575
Arifjanova N.Z.
Toshkent davlat transport universiteti, katta o‘qituvchi
YUKLARNI ORTISH-TUSHIRISH ISHLARINI OPTI
MALLASHTIRISHNING LOGISTIK JIHATLARI
Ortish-tushirish operatsiyalarini optimallashtirish yuk tashishda muhim va ko‘p vaqt talab
qiladigan jarayondir, chunki butun logistik jarayonning tezligi va samaradorligi ushbu operatsiyani
bajarishga bog‘liq.
Ortish-tushirish operatsiyalari - bu jo‘natish joylarida yuklarni transport vositasiga yuklash va
uni qabul qilib olish joylarida tushirish bilan bog‘liq operatsiyalar majmuasidan iborat bo‘lib, ular
transport jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi. Ushbu operatsiyalar paytida to‘xtab turish vaqti
liniyadagi umumiy ish vaqtining taxminan 30-35% ni tashkil qiladi va transport vositasining bir
qatnov davomidagi meyoriy ortish-tushirish vaqti va ortish-tushirish punktlarida sodir bo‘ladigan
hamda ko‘p sabablarga bog‘liq bo‘lgan yuklarni ortish-tushirish vaqtida yuzaga keladigan meyordan
ortiqcha vaqt dan iborat.
Ortish-tushirishni
kutish vaqti, garchi majburiy element bo‘lmasa ham, ko‘pincha ortish va
tushirish vaqtida umumiy to‘xtash vaqtining muhim qismini tashkil qiladi. Ortish-tushirish punktlari
ishini aniq tashkil etish bilan uni minimallashtirish yoki hatto butunlay yo‘q qilish mumkin.
Hozirgi kunda tovarlarni yetkazib berish tezligi tovarlarning sifatidan ko‘ra ko‘proq
baholanadi, shuning uchun logistika zanjiridagi bo‘sh turish vaqtini qisqartirish transport
kompaniyasining samaradorligiga ta’sir qiladi. Ortish-tushirish operatsiyalarining davomiyligiga
yukning turi, qadoqlash usuli, yukning ixtisoslashuvi, transport vositasining sig‘imi, ortish-tushirish
usullari va bo‘sh turish jarayonining o‘zi ta’sir qiladi, bunga quyidagilar kiradi:
yuklarni ortish-
tushirishni kutish, transport vositasining manevralari, yuklarni tortish yoki qayta hisoblash, qayta
qadoqlash, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish va boshqalar. Ortish-tushirish operatsiyalari vaqtida
bo‘sh turib qolish vaqtining ortishi, shuningdek, transport vositasining qatnov davomiyligiga ta’sir
qiladi va tashish jadvalining buzilishiga olib keladi, shuning uchun kechikishlarni
kamaytirish va
ortish-tushirish jarayonlarini optimallashtirish, shuningdek, takomillashtirishning zamonaviy
mexanizmlarini joriy etish muhimdir.
Ortish-tushirish operatsiyalari vaqtida bo‘sh turish vaqtini qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlar
quyidagilarni o‘z ichiga oladi: yuklarni omborga qabul qilishda bir qator rejalashtirilgan
operatsiyalarni (ixtiyoriy) bajarishni va uni uzoq muddatli saqlash joyiga joylashtirmasdan jo‘natish
tizimini amalga oshirish; tovarlarni yoki tovarlar guruhlarini oldindan guruhlash; yuk ortish-tushirish
mexanizmlarining holatini va ularning joylashuvini kuzatib borish; ortish-tushirish operatsiyalarini
tashkil etishga oldindan tayyorgarlik ko‘rish; ortish-tushirish operatsiyalarini tashkil etishni ratsional
tashkil qilish; yuklarni ortish-tushirish uchun zamonaviy mexanizm
va texnologiyalardan
foydalanish; yuk tashish maydonchalarida barcha ortish-tushirish ishlarini avtomatlashtirish; ortish-
tushirish operatsiyalarini muvofiqlashtirish uchun nozimlik xizmatlarini tashkil etish bo‘yicha
mijozlar bilan shartnomalar tuzish; ortish-tushirish punktining quvvatini va o‘tkazuvchanlik
qobiliyatini doimiy ravishda oshirib borish va boshqalar.
