligini ta`minlaydi 
    degan tushuncha butun dunyoda qabul qilingan. Milliy farovonlikning asosiy qismi korxonalar 
    faoliyatining natijasi sifatida shakllanadi: 
    1.
    Tovarlar va xizmatlar. Korxonaning asosiy iqtisodiy vazifasi odamlar manfaatdor bo’lgan 
    tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish va tarqatishdir. Tadbirkorlar ham iste`molchilar talabini 
    aniqlab beruvchi, ham shu talabni qondirish uchun barcha zarur narsalarni bajaruvchi rolni ijro 
    etishadi. 
    2.
    Bandlik. Korxonalar “haqiqiy” ish o’rinlarining asosiy ijodkorlaridir, ya`ni ishlashga 
    muhtoj va ishlashni xohlaydigan odamlarning bandligini ta`minlaydilar. Haq to’lanadigan bandlik 
    darajasi – milliy farovonlikning o’ta muhim ko’rsatkichidir. 
    3.
    Daromad. Korxona tomonidan ish o’rinlarini barpo etish orqali, ishchilarning ish haqi va 
    xizmatchilarning maoshlari, foydalar va soliqlar shaklida, uning aktsiyadorlarining daromad bazasi 
    mavjudligi ta`minlanadi. 
    1.1 . Ishchilar va xizmatchilarnig ish haqi, foydalar. Ish haqi va foydalar olish imkoniyatini 
    taqdim etish masalasi, soliqlar to’lash va daromad (soliqlar to’langandan keyingi daromad)ni iste`mol 
    qilish fondiga va moliyaviy mablag’larni iste`molchilari jamg’arma fondiga (investitsiya sarmoyasi) 
    ko’chirish nuqtai nazaridan, biznes tomonidan Yechiladigan o’ta muhim masaladir. 
    4.
    Soliqlar. Alohida (jismoniy) shaxslar va korxonalardan soliq undirmasdan, davlat 
    muassasalari va xizmatlarining faoliyat yuritishini iloji bo’lmas edi. 
    5.
    Soliqlar to’langandan keyingi daromad. Boshqacha aytganda, korxona ixtiyorida 
    qoladigan daromad, deb nomlanadigan bu daromad, soliqlar to’langandan keyin hosil bo’ladi va 
    iste`mol tovarlari xarid qilishga hamda jamg’armalar to’plashga sarflanishi mumkin. 
    5.1. Iste`mol maqsadlariga xarajat qilish. Pul mablag’larini iste`mol maqsadlariga sarflash, 
    nafaqat asosiy ehtiyojlarni qondirish uchun, balki tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarilishini 
    rag’batlantirishga qaratilgan talabni shakllantirish uchun ham zarurdir.
    5.2. Shaxsiy jamg’armalar. Shaxsiy jamg’armalar – bu bevosita iste`mol qilish bilan bog’liq 
    xarajatlarga sarflanmaydigan daromad. 
    6.
    Ishlab chiqarish jamg’armalariga sarmoyalar. Korxona sarmoyalarni zahiralar
    taqsimlanmagan foyda, qarz orqali yoki korxona aktivlarini sotish yo’li bilan moliyalashtiradi.Foyda 
    ko’rmay ishlaydigan korxonalar uchun esa, bu manbalardan foydalanish cheklangan bo’ladi. Korxona 
    ishlab chiqarish quvvatlarini ko’paytirish: yangi texnologiyalar, modernizatsiyalash va ishlab 
    chiqarish aktivlarini kengaytirish uchun investitsiya sarmoyasiga muhtoj bo’ladi. 
    asr o’rtalarida yuz bergan ilmiy-texnik revolyutsiya ishlab chiqarishning moddiy-texnik va 
    texnologik asosini o’zgartirib savdo-sotiqni va halqaro aloqalarni rivojlanishiga keskin ta`sir qildi. 
    Ilm fan bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylangan holda butun dunyo rivojlanishini ta`minlovchi 
    Yetakchi kuch bo’lib qoldi. Mutaxassislarning fikricha aynan shu davrga kelib tadbirkorlik va ilm-
    fanning qo’shilishi yuz berib
    4
    , yirik kompaniya va korporatsiyalarning faoliyatida «ilmiy-texnik 
    taraqqiyot»ning yangi davri boshlandi. Natijada ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va 
    samaradorligini oshirish uchun misli ko’rilmagan darajadagi imkoniyatlar ochildi. Tadbirkorlik yangi 
    texnologik darajaga erishish yo’lida sakrashni amalga oshirib, jahon ilmiy-texnik taraqqiyoti va 
    sanoatlashgan iqtisodiyotda mustahkam o’ringa ega bo’ldi. Shu paytga qadar ilm-fanni 
    moliyalashtirish asosan, davlatning vazifasi bo’lib kelgan, ammo ilmiy-texnik taraqqiyot juda katta 
    mablag’larni talab etganligi uchun ham bu boradagi munosabatlar erkinlashtirilmoqda. Shuning 
    uchun ham AQSH, Yevropa mamlakatlari va Yaponiya yuqori darajada rivojlangan bozor iqtisodiyoti 
    sharoitlarida korporativ ilm-fan taraqqiyoti davrini boshdan kechirmoqdalar. Ya`ni, yirik 
    korporatsiyalar raqobat kurashida ilm-fanning ahamiyatini anglab Yetib, ilmiy-tadqiqot va 
    konstruktorlik ishlarini moliyalashda o’z mablag’larini ayamaydilar. Dunyoning deyarli barcha 


    543 
    Yetakchi kontsernlarida yirik ilmiy markazlar tashkil etilgan. Tadbirkorlik, biznes va ilm-fanning 
    birligi haqiqatga aylanib bormoqda. 
    Tadbirkorlikning kuchi kapitalning qudratiga va layoqatiga bog’liq. Demak, kapital sifatida 
    qaralishi mumkin bo’lgan firmaning samarali faoliyati jamiyat kapitali qudratidan oqilona 
    foydalanish imkoniyatini beruvchi shart-sharoitlarga bog’liq ekan. Buni bozor iqtisodiyotining 
    erkinligi deb atash mumkin. 
    Tadbirkorlikning bozor iqtisodiyoti sharoitida bu qadar ahamiyatli bo’lsa, demak tadbirkorlikni 
    boshlashdan oldin qilidnadigan ishlarni aniq tasavvur qilish imkoniyatiga ega bo’lish lozimdir. Buning 
    uchun tadbirkor bo’laman degan shaxsda o’z g’oyasi bo’lishi talab etiladi. Xizmat ko’rsatishga, ishlab 
    chiqarishga yoki savdoga yo’naltirilgan g’oyasi orqali tadbirkor shaxs har qanday tavakkalchiliklarni 
    Yengib o’tib maqsadi sari harakati qilishi lozimdir. Boshqa g’oyalardan farqli ravishda tadborkorlik 
    g’oyasini turlicha ta`riflash mumkin. Eng ommaviy ravishda e`tirof etiladigan ta`riflardan biri sifatida 
    tadbirkorlik g’oyasi quyidagicha tariflanadi. 

    Download 9,47 Mb.
    1   ...   369   370   371   372   373   374   375   376   ...   447




    Download 9,47 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «sanoat iqtisodiyoti va menejmenti: muammo va yechimlar»

    Download 9,47 Mb.
    Pdf ko'rish