Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti stansiya va podstansiyalarning elektr jihozlari




Download 246,81 Kb.
bet8/30
Sana09.12.2023
Hajmi246,81 Kb.
#114565
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30
Bog'liq
Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti stan-hozir.org

3.8. Avtotransformator tanlash
Bir fazali avtotransformator ikkita elektr bog‘langan chulg‘am OB va OC ga ega (8-rasm). Qisqichlar tutqichlar B va C orasida joylashgan chulg‘amning qismi ketma-ket, C va O orasidagisi esa umumiy deb yuritiladi.

Avtotransformator kuchlanishni pasaytirish rejimida ishlaganda ketma-ket chulg‘amdan tok Ib o‘tib magnit oqim hosil qiladi va bu oqim umumiy chulg‘amda Io tokni vujudga keltiradi. Ikkilamchi chulg‘am yuklanishning toki Ic, chulg‘amning galvanik (elektr) bog‘lanishi sababli o‘tuvchi Ib tok bilan shu chulg‘amlarning magnit bog‘lanishidan hosil bo‘lgan Io toklar yig‘indisiga teng:


I c = Ib + Io bundan Io = Ic Ib
Avtotransformatorning nominal quvvati sifatida o‘zaro avtotransformatorli bog‘lanishga ega bo‘lgan tomonlardan birining nominal quvvati (o‘tuvchi quvvat – «проходная мощност») qabul qilinadi.
Avtotransformatorning birlamchi tarmog‘idan ikkilamchisiga uzataladigan to‘la quvvat o‘tuvchi quvvat deb yuritiladi.
Agar avtotransformatorning chulg‘amlari qarshiligidagi yo‘qotishni hisobga olmasak, u holda quyidagini yozish mumkin:

(3)
Ifodaning o‘ng tomonini o‘zgartirib tenglikii hosil qilamiz.





(4)





Bunda - birlamchi chulg‘amdan ikkilamchisiga magnit yo‘li bilan o‘tayotgan transformator quvvati; - transformatsiyasiz, galvanik bog‘lanish hisobiga birlamchi chulg‘amdan ikkilamchi chulg‘amga o‘tayotgan elektr quvvat.


Bu quvvat umumiy chulg‘amni yuklamaydi, chunki tok OC chulg‘amini chetlab ketma-ket chulg‘amdan chiqish joyi C ga o‘tadi.
Nominal rejimdagi o‘tuvchi quvvat avtotransformatorning nominal quvvati S = Snom bo‘ladi, transformator quvvati esa – tipoviy quvvat deb yuritiladi:
(5)
Magnit o‘tkazgichning o‘lchamlari, demak uning og‘irligi nominal quvvatning bir qismini tashkil etuvchi transformator (tipaviy) quvvati orqali aniqlanadi:




(6)





bunda - transformatsiya koeffitsiyenti; kfoy - foydalilik yoki tipaviy quvvat koeffitsiyenti.


(4) ifodadan ko‘rinadiki, kattalik ga qancha yaqin bo‘lsa, kfoy shuncha kichik va tipaviy quvvat nominalning kam qismini tashkil etadi. Bundan, avtotransformatorning o‘lchamlari, og‘irligi, aktiv materiallarni sarflash, nominal quvvati bir xil bo‘lgan transformatorga nisbatan kamayadi degan xulosa kelib chiqadi.
9 - rasmdagi sxemada ko‘rinadiki, ketma-ket chulg‘am quvvati:

(7)
umumiy chulg‘am quvvati:

(8)

9-rasm. Avtotransformatorlar chulg‘amlaridagi toklarnint turli rejimlarda taqsimlanishi: a,b—avtotraisformator rejimlar; v,g—transformator rejimlar; b,e—kombinatsiyalashgan rejimlar.


Shunday qilib, yana shuni qayd qilish mumkinki, avtotransformatorning chulg‘ami va magnit-o‘tkazgichi, ayrim hollarda hisobiy quvvat deb yuritiluvchi tipaviy quvvatga hisoblanadi. Yu va O‘ qisqichlarga qanday quvvat keltirilishiga qaramay, ketma-ket va umumiy chulg‘amni dan ortiq yuklash mumkin emas. Bu xulosa, avtotransformatorning kombinatsiyalangan ish rejimlarini ko‘rishda ayniqsa muhimdir. Bunday rejimlar avtotransformatorning chulg‘amlari bilan faqat magnit orqali bog‘langan uchinchi chulg‘am mavjud bo‘lgandagina kelib chiqadi.

