553
Buning uchun ishlab chiqarish jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, o‘zining tovar
belgisiga ega bo‘lishi, xizmat ko‘rsatish geografiyasini kengaytirish, transport vositalaridan samarali
foydalanish, xizmat turlarini yangilab borish, zaminaviy
texnologiyalardan xabardor, ulardan
foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lgan kadrlarga va samarali reklama foaliyatiga e’tibor qaratishi
talab etiladi. Mahsulot yoki xizmatni sotish bozorini kengaytirish va uni
ilgari surish jarayonida
etkazib berish zanjirini boshqarish samaradorligini oshirishda korxona faoliyatiga kerakli iqtisodiy
samaraga erishish uchun yangi mijozlarni jalb qilish strategiyasini joriy etish zarur. Bunday chora-
tadbirlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi zanjir qatnashchilarining moddiy-texnik ta’minotini
yaxshilashga xizmat qiladi va bunda transport boshqaruvi markaziy o‘rinni
egallaydi, bu esa o‘z
navbatida transport-logistik texnologiyalarni rivojlantirish orqali korxonaning raqobatbardoshligini
oshirishga, umumiy xarajatlarni optimallashtirishga, ichki va tashqi
bozorlarda muvaffaqiyatli
joylashishga zamin yaratadi.