3.9. Elektr uzatish liniyalarini tanlash
Rayon elektr tarmoqlari simlarining kesim yuzalari tokning iqtisodiy zichligi bo‘yicha tanlanib tojlanishga va normal hamda avariyadan keyingi rejimlarda ruxsat etilgan tok qiymatiga tekshiriladi.
35 kV va undan yuqori kuchlanishli HL da odatda po‘lat-alyumin AС, AСO va AСУ markali simlar ishlatiladi. Bu simlarda tokning iqtisodiy zichligi maksimal yuklamaning ishlash vaqti –T ga bog‘liq. O‘rta Osiyo uchun:
5-jadval
T (soat)
|
10005000
|
30005000
|
50008760
|
j A/mm2
|
1,5
|
1,4
|
1,3
|
Simning kesim yuzasi quyidagi formula orqali topiladi:
(19)
bu уerda, - liniyaning maksimal ish rejimidagi yuklama toki, A;
- maksimal rejimdagi liniyadan uzatilayotgan to‘la quvvat, MVA;
- liniyaning nominal kuchlanishi, kV.
Hosil bo‘lgan hisobiy yuza eng yaqin standart songacha yaxlitlanishi, hamda tojlanishga tekshirilishi kerak. Kesim yuzasi 70 mm2 yuqori bo‘lgan 110 kVli EUL tojlanmaydi. 220 kVli kesim yuzasi – 240 mm2 li EUL ham tojlanmaydi. 35 kVli HL tojlanishga tekshirilmaydi.
Agar olinayotgan kesim yuza iqtisodiy quvvat bo‘yicha tuzilgan jadvaldagidan katta bo‘lsa, u holda nominal kuchlanish oshiriladi yoki ikkita zanjirli liniya olinadi.
Simlarning kesim yuzalarini aniqlashdan oldin maksimal yuklama rejimida hamma liniyalardan oqayotgan quvvat miqdorini taxminan aniqlash kerak. Radial variantda yuklama quvvatlari yig‘indisi har bir radiusning oxiridan manbaga qarab hisoblash yo‘li bilan topiladi.
Tokning iqtisodiy zichligi bo‘yicha qilinayotgan hisob-kitobda ni aniq tanlash katta ahamiyatga ega. maksimal yuklamaning vaqti T ga bog‘liq, “T” esa har bir podstansiya uchun quyidagicha hisoblanadi:
Loyihalash uchun berilgan topshiriqda - yuklamaning maksimal aktiv quvvati va - iste’molchining (podstansiya) yil davomida qabul qiladigan energiya miqdori bo‘lsa, u holda “T”:
soat (20)
Agar bir necha podstansiyalarni ta’minlaydigan liniyaning kesim yuzasi topilayotgan bo‘lsa, unda bu liniya uchun o‘rtacha muallaq “ ” aniqlanadi:
soat (21)
b) aniqlangan “T” bo‘yicha bitta liniya uchun , lar topiladi.
Berilgan stansiya shinalarini sistema bilan bog‘lovchi liniyaning kesim yuzasini topishga alohida ahamiyat berish kerak. Bu liniyadan loyihalanayotgan tarmoqning maksimal, minimal va avariyadan keyingi (holatlari) ish rejimlariga bog‘liq bo‘lgan har xil quvvat o‘tishi mumkin.
|