Alohida shaxslar va butun jamiyatning maqsadlari. Maqsadlarni qo’yish va ularga erishish bo’yicha
541
maqsadlar qo’yishadi? Va bu maqsadlarga qanchalik muvaffaqiyat bilan erishiladi? Quyida mana shu
savollar muhokama etiladi.
To’liq hajmli iqtisodiyot
– bu odamlar o’z iqtisodiyoti uchun qo’yadigan
eng muhim
maqsadlardan biridir. Biz mavjud bo’lgan ishlab chiqarish resurslari – mehnat, sarmoya, tabiiy
resurslardan
to’laqonli foydalanishni,
hamda
bu resurslardan
samarali
foydalanishni xohlaymiz.
Qay darajada biz to’liq bandlik va to’liq hajmli ishlab chiqarish maqsadlariga erishayapmiz?
Aslida, millat mehnatga layoqatli va ishlashni xohlaydigan 100% erkak va ayollar doimiy asosda ish
bilan ta`minlanishini kuta olmaydi.
Ma`lum miqdorda
– taxminan mehnatga layoqatli aholining 2%
dan 5% gacha qismi doimo ishsiz bo’ladi. Ammo lekin millionlab odamlar hech qanday zaruratsiz
ishsizlar toifasiga mansub bo’lsa, bu ular o’z mamlakatining
farovonligiga foydali hissa
qo’shmayotganligi va ishlab pul topmayotganliklarini bildiradi. Shu sababdan, to’liq bandlik hamda
mehnatning yuqori samaradorligini taqozo etuvchi to’liq hajmli ishlab chiqarish maqsadi, bizning
iqtisodiyotimiz uchun eng muhim maqsadlardan biridir.
Barqaror o’sish
– bu ikkinchi muhim maqsaddir. Biz o’zimizning
tovarlar va xizmatlar
milliy ishlab chiqarilishini son jihatdan yalpi milliy mahsulot (YAMM) degan statistik
ko’rsatkichining o’zgarishini ko’zatib baholaymiz.