Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «sanoat iqtisodiyoti va menejmenti: muammo va yechimlar»




Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet382/447
Sana15.07.2024
Hajmi9,47 Mb.
#267669
1   ...   378   379   380   381   382   383   384   385   ...   447
Bog'liq
Сборник готовый

Atadjanova Zulfiya Saparbaevna,
katta o‘qituvchi, Toshkent davlat transport universiteti 
Nazarova Vazira Xamidovna 
katta o‘qituvchi, Toshkent davlat transport universiteti 
 
LOGISTIK FAOLIYATNI RIVOJLANTIRISH DOLZARBLIGI 
Logistik texnologiya – bu o‘zida aniq logistik konsepsiyani mujassamlashtiruvchi va 
muvofiqlashgan axborot tizimi bilan qo‘llab-quvvatlanuvchi, logistik tizimda ma’lum logistik 
funksiyani bajaruvchi standartlashgan algoritmdir. Logistik texnologiya tushunchasi yangi 
tushunchalardan biri bo‘lib, asosan g‘arb mamlakatlarida yuzaga kela boshlagan. 
Logistik texnologiyalar o‘zining tejamkorligi va kam xarajatligi bilan ahamiyatga ega va bu 
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida yanada dolzarblik kasb etadi. CHunki iqtisodiyotda 
resurslarning cheklanganlik sharoitida ishlab chiqarish samaradorligiga erishish har qanday 
korxonaning raqobatbardoshlikda o‘ta barqaror bo‘lishi hamda bozorda o‘z o‘rnini yo‘qotmasligiga 
aynan shunday texnologiyalardan samarali foydalanishi sabab bo‘ladi.
Logistika texnologiyasi logistik funktsional sohada va/yoki logistika tizimida tegishli axborot 
tizimi tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan va muayyan logistika kontseptsiyasini o'zida mujassam 
etgan alohida logistika funktsiyasi va/yoki logistika jarayonini amalga oshirish uchun standart 
(standartlashtirilgan) ketma-ketlik (algoritm) sifatida belgilanishi mumkin. 
Mutaxassislar logistik texnologiyalarni rivojlantirish uchun quyidagi vazifalarga e’tibor 
qaratish zarurligini ta’kidlashadi: 


552 
- etkazib berish zanjiri xavfsizligi riskini kamaytirish; kompaniyalar bu masalani hal qilish 
uchun birlashishlari kerak; 
- ta’minot zanjirlarining barqarorligini ta’minlash; yaxshi tashkil etilgan etkazib berish 
zanjirlari bilan logistika faoliyatining natijalari barqaror va tartibli bo‘ladi; 
- iste’molchilar uchun qiymat yaratish; logistikaning asosiy maqsadi mijozlar ehtiyojlarini 
qondirishdir - kompaniyalar iste’molchilarning ehtiyojlarini qondirish haqida ulardan ma’lumotni 
olish uchun ishlab chiqiladigan tuzilmalarga e’tiborini qaratishlari kerak; 
- kompaniyalar V2V (biznes – bizns uchun) xamkorlikdan V2S (biznes iste’mol uchun) 
aviatashuvlar va internet-savdoning jadal rivojlanish ko‘rinishiga o‘tishi. 
Logistik faoliyatni rivojlantirish masalalari o‘z o‘rnida eng dolzarb muammolardir. 
Muammolar echimi sifatida barcha sohalarda zamonaviy logistik texnologiyalarni qo‘llash, 
iqtisodiyotni raqamlashtirish, kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish orqali transport sohasini
rivojlantirish kabi ustuvor masala yotadi.
Milliy logistikaning eng yorqin yo‘nalishlaridan biri-bu individual echimlardan platforma 
echimlariga o‘tish. Platforma echimining muhim masalasi - yuk tashuvchilarni qidirish va tanlash 
hamda multimodal tashishni tashkil etish xizmati. Platformaga 
asoslangan 
echimlarni 
ishlab 
chiqishga sarmoya kiritishda, individual echimlardan ko‘ra, yangi xizmatlarni yaratish va logistikani 
optimallashtirish uchun ma’lumotlar massivlaridan foydalanish samaradorligi oshadi. Agar alohida 
dasturlar va xizmatlar muayyan ish jarayonini yaxshilashga imkon bersa, platforma bir vaqtning 
o‘zida bir nechta vazifalarni hal qilishi mumkin. Platformalar zanjir ishtirokchilarining biznes 
jarayonlarini integratsiya qilish, ishlab chiqaruvchilarni iste’molchilar bilan bog‘lash, zaxiralarni 
boshqarish va boshqa xizmatlarni taqdim etish imkonini beradi. Raqamli transformatsiya nafaqat 
individual logistika kompaniyalari o‘zgartiradi, balki davlat organlari, idoralar va korxonalar 
o‘rtasidagi muloqot predmeti bo‘ladi. 
Ushbu qulayliklar transport xizmati iste’molchilarining vaqt va pul xarajatlarini tejabgina 
qolmasdan xizmatlarga bo‘lgan talabini ham oshiradi. Natijada transport korxonasi o‘z faoliyatida 
yuklarni etkazib berishning “an’anaviy zanjir”idan voz kechib “zamonaviy etkazib berish zanjiri”dan 
foydalanadi. 

Download 9,47 Mb.
1   ...   378   379   380   381   382   383   384   385   ...   447




Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «sanoat iqtisodiyoti va menejmenti: muammo va yechimlar»

Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish