579
1-
jadval
Yetkazib berishlar zanjirlarini boshqarishning samaradorligi
Buyurtmalar sonini koʻpaytirish va talabning
barqarorligini oshirish.
Birlashtirilgan axborot kanallari orqali
rejalashtirishni aniqlashtirishni
takomillashtirish, biznes-jarayonlarni
sinxronlashtirish, birgalikda talabni
prognozlash, yangi mahsulotlarni
sotish uchun
vaqtni pasaytirish.
Sugʻurta
zaxiralarining
kamayishi
(zaxiralarni aniq axborot bilan almashtirish).
Taʼminot zanjirining doimiy monitoringini olib
borish orqali tezkor boshqarish sifatini oshirish,
taʼminot
zanjirida
ogʻishlarni
va
qonunbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash.
Xavflarni kamaytirish va reja va taʼminotning
ishonchliligini oshirish.
Yuk va tranzaksiya xarajatlarini kamaytirish.
Xarid qilish, saqlash va marketing boʻyicha
noaniqlik bilan bogʻliq biznes-jarayonlarni
bartaraf etish yoʻli bilan marketing va logistika
xarajatlarini qisqartirish.
Yetkazib berishlar zanjirlarini boshqarish konsepsiyasini joriy qilish korxonalarning oʻzaro
harakatlarining yangi tashkiliy-funksional sxemalarining rivojlanishi bilan bogʻlanadi. Yetkazib
berishlar zanjirlarini boshqarishni joriy qilish boʻyicha amalga oshirilgan loyihalar yetkazib berishlar
zanjirida umumiy xarajatlarni 60% gacha, zahiralar darajasini 60% gacha kamaytirish, jarayonlarni
muvofiqlashtirish hisobiga ishlab chiqarish va yetkazib berishlar vaqtini 50% gacha pasaytirish,
yetkazib berishlar aniqligini 60% gacha oshirish, quvvatlardan foydalanishni 20% gacha yaxshilash,
qiymatni yaratish jarayonini optimallashtirish va xaridlar hamda sotish sohasida tranzaksion
xarajatlarni kamaytirish hisobiga foydani 30% gacha oshirish, mahsulot sifatini 30% gacha oshirish,
reaksiya koʻrsatish tezligi va yetkazib berishlar zanjirlarining qayishqoqligini oshirish hisobiga tovar
aylanmasi va bozordagi ulushni 55% gacha oshirish mumkinligini koʻrsatgan.
SCM ning samaradorligi toʻgʻrisida gapirganda yetkazib berishlar zanjirlarini boshqarishning
oldiga qoʻyiladigan maqsadlar (masalan, servis darajasi yoki foydani oshirish) potensial samaradorlik
hisoblanishini unutmaslik lozim. Real samaradorlik esa yetkazib berishlar zanjirlarining barqarorligi
orqali amalga oshadi. Shu sababli, yetkazib berishlar zanjirlarining iqtisodiy samaradorligi bilan bir
qatorda, yetkazib berishlar zanjirlarining barqarorligini taʼminlash yetkazib berishlar zanjirlarining
majmuaviy samaradorligi uchun katta ahamiyatga ega boʻladi.
Amaliyotning koʻrsatishicha, yuklarning shikastlanishi yoki oʻgʻirlanishi,
transport
tizimlarining qulashi, moliyaviy oqimlardagi uzilishlar, shuningdek yetkazib berishlar zanjirlarini
yetarlicha muvofiqlashtirmaslik (talabning tebranishi, ishlab chiqarish hajmlari va xaridlarning mos
kelmasligi va boshqalar) kabi voqeʼliklar oqibatida yetkazib berishlar zanjirlarini boshqarishning
iqtisodiy samaradorligining sezilarli darajada pasayishi (yillik aylanmaning 30% igacha) kuzatiladi.
Yetkazib berishlar zanjirining samaradorligini tushunishning zamonaviy tendensiyasi shunday
yetkazib berishlar zanjirlarini
loyihalash hisoblanadiki, ular iqtisodiy samaradorlikning yuqori
darajasi va barqarorlikning zaruriy darajasi bilan tavsiflansin.
SCM ning samaradorligi yetkazib berishlar zanjirining foydalilik va barqarorlik darajalarining
muvozanatini taʼminlashdan iborat, SCM maqsadlarining paradigmasi esa mijozlarning ehtiyojlarini
mumkin qadar toʻlaroq qanoatlantirish va cheksiz vaqt kesmasida murakkab ishlab-chiqarish-
ekologik tizimlarning barqarorligi va uygʻunligini taʼminlashdan iborat.
Yetkazib berishlar zanjirlariga misollarni tahlil qilish quyidagilar strategik darajada
barqarorlikning yoʻqolishining asosiy omillari boʻlib hisoblanishini koʻrsatadi:
• tor doirada ixtisoslashish va bitta bozorga (yoki bitta mijozga) qaratilish,
• foydaning doimiy oʻsib
borishini rejalashtirish,
• yuqori kredit qarzdorligi,
• muqobil yetkazib beruvchilarning yoʻqligi,
580
• daromadlarning “moddiy boʻlmagan” omillarga yuqori darajada bogʻliqligi,
• yetkazib berishlar zanjirining asosiy quvvatlarini birta mintaqada geografik
konsentratsiyalash.
Taktik va operativ darajada barqarorlikning yoʻqolishini asosiy omillari quyidagilar
hisoblanadi:
• rejalar va talab hamda yetkazib berishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kuchsiz
muvofiqlashtirish,
• “zahiralarsiz” ishlash,
• yuklarning saqlanishi va tashishlarning xavfsizligini kuchsiz
nazorat qilish,
• texnologik ishdan chiqishlar (asbob-uskunalar, transport, axborot tizimlari)
• odam omili (xatolar, maʼlumotlarni notoʻgʻri uzatish va notoʻgʻri talqin qilish).
Qoʻzgʻatuvchi taʼsirlarni oʻrnini qoplash uchun turli harakatlar boʻlishi mumkin, masalan:
• yetkazib berishlar zanjirlari xavfsizligi menejmenti;
• likvidlik zahiralari;
• materiallarning strategik zahiralari;
• bozorlarni
diversifikatsiyalash;
• mahsulot assortimentining autsorsingi va qayishqoqligi (masalan, modullilik);
• ehtiyot zahiralari,
• ishlab chiqarish va distribyutsion saqlash buferlari,
• qoʻshimcha omborlar,
• quvvatlarni zahiralash,
• muvofiqlashtirish va monitoringlash tizimini yaratish;
• yetkazib berishlar zanjirlaridagi hodisalarni boshqarish tizimi (SCEM)
Barcha
bu choralar, mohiyatiga koʻra, yetkazib berishlar zanjirini moslashtirish zahiralari
boʻlib xizmat qiladi. Ular turlicha operativlilik darajasi bilan tavsiflanadi (masalan, material
zahiralaridan foydalanish yoki bozorlarni diversifikatsiyalash). Bu yetkazib berishlar zanjirlarini
boshqarish modellarida vaqt va dinamikaning roli muhim ekanligini yana bir bor taʼkidlaydi.