Bir qator mualliflarning fikriga ko‘ra, agar ortish-tushirish operatsiyalarini optimallashtirishni
avtomobil transporti ishining sifatini yaxshilash omili deb hisoblanib, unda asosiy iqtisodiy samaraga
ularni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash, shuningdek omborda to‘g‘ridan-to‘g‘ri saqlash
tizimidan foydalanish tufayli ortish- tushirish vaqtini qisqartirish natijasida erishiladi. Shuning uchun
ortish-tushirish vaqtida transport vositalarining bo‘sh turib qolish vaqtini tahlil qilishda ushbu omillar
bilan bir qatorda ushbu ishlarni mexanizatsiyalash darajasini o‘rganish kerak bo‘ladi.
Ortish-tushirish ishlarini tashkil etishda omborlar va ularda amalga oshiriladigan jarayonlarni
tashkil etish eng muhim ishlardan biri hioblanadi. Zamonaviy omborni tashkil qilishda asosiy
muammo turli xil yuklarni qayta ishlashning eng iqtisodiy usullarini topishdir.
Bunday tovarlarni
ombordan qabul qilish va yetkazib berish operatsiyalari katta uskunalar va mehnat xarajatlarini talab
qiladi. Palletlarga joylashtirilgan tovarlarni qisman yetkazib berish zarurati tug‘ilganda ushbu vazifa
576
yanada murakkablashadi. Ombor ishini oqilona tashkil etish uchun assortiment bo‘yicha saqlangan
qadoqlangan tovarlar, qabul qiluvchilar soni, bir kunda tovarlar bilan
amalga oshirilgan ombor
operatsiyalari soni va tovarlarning nomenklaturasi haqidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak.
Omborlar ishini tashkil etishning eng istiqbolli tamoyil bu tovarlarni ombordan jo‘natish vaqti
va uni keyinchalik oluvchiga yetkazib berish to‘g‘risida kelishib, omborda saqlashni istisno qilishni
o‘z ichiga olgan uchidan uchigacha saqlash tizimidir. Yangi transport texnologiyasini joriy etishning
samarasiga yuk aylanmasining ko‘payishi, moddiy xarajatlarni tejash hisobiga xarajatlarni
kamaytirish, yuklarni yetkazib berishni tezlashtirish, tashish vaqtida mahsulot xavfsizligini
yaxshilash (oldini olish va kamaytirish), boshqariladigan transport vositasining xavfsizligini
yaxshilash orqali erishiladi.
Hozirgi vaqtda ortish-tushirish
operatsiyalari, qoida tariqasida, jo‘natuvchilar va qabul
qiluvchilar tomonidan amalga oshiriladi. Shu bilan birga, bu ishlarni ixtisoslashtirilgan avtotransport
bo‘limlari – ortish-tushirish ishlarini yoki mexanizatsiyalash amalga oshiradigan tashkilotlar ham
amalga oshirishi mumkin. Ushbu kompaniyalar o‘z faoliyatini mijozlar bilan tuzilgan shartnomalar
va bir martalik shartnomalar asosida amalga oshiradilar. Ortish-tushirish operatsiyalarini tashkil
etishning ushbu shakli o‘zining ortish va tushirish mexanizmlariga ega bo‘lmagan
kichik
avtotransport korxonalari uchun foydalidir. Beqaror va doimiy o‘zgaruvchan talab sharoitida
ixtisoslashgan korxonalardan yuk ortish-tushirish mashinalarini ijaraga olish, bizning fikrimizcha,
rtish-tushirish ishlarini bajarishning eng oqilona usuli hisoblanadi.
Avtotransport sifatini yaxshilash bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish davomida avtotransport
korxonalarining aksariyat mijozlari uchun sifatni ta’minlashning asosiy omillaridan biri ortish-shirish
operatsiyalarini tashkil etish ekanligi aniqlandi.
Ortish-tushirish operatsiyalarini optimallashtirish vazifasining murakkabligi dinamik ravishda
o‘zgarib turadigan turli xil cheklov orqali amalga oshiriladi. Shuning uchun tashishni tashkil
etishning eng muhim vazifalaridan biri ortish-tushirish operatsiyalari
uchun sarflanadigan vaqtni
hisoblash bo‘yicha tahliliy ishlardir. Buning uchun yuqorida keltirilgan ortish-tushirish ishlarini
amalga oshirishni optimallashtirish algoritmini taklif qilinadi (1-rasm).