3.4. Generator-transformator bloklarini tanlash
Stansiya va podstansiyalarning u yoki bu sxemalari ikki-uch variantning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini qiyoslash asosida tanlanadi.
Normal va avariya holatlarida quvvat ballanslari asosida issiqlik elektr stansiyasining tanlangan sxemasi aniqlashtiriladi (4, 5-rasmlar).
OTQ-1 ga o‘rnatilgan generatorlar sonini o‘zgartirgan holda (yuklama quvvati o‘zgartirilmaydi) yana bitta bosh elektr ulanish sxemasi quriladi. 100 va 200 quvvatli bloklar bo‘lganda ikkinchi variant sifatida bitta generatorni avtotransformatorning pastki chulg’amiga ulash mumkin (5-rasm).
6, 7–rasmlarda GES ning ikkita elektr ulanish varianti ko‘rsatilgan. Gidrogeneratorning birlik quvvatiga qarab yaxlitlangan bloklarni yoki ikkita gidrogenetatorni chulg‘amlari parchalangan transformatorga ulash usulini qo‘llash mumkin.
Turli xil ulanish variantlarini tuzish jarayonida normal sharoitda quvvat oqimini OTQ-1 dan OTQ-2 ga yo‘naltirishga intilish lozim.
4-rasm. Tarmoqning prinsipial sxemasi.
5 – rasm. Tarmoqning prinsipial sxemasi.
6- rasm. Tarmoqning prinsipial sxemasi
7-rasm. Tarmoqnnig prinsipial sxemasi
3.5. Kuch transformatorlarni tanlash
Generatorning to‘la quvvatini o‘tkazish uchun tanlanayotgan har bir transformatorning quvvati generator quvvatiga teng yoki katta bo‘lishi shart, shuningdek kuch transformatorning kuchlanishi generator kuchlanishidan katta yoki teng bo‘lish lozim, ya’ni:
(1)
Elektr stansiyalarida odatda blok “generator-transformator” qo‘llaniladi, shuning uchun transformatorlarning soni generatorlar soniga teng bo‘ladi.
Kuchlanishni ko‘taruvchi transformatorlar PK tomonida nominal kuchlanishdan 5% ortiq kuchlanishga ega bo‘ladi, YuK tomonida esa rostlash transformator o‘chgan holatda amalga oshiriladi, bunda diapazon ±2x2,5% tashkil etadi.
Transformatorning sinfiga bog‘liq holda nol rostlash shoxobchasi quyidagicha:
35 kV sinf uchun – 38,5 kV;
110 kV sinf uchun – 121 kV;
220 kV sinf uchun – 242 kV;
ya’ni transformatorning salt yurish holatida u tarmoqning nominal kuchlanishidan 10% yuqori.
Transformatorning YuK shinalaridagi kuchlanishini qo‘shimcha shoxobchalar yordamida ±2x2,5% oraliqda rostlash mumkin, transformator shu paytda tarmoqdan o‘chirilgan bo‘lishi kerak.
Masalan, 35 kV li transformatorlar uchun:
+5% - 40,5 kV
+2,5% - 39,5 kV
0- 38,5 kV
-2,5% - 37,5 kV
-5% - 34,5 kV
|