• Energetik tizim
  • Elektr energetik tizim
  • Elektr energiya
  • Mustaqil energiya manbai
  • GLOSSARIY Elektr qurilmalari




    Download 246,81 Kb.
    bet29/30
    Sana09.12.2023
    Hajmi246,81 Kb.
    #114565
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
    Bog'liq
    Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti stan-hozir.org

    GLOSSARIY


    Elektr qurilmalari deb elektr energiyani ishlab chiqarish, o‘zgartirish, transformatsiyalash, uzatish, taqsimlash va boshqa turdagi energiyaga o‘zgartiruvchi mashinalar, apparatlar, liniyalar va yordamchi uskunalar (ular o‘rnatilgan inshoot va xonalar bilan birga) majmuiga aytiladi.


    Energetik tizim deb bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan elektr stansiyalar, elektr va issiqlik tarmoqlari majmuining elektr energiyasini uzluksiz ishlab chiqarish, o‘zgartirish va taqsimlash jarayonlarini umumiy rejimda birlashganligi va shu rejimning umumiy holda boshqarilishiga aytiladi.


    Elektr energetik tizim deb energetik tizimning elektr qismiga va undan ta’minlanuvchi, elektroenergiyani ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish umumiy jarayonlari bilan bog‘langan elektroenergiya qabul qiluvchilarga aytiladi.


    Elektr ta’minoti tizimi deb iste’molchilarni elektroenergiya bilan ta’minlab berish uchun mo‘ljallangan elektr qurilmalar majmuiga aytiladi.


    Elektr tarmog‘i deb ma’lum bir hududda ishlovchi podstansiyalar, taksimlovchi qurilmalar, havo va kabel elektr uzatuv liniyalaridan tashkil topgan, elektroenergiyani uzatish va taqsimlash uchun mo‘ljallangan elektr qurilmalar majmuiga aytiladi.


    Elektr energiya qabul qiluvchisi deb elektr energiyasini boshqa turdagi energiyaga aylantiruvchi apparat, agregat, mexanizmga aytiladi.


    Elektr energiya iste’molchisi deb texnologik jarayon bilan birlashgan va ma’lum bir hududda joylashgan elektr qabul qiluvchiga yoki bir guruh elektr qabul qiluvchilarga aytiladi.


    Mustaqil energiya manbai deb kuchlanish boshqa energiya manbalarida yuqolganida, ushbu qoidalarda avariyadan keyingi rejim uchun belgilangan oraliqda, kuchlanish saqlanib qoluvchi energiya manbaiga aytiladi.


    Zaminlash deb elektr qurilmasining qandaydir qismini zaminlovchi qurilmaga elektr ulanishga aytiladi.


    Apparatlar – barcha turdagi kuchlanish o‘chirgichlari, bo‘lgichlar, ajratkichlar, uzgichlar, qisqa tutashtirgichlar, saqlagichlar, razryadniklar, tokni chegaralovchi reaktorlar, kondensatorlar.



    Download 246,81 Kb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




    Download 246,81 Kb.