Avtotransformatorning uchinchi chulg‘ami (PK chulg‘ami) yuklamani ta’minlash, aktiv yoki reaktiv quvvat manbalari (generatorlar va sinxron kompensatorlar) ni ulash, ayrim hollarda esa faqat uchinchi garmonik toklarni kompensatsiyalash uchun qo‘llaniladi. PK chulg‘amining nominal quvvati avtotransformatorning pasport ma’lumotlarida ko‘rsatiladi.


YuK, O‘K va PK chulg‘amlari bo‘lgan uch chulg‘amli avtotransformatorlarning ish rejimini ko‘rib chiqamiz (9-rasm).
Avtotransformatorli rejimlarda (9(a,b)-rasm,) nominal quvvat Snom YuK chulg‘amdan O‘K chulg‘amga uzatilishi va aksincha bo‘lishi mumkin. Ikkala rejimda umumiy chulg‘amda toklar farq o‘tadi, shuning uchun ketma-ket va umumiy chulg‘amlar tipaviy quvvat bilan yuklangan bo‘ladi, bu esa ruxsat etiladi.
Transformatorli rejimlarda (9(v,g)-rasm) quvvatni PK chulg‘amdan O‘K chulg‘amiga yoki YuK ga uzatish mumkin. PK chulg‘amini , dan ortiq yuklash mumkin emas. Rejim PK-YuK yoki PK-O‘K ning ruxsat etilish sharti:




(9)





Agar PK dan O‘K ga transformatsiyalanadigan bo‘lsa, unda umumiy chulg‘am shu qtuvvat bilan yuklangan va ketma-ket chulg‘am yuklanmagan bo‘lsa ham YuK dan O‘K ga qo‘shimcha quvvat uzatilishi mumkin bo‘lmaydi. Transformatorli rejimda (9(g)-rasm,) quvvatni PK chulg‘amdan YuK ga uzatishda umumiy va ketma-ket chulg‘amlar to‘la yuklanmaydi:


(10)
shuning uchun O‘K chulg‘amidan YuK ga qo‘shimcha ma’lum miqdordagi quvvatni uzatish mumkin (9–rasm, ga berilgan tushuntirishni qarang).

Kombinatsiyalashgan rejimda quvvatni avtotransformatorli yo‘l bilan YuKO‘K avatransformatorlii yo‘l PKO‘K bilan uzatilgan (9-rasm, d) ketma-ket chulg‘amdagi tok
(11)
bunda PB, QB – YuK dan O‘K ga uzatiladigan aktiv va reaktiv quvvatlar.
Ketma-ket chulg‘am yuklanishi:

(12)
Bundan shu narsa ko‘rinadiki, nominal quvvat SB = SNOM ni uzatganda ham ketma-ket chulg‘am o‘tayuklanmaydi.

Umumiy chulg‘amdagi toklar avtotransformatorli va transformatorli rejimlarda bir tomonga yo‘nalgan:
(13)
Umumiy chulg‘am yuklamasi

(14)
Toklar miqdorini o‘rniga qo‘yib va tegishli o‘zgartirishlardan so‘ng quyidagi natijani olamiz:






(15)





bunda PNN, QNN - PK chulg‘amdan O‘K chulg‘amga uzatilayotgan aktiv va reaktiv quvvatlar.


Shunday qilib, PKO‘K, YuKO‘K kombinatsiyalangan rejim umumiy chulg‘am yuklamasi bilan chegaralanadi va quyidagi shartda ruxsat etiladi:




(16)





Quvvatni PK va O‘K chulg‘amlardan YuK chulg‘amga uzatuvi kombinatsiyalashgan rejimda toklarning taqsimlanishi 9-rasm, (e)da ko‘rsatilgan. Umumiy chulg‘amda avtotransformatorli rejimdagi tok yo‘nalishi transformatorli rejim tokining yo‘nalishiga qarama-qarshi, shuning uchun chulg‘amning yuklamasi ruxsat etilgandan ancha kichik va nihoyat nolga teng bo‘lishi mumkin. Ketma-ket chulg‘amdagi toklar o‘zaro qo‘shiladi va natijada uni o‘tayuklanishi mumkin. Bu rejim ketma-ket chulg‘amni yuklanishlash bilan chegaralanadi:






(17)





bunda - O‘K tomonidagi aktiv va reaktiv quvvatlar; - PK tomonidagi aktiv va reaktiv quvvatlar.


Agar quyidagi shart bajarilsa kombinatsiyalangan rejim PKYuK, O‘KYuK ga yo‘l qo‘yiladi:




(18)





OTQ-1 va OTQ-2 o‘rtasidagi normal va avariya holatlaridagi quvvat oqimlarining hisobi hamda avtotransformatorning tanlovi 2.1-rasm asosida bajarilganda 3-jadvalda solishtiriladi. Xuddi shunday issiqlik va gidrostansiyalar uchun 3-rasm asosida sxema bajarilganda 4-jadvalga kiritiladi.


3-jadval.
Avtotransformatorini tanlash

Aniqlanayotgan kattaliklar nomi


Hisob-kitob ifodasi


1-variant


2-variant


Normal rejimdagi quvvat oqimi, MVA









Ikkita uch fazali avtotransformator o‘rnatilayotgandagi bitta avtotransforma- torning hisobiy quvvati, MVA









Uchta bir fazali avtotransformatorlar o‘rnatilgandagi quvvat hisobi









O‘rnatilgan transformatorlarning turi va soni









OTQ-1 dagi bitta blok o‘chirilgan holatdagi quvvat oqimi









Ruxsat etilgan o‘ta yuklanish sharti









4-jadval

Bog‘lanish avtotransformatorini tanlash

Aniqlanayotgan kattaliklar nomi




Hisob-kitob ifodasi


Hisob-kitob natijasi


Avtotransformator PK chulg’ami quvvatini tanlash sharti, MVA







Bir avtotransformator quvvat hisobi, MVA







O‘rnatilgan avtotransformator turi va soni







Avtotransformator o‘rta kuchlanishi chulg‘amida normal rejimdagi quvvat oqimi, MVA







Avtotransformator tekshiruvi







Avtotransformator YuK chulg‘amida normal rejimdagi quvvat oqimi







Avtotransformator tekshiruvi







Avtotransformator O‘K chulg‘amida avariya xolatida OTQ-1 ning bitta bloki o‘chirilgandagi quvvat oqimi, MVA







O‘ta yuklanishga yo‘l qo‘yish sharti







Avtotransformator YuK chulg‘amida avariya rejimida OTQ-1 ning bitta bloki o‘chirilgandagi quvvat oqimi, MVA







O‘ta yuklanishga yo‘l qo‘yish sharti







Agarda faqat bir fazali avtotransformator mavjud bo‘lsa, uchta bir fazali avtotransformatorlar guruhi o‘rnatiladi.

Ikki kuchlanishli tarmoqlar orasidagi bog‘lanish shinasining mustahkamligini oshirish uchun izdan chiqqan har qanday fazaning o‘rnini bosadigan (fazani punktir bilan ifodalash lozim) to‘rtinchi qo‘shilmagan bir fazali avtotransformator o‘rnatish lozim.
4-7-rasmlarda belgilar bilan quvvat oqimining manfiy yo‘nalishi belgilangan. Avariya rejimi sifatida avtotransformator tanlanganda OTQ-1 bloklarning biri ning o‘chirishi ko‘rib chiqiladi. Avariya o‘ta yuklanishga yo‘l qo‘yishi 40% deb qabul qilish lozim.
Transformatorga netral bo‘lgan yakkalangan yoki qoplangan tarmoq bo‘lsa, GES dagi OTQ-1 va OTQ-2 orasidagi bog‘lanish uch chulg‘amli transformator (110/35/10 kV) orqali amalgam oshiriladi. Ushbu transformatorning uchlamchi chulg‘ami 6-10 kV kuchlanishli mahalliy yuklanish ta’minlanishi uchun ishlatilishi mumkin (6-rasm.).
OTQ-1, OTQ-2 transformator bo‘g‘lanishi o‘ta yuklanish quvvatining ko‘rsatkichi minimal bo‘lishi kerak, boshqa tomondan bir generator avariya o‘chirishida iste’molchilar ta’minlanishi saqlangan holda OTQ-1 ga ulanganda quyidagilarga amal qilish lozim:
a) OTQ 220 va 500 kV da havoli uzgichlar o‘rnatilishi;
b) OTQ 220 va 110 kV da quyidagilar o‘rnatilishi lozim:
- havoli uzgichlar, agar stansiyada TQ 220 kV va yuqori bo‘lsa;
- kichik hajimli moyli uzgich, boshqa hollarda;
v) TQ 110 kV dan past bo‘lsa, kichik hajimli moyli uzgich o‘rnatiladi, agar ularda yetarlicha tok uzgich bo‘lsa.



Download 246,81 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30




Download 246,81 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti stansiya va podstansiyalarning elektr jihozlari

Download 246,81 Kb.