• 1.Kurs loyihasining tarkibi
  • 2.Nazariy qismning bajarilish ko‘rsatmalari
  • Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti stansiya va podstansiyalarning elektr jihozlari




    Download 246,81 Kb.
    bet2/30
    Sana09.12.2023
    Hajmi246,81 Kb.
    #114565
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
    Bog'liq
    Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti stan-hozir.org

    Qisqartmalar
    OTQ-ochiq taqsimlash qurilmasi

    TQ-ochiq taqsimlash qurilmasi


    BTQ- bosh taqsimlash qurilmasi
    YuK TQ- yuqori kuchlanishli taqsimlash qurilmasi
    HL-havo liniyalari
    A-ajratgich
    B-bo‘lgich
    U-uzgich
    T-transformator
    AT-avtotransformator
    QT-qisqa tutashtirgich
    ZO‘ET-zaxira o‘z ehtiyoj transformatori
    O‘ET- o‘z ehtiyoj transformatori
    1.Kurs loyihasining tarkibi
    Kurs loyihasi GES va IES larning elektr qismi uchun mo‘ljallangan. Loyiha nazariy va hisob grafik qismdan iborat. Nazariy qism quyidagi bo‘limlardan iborat:

    - bosh elektr ulanish sxemalarini turli xil ulanish variantlari asosida tanlab olish;


    - tanlangan variant bo‘yicha qisqa tutashuv toklarini hisoblash;
    - stansiya tizimga kerakli quvvat yetkazib berishi uchun har bir ochiq taqsimlash qurilmasi (OTQ) uchun elektr uzatish liniyalarining sonini tanlash, “Texnologik loyihalash normalari” ga asosan OTQ sxemasini tanlash;
    - elektr apparatlar va tok o‘tkazuvchi qismlarini tanlash.
    Qo‘shimcha: Metodik ko‘rsatmada o‘z ehtiyoj masalalari, operativ tok, zaminlash, yashindan himoyalash shuningdek loyihaning alohida bo‘limlarining hisobi uchun texnik ma’lumotlar berilgan.
    Nazariy va hisob grafik qismi 30-50 betli qo‘lyozmadan iborat bo‘lib tushintirish sxema va rasmlariga ega bo‘lishi lozim.
    Loyiha uchun ikkita chizma bajariladi (chizmalarni zamonaviy kompyuter grafik dasturlari asosida chizilishi tavsiya etiladi):
    - stansiyaning bosh elektr bog‘lanishli sxemasi (qabul qilingan variant);
    - taqsimlovchi qurilmalarning tuzilishi.


    2.Nazariy qismning bajarilish ko‘rsatmalari
    Nazariy qism kurs loyihasi uchun topshiriq varag‘idan boshlanishi kerak, undan keyin loyiha vazifasi, mazmuni, asosiy bo‘lim, xulosa.

    Nazariy qism “Kirish” qismidan boshlashi lozim.


    Nazariy qismida: ishning maqsadi, hisoblash usullari (qisqa tutashuv toklarini hisoblash usuli), olingan natijalar, loyihalashni asosiy yechimlari, OTQ tuzilishi.
    “Kirish” da muammoning hozirgi kundagi dolzarbligi ko‘rsatilishi lozim.
    Nazariy qism “Xulosa” bilan tugallanadi. “Xulosa” da bajarilgan ishlar natijalari yuzasidan qisqa xulosalar ko‘rsatiladi.



    Download 246,81 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




    Download 246,81 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti stansiya va podstansiyalarning elektr jihozlari

    Download 246,81 Kb.