• 3.7. Zaxira o‘z ehtiyoj transformatorini tanlash
  • O‘z ehtiyoj transformatorlarini tanlash




    Download 246,81 Kb.
    bet7/30
    Sana09.12.2023
    Hajmi246,81 Kb.
    #114565
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30
    Bog'liq
    Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti stan-hozir.org

    3.6. O‘z ehtiyoj transformatorlarini tanlash
    O‘z ehtiyoj transformatorining quvvatini elektr stansiyaning o‘z ehtiyoji uchun sarflanayotgan maksimal quvvat sarfi orqali aniqlash mumkin. O‘z ehtiyoj yuklamasi stansiyaning turiga qarab generatorning o‘rnatilgan quvvatidan foiz hisobida ( ) olinadi, ya’ni:

    (2)
    - talab koeffitsiyenti.


    va ni 1-jadval asosida topish mumkin.
    1-jadval
    O‘z ehtiyoj qurilmalarining yuklamalari, energiya isrofi va qurilmalarning talab koeffitsiyenti.


    Elektr qurilmaning turi











    IES

    Ko‘mirda

    8-14

    8-10

    0,8

    Gazda, mazutda

    5-7

    4-6

    0,8

    IEM

    Ko‘mirda


    6-8

    5-7

    0,85-0,9


    Gazda, mazutda


    3-5

    3-4

    0,85-0,9


    GES

    Kichik va o‘rta quvvatli

    3-2

    2-1,5

    0,7

    Katta quvvatli

    1-0,5

    0,5-0,2

    0,8

    AES

    Gazli issiqlik toshuvchi bilan


    5-14

    3-12

    0,8

    Suvli issiqlik toshuvchi bilan

    5-8

    4-6

    0,8

    Podstansiya

    tuman

    50-200 kVt

    -

    -

    tugun

    200-500 kVt

    -

    -



    3.7. Zaxira o‘z ehtiyoj transformatorini tanlash
    Zaxira o‘z ehtiyoj transformatorlari yuqori kuchlanishli yig‘ma shinalar tizimiga ulangan bo‘lishi va yuqori kuchlanish liniyalar orqali tizimiga bog‘langan bo‘lishi lozim (avariya vaqtida stansiyadagi barcha generatorlar o‘chib qolganda). Agarda tizim bilan bog‘lanuvchi liniyalarning kuchlanishi 500-750 kV bo‘lganda zaxira o‘z ehtiyoj transformatorlarini ulash bir muncha noqulayliklarni yuzaga keltiradi. Bunday hollarda zaxira o‘z ehtiyoj transformatorini o‘rta kuchlanishli shinalar tizimiga (110, 220 kV) ulash lozim. Bunda faqat avtotransformator orqali yuqori kuchlanishli shinalar tizimi bilan bog‘lanish bo‘lishi shart.

    Shuningdek zaxira o‘z ehtiyoj transformatorini avtotransformatorning past kuchlanishli tomoniga yoki generatorli uzgich o‘rnatilgan generator-transformator blokining shoxobchasi orqali ulash mumkin.


    Blokli IES larda zaxira o‘z ehtiyoj transformatorlