Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «sanoat iqtisodiyoti va menejmenti: muammo va yechimlar»




Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet366/447
Sana15.07.2024
Hajmi9,47 Mb.
#267669
1   ...   362   363   364   365   366   367   368   369   ...   447
Bog'liq
Сборник готовый

Jo’rabek Igitov 
Mustaqil tadqiqotchi, Toshkent davlat transport universiteti 
SANOAT KOMPANIYALARINING FOND BOZORI ORQALI INVESTITSIYALARNI 
JALB QILISH USULLARI 
Xorijiy mamlakatlarda sanoat korxonalari fond bozorlaridan investitsion maydon sifatida 
foydalanishadi. Aksariyat mamlakatlarda sanoat korxonalari davlat subsidiyalari va yirik kredit 
liniyalari orqali moliyalashtirilsa, to’g’ri korporativ boshqaruv tamoyillari asosida boshqariladigan 
kompaniyalar bunday moliyaviy instrumentlarning o’rniga ularning muqobillaridan foydalanishadi. 
Xo’sh, xorijiy kompaniyalar fond bozorida orqali qanday qilib investitsiyalarni jalb qilishlari 
mumkin? Bu savolga quyidagi rasm bilan javob beramiz (1-rasm). 
 
1-rasm. Sanoat kompaniyalarining fond bozori orqali investitsiyalarni jalb qilish 
usullari 
1. 
IPO/SPO.
Birlamchi ommaviy takliflar (IPO) kompaniyalar fond birjalari orqali 
investorlarni jalb qilishning asosiy usullaridan biridir. Birjaga chiqish orqali kompaniyalar o'zlarining 
aksiyalarini birinchi marta ommaga taklif qiladilar, bu esa investorlarga kompaniyadagi egalik 
ulushlarini sotib olish imkonini beradi. Bundan tashqari, kompaniyalar kengaytirish, qarzni to'lash 
yoki boshqa korporativ maqsadlar uchun kapitalni jalb qilish uchun qo'shimcha aksiyalarni chiqarish 
yo’li bilan ikkilamchi takliflarni amalga oshirishi mumkin. Misol uchun, 2020-yilning fevral oyida 
Tesla kompaniyasining IPO si o’tkazilib, unda kompaniya aksiyalarini ommaviy joylashtirish 
auksion usuli orqali amalga oshirilgan hamda bir dona aksiyasining narxi 767 AQSh dollargacha 
ko’tarilgan. Bu moliyaviy instrumentni ishlatish orqali kompaniya o'z balansini mustahkamlash
kapital xarajatlarni moliyalashtirish va elektromobillar texnologiyasini rivojlantirishga qaratilgan 
tadqiqot va ishlanmalarni moliyalashtirish uchun 2,03 mlrd. AQSh dollari miqdorida qo’shimcha 
moliyalashtirish manbaiga ega bo’lgan.
2. 

Download 9,47 Mb.
1   ...   362   363   364   365   366   367   368   369   ...   447




Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «sanoat iqtisodiyoti va menejmenti: muammo va yechimlar»

Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish