• Komplektli taqsimlovchi qurilma
  • Avtomatik o‘chirgich (kommutatsion apparat)
  • Bo‘lgich
  • Qisqa tutashtirgich
  • Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti stansiya va podstansiyalarning elektr jihozlari




    Download 246,81 Kb.
    bet30/30
    Sana09.12.2023
    Hajmi246,81 Kb.
    #114565
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
    Bog'liq
    Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti stan-hozir.org
    maruz baza, Zardushtiylik diniy iyerarxiyasi (1)
    Havo elektr uzatuv liniyasi deb elektr energiyasini simlar orqali uzatish uchun mo‘ljallangan, ochik havoda joylashgan va izolyatorlar va armaturalar bilan tayanchlarga yoki kronshteynlarga va muhandislik inshootlaridan stoykalarga qotirilgan moslamaga aytiladi.
    Taqsimlovchi qurilma deb elektr energiyani qabul qilib, uni taqsimlash uchun xizmat qiladigan va kommutatsion apparatlardan, yig‘ma va ulanma shinalardan, yordamchi qurilmalardan, shuningdek, himoya va avtomatika qurilmalari va o‘lchov moslamalaridan tashkil topgan elektr qurilmaga aytiladi.


    Komplektli taqsimlovchi qurilma deb to‘liq yoki qisman yopiq shkaflardan yoki apparatlar o‘rnatilgan bloklardan, himoya va avtomatika qurilmalaridan tashkil topgan taqsimlovchi qurilmaga aytiladi.


    Podstansiya deb elektr energiyani o‘zgartirish va taqsimlash uchun xizmat qiladigan elektr qurilmaga aytiladi va u transformatorlar va boshqa energiya uzgartirgichlardan, taqsimlovchi qurilmalardan, boshqarish qurilmalari va yordamchi moslamalardan iborat bo‘ladi.


    Avtomatik o‘chirgich (kommutatsion apparat) avariya holatlari zanjirlarini kommutatsiyalash (uzish, o‘chirish) uchun, shuningdek, elektr zanjirlarini ko‘p bo‘lmagan (sutkasiga 6 dan 30 marotabagacha) operativ ulash va uzish uchun xizmat qiladi (mo‘ljallangan).


    Uzgich – bu shunday kontaktli kommutatsion apparatki, u xavfsizlikni ta’minlash uchun o‘chgan holatda kontaktlar orasida izolyasion oraliqqa ega bo‘lgan, toksiz yoki juda kichik tokli elektr zanjirlarni ulash va uzish uchun mo‘ljallangan.


    Bo‘lgich – o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok kuchlanishi 1000 Vdan kam bo‘lgan elektr zanjirlarini qo‘lda uzish va ulash uchun xizmat qiladi.


    Qayta ulagich – bu elektr zanjirlarini qayta ulash uchun xizmat qiluvchi kontaktli kommutatsion apparat.


    Qisqa tutashtirgich – bu elektr zanjirlari sun’iy qisqa tutashuv hosil qilish uchun mo‘ljallangan kommutatsion apparat.


    Saqlagich – bu tokni ma’lum bir qiymatidan oshishi ta’sirida aynan shu uchun mo‘ljallangan tok yurituvchi qismlarini buzilishi natijasida himoyalanayotgan, zanjirni uchirishga mo‘ljallangan kommutatsion elektr apparat.
    http://hozir.org
    Download 246,81 Kb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




    Download 246,81 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti stansiya va podstansiyalarning elektr jihozlari

    Download 246,81 Kb.