• 7.2.2. Qisqa tutashuv tokini hisoblashda qabul qilinadigan asosiy farazlar
  • Uch fazali qisqa tutashuv toklarini hisoblash usullari




    Download 246,81 Kb.
    bet23/30
    Sana09.12.2023
    Hajmi246,81 Kb.
    #114565
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30
    Bog'liq
    Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti stan-hozir.org

    7.2. Uch fazali qisqa tutashuv toklarini hisoblash usullari
    7.2.1 Qisqa tutashuv toklarini hisoblashdan maqsad
    Qisqa tutashuv toklarini hisoblashdan maqsad:

    elektr stansiyalari, tarmoqlari va podstansiyalarning bosh elektr sxemalarini taqqoslash, baholash va tanlash;


    elektr apparatlarni va o‘tkazgichlarni tanlash va tekshirish;
    releli himoya va avtomatika qurilmalarini loyixalash va sozlash;
    shikastlanish holatida iste’molchilarning ishlashini tahlil qilish;
    generatorlar qo‘zg‘atish tizimini tanlash va baholash;
    himoyalash uchun yerga ulash qurilmalarini loyihalash;
    razryadlagichlar harakteristikasini tanlash;
    elektr tizimining statik va dinamik turg‘urligini hisoblash;
    bo‘lib o‘tgan shikastlanishni tahlil qilish;
    elektr uzatish yo‘llarining aloqa va signalizatsiya simlariga ta’sirini aniqlash.


    7.2.2. Qisqa tutashuv tokini hisoblashda qabul qilinadigan asosiy farazlar
    Zamonaviy elektr tizimidagi barcha mavjud shartlarni e’tiborga olib, qisqa tutashuv toklarini hisoblash juda qiyin va amalda bajarib bo‘lmaydi. Shu sababdan hisoblash uchun bir qator farazlar kiritiladi. Bu farazlar yechiladigan masalaning harakteriga bog‘liq. Qisqa tutashuv toki va kuchlanishini aniqlash bilan bog‘liq ko‘pgina amaliy masalalarni yechishda odatda quyidagi taxminlar qabul qilinadi:

    elektr apparatlarning magnit tizimlari to‘yinmagandir, ya’ni sxemadagi qarshiliklar chiziqlidir ( );


    transformatorni magnitlanish toklari hisobga olinmaydi ( );
    elektr liniyasi sig‘imiy o‘tkazuvchanligi hisobga olinmaydi ( ), bu 500 kV va yuqori kuchlanishli elektr uzatish yo‘llariga tegishli emas;
    havo elektr uzatish yo‘lining aktiv qarshiliklari hisobga olinmaydi ( ), bu past kuchlanishli tarmoqlar va kabel liniyalari uchun tegishli emas;
    uch fazali tizim simmetrikdir;
    yuklamalar taxminiy hisobga olinadi;
    sinxron mashinalarning davriy tezligi o‘zgarmasdir ( ).



    Download 246,81 Kb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30




    Download 246,81 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Uch fazali qisqa tutashuv toklarini hisoblash usullari

    Download 246,81 Kb.