549
segmentiga aylanib bormoqda. Logistika xizmat ko‘rsatish, tovarlarni tashish, mahsulot ishlab
chiqarishda oqimlarni tashkil etish transport
konveyerini boshqaradigan, shu bilan barcha
fuqarolarning farovonligini oshirish, maqsadlariga erishish yo‘lida oldinga siljishni ta’minlaydigan,
energetik lokomotiv sifatidagi o‘ziga xos rolini tobora aniq ta’kidlamoqda.
Murodov Abduraxim Soyibovich
katta o‘qituvchi, Toshkent davlat transport universiteti
Matrasulov Qaxramon SHixnazarovich
katta o‘qituvchi, Toshkent davlat transport universiteti
XUSUSIY TASHUVCHILAR TOMONIDAN KO‘RSATILAYOTGAN TRANSPORT
XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISH YO‘NALISHLARI
Zamonaviy logistika uchun xarajatlarni qoplaydigan va yuqori sifatli transport tizimlari
muhim ahamiyatga ega. Dunyo iqtisodiyoti qanday qilib, qaerda va qachon tovarlar ishlab chiqarilishi
yoki taqsimlanishi nuqtai nazaridan chuqur o‘zgarishlarga duch kelganda
ham ularning ahamiyati
yo‘qolmaydi. Avtomobil transporti xizmatlari mahalliy, mintaqaviy va global qiymat zanjiri
o‘rtasidagi ko‘prik hisoblanadi.
Jahon banki tomonidan nashr etilgan «Avtomobil transporti xizmatlarini isloh qilish» (Road
Freight Transport Services Reform) nomli qo‘llanmada ham transport xizmatlarini ko‘rsatishga milliy
yoki mintaqaviy darajada muhim iqtisodiy sektor sifatida qaralib, avtotransport xizmatlarini doimiy
ravishda isloh qilinishi zarurligi ta’kidlangan.
O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transporti jamoat va
xususiy mulkchilik shaklida
ishlaydi. Barcha xususiy avtotransport foydalanuvchilari teng huquqli qonuniy himoyalanishga ega.
Avtotransport xizmati bozori davlat tomonidan emas, balki, xizmatga bo‘lgan talab orqali
boshqariladi. Davlat avtotransportning butun faoliyati bo‘yicha bozorga
ruxsat berishni transport
xizmati bozorini funksional rivojlantirish maqsadida boshqaradi.
Transport xizmatlari transport faoliyatining iste’molchilar talablarini qondirishdagi
ko‘rinishdir. Xizmat deganda faqat yuklarni tashish tushunilmay, balki
yuklarni tayyorlash va
tashishni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan hamda tashish jarayoni tarkibiga kirmaydigan
operatsiyalar ham tushuniladi. Masalan, yuklarni upakovkalash,
markirovka qilish, paketlarga
joylashtirish, saqlash, yuk egasiga axborotlar berish va boshqalar.
Hozirda respublikamizda iste’molchilarning va ishlab chiqarish talablarining o‘sishi yanada
ko‘proq transport operatorlaridan xavfsiz va arzon bo‘lgan sifatli yuk tashish xizmatlarini ko‘rsatishni
talab qilmoqda. YUk tashish jarayonida ko‘plab xususiy tashuvchilar faoliyat yuritmoqda.
Respublika bo‘yicha jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan yuk avtotransportlar sonining oshib
borishi ham ushbu fikrning tasdig‘idir.