Elektr stansiya bosh elektr ulanish sxemasini tanlash




Download 246,81 Kb.
bet3/30
Sana09.12.2023
Hajmi246,81 Kb.
#114565
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti stan-hozir.org
maruz baza, Zardushtiylik diniy iyerarxiyasi (1)
3. Elektr stansiya bosh elektr ulanish sxemasini tanlash
3.1. Elektr stansiya va podstansiyalarning ulanish sxemasi


Sxemalarning turlari va ularning vazifasi. Elektr stansiya (podstansiya)lar elektr ulanishlarining bosh sxemasi - bir-biri bilan o‘zaro ulangan natural ko‘rinishdagi asosiy elektr jihozlari (generator, transformator, liniyalar), yig‘ma shinalar, kommutatsion va boshqa birlamchi apparatlar bilan ular orasida natural ko‘rinishda bajarilgan barcha ulanshilar majmuidir.
Bosh sxemani tanlash elektr stansiya (podstansiya)ning elektr qismini loyihalashda asosiy mezon hisoblanadi, chunki u elementlarning to‘liq tarkibini va ular orasidagi bog‘lanishni aniqlaydi. Tanlangan bosh sxema elektr ulanishlarning prinsipial sxemasi, o‘z ehtiyoji sxemasi, ikkilamchi ulanishlarning sxemasi, montaj va boshqa sxemalarni tuzishda boshlang‘ich ma’lumot hisoblanadi.
  1. rasm. Sxemalar turlari (110/10 kV li podstansiya misolida)


a – struktura; b – bosh soddalashtirilgan; v – to‘liq prinsipial;


g - operativ.
Bosh sxemalar chizmada bir chiziqli qilib tasvirlanib, bunda qurilmaning hamma elementlari uzilgan holatda bo‘ladi. Ayrim hollarda sxemaning ayrim elementlarini ish holatida ko‘rsatishga yo‘l qo‘yiladi.

Sxemaning hamma elementlari bilan ular orasidagi bog‘lanishlar konstruktorlik hujjatlarining yagona sistemasi standartlariga muvofiq ko‘rsatiladi.


Elektr qurilmalarni loyihalashda bosh sxemani tuzishdan oldin elektr energiya (quvvat)ni berishning struktura sxemasi tuzilib, unda elektr qurilmaning asosiy funksional qismi (taqsimlagich qurilma, transformatorlar, generatorlar) va ular orasidagi bog‘lanishni ko‘rsatiladi.
Struktura sxemalar keyinchalik prinsipial sxemalarni yanada to‘laroq va batafsilroq ishlab chiqish, shuningdek elektr qurilmaning ishi bilan umumiy tanishib chiqish uchun xizmat qiladi.
Bu sxemalarning chizmalarida funksional qismlar to‘g‘ri burchaklar yoki shartli grafik tasvirlar ko‘rinishida (1(a) -rasm,) tasvirlanadi. Sxemada apparatlar (uzgichlar, ajratgich, tok transformatori va hokazolar) dan hech qaysisi ko‘rsatilmaydi.
1(b)-rasm, da shu podstansiyaning bosh sxemasi ayrim apparatlarsiz - tok, kuchlanish transformatorlarisiz, razryadniklarsiz ko‘rsatilgan. Bunday sxema elektr ulanishlarning soddalashtirilgan prinsipial sxemasi bo‘ladi. To‘liq prinsipial sxemada (1(v)-rasm) birlamchi zanjirning hamma apparatlari, ajratgich va uzgichlarning yerga ulovchi pichoqlari, shuningdek, qo‘llaniladigan apparatlarning tiplari ko‘rsatiladi. Operativ sxemada (1(g)-rasm,) shartli ravishda ajratkich va yerga ulovchi pichoqlar ko‘rsatilgan. Har bir smenada navbatchilik qiladigan hodim tomonidan shu apparatlarning haqiqiy holati (ulangan, uzilgan) sxemada ko‘rsatiladi.



Download 246,81 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Download 246,81 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektr stansiya bosh elektr ulanish sxemasini tanlash

Download 246,81 Kb.