• Tanlov erkinligi
  • Kasbiy faoliyatni tanlash
  • “erkin tadbirkorlik
  • Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «sanoat iqtisodiyoti va menejmenti: muammo va yechimlar»




    Download 9,47 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet372/447
    Sana15.07.2024
    Hajmi9,47 Mb.
    #267669
    1   ...   368   369   370   371   372   373   374   375   ...   447
    Bog'liq
    Сборник готовый

    Iqtisodiy o’sish 
    – bu 
    aholi jon boshiga to’g’ri 
    keladigan YAMM 
    (aholi soniga bo’lingan umumiy YAMM)ning doimiy ko’payishidir. Biz ish 
    faolligi qandaydir pastga tushishlarsiz yoki narxlarning tez o’sishisiz (inflyatsiyasiz), yoki ishsizlik 
    oshmasdan, YAMM nisbatan doimiy sur`atlar bilan yiliga 4% dan 5% gacha o’sishiga erishish uchun 
    intilamiz.
    Ishlab chiqarish, bandlik va YAMMning o’sishi – bu ko’rsatkichlarning barchasi juda yaxshi 
    o’lchanadi. Lekin biz ayrim boshqa iqtisodiy maqsadlarni ko’rib chiqishga o’tganimizda, ular 
    to’g’risida biz umumiyroq yondashuvlardan kelib chiqib, fikrlashimiz lozim.
    Tanlov erkinligi 
    – bu deyarli har bir odam maqsadlar ro’yxatining birinchi qatoriga 
    qo’yadigan maqsaddir. Lekin aniq terminlarda bu nimani bildiradi? Iqtisodchilar, tanlov erkinligi 
    iste`molchilar, xodimlar va biznes 
    uchun muhimligini ta`kidlashadi.
    Iste`molchining tanlov erkinligi - 
    iste`molchilar faqatgina o’z ehtiyojlari va xohishlariga 
    asoslanib, juda keng doiradagi muqobil tovarlardan, o’zlari sotib olishni xohlagan tovarlarni tanlab 
    olishlari mumkinligini bildiradi. Iste`molchiga - “Siz o’zingiz xohlagan har qanday razmerli va rangli 
    shlyapani egasi bo’lishingiz mumkin, lekin bu shlyapa o’rta razmerda va qora rangli bo’lishi shart!” 
    – deb gapiriladigan tizim bizni mutlaqo qoniqtirmaydi.
    Kasbiy faoliyatni tanlash 
    erkinligi – iqtisodiy erkinlikning muhim tomonidir. Erkaklar va 
    ayollar havas bilan bajariladigan va ayni vaqtda shundan munosib ish haqi hamda shaxsiy qoniqish 
    olinadigan ishni tanlash imkoniyatiga ega bo’lishni xohlaydilar. Va nihoyat, 
    “erkin 
    tadbirkorlik
    ”ning muhimligi to’g’risidagi gaplarni tez-tez eshitib turamiz. Bu – tanlash erkinligining 
    muhim jihatidir. Bu odamlarga o’z bizneslarini erkin tashkil etish va, natijada foyda ko’rish uchun, 
    ishlab chiqarish omillaridan qulay tarzda foydalanish imkoniyatini beradi. Zamonaviy iqtisodiyot 
    tizimi erkinlikning mana shu xususiy turi poydevoriga qurilgan.

    Download 9,47 Mb.
    1   ...   368   369   370   371   372   373   374   375   ...   447




    Download 9,47 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «sanoat iqtisodiyoti va menejmenti: muammo va yechimlar»

    Download 9,47 Mb.
    Pdf ko'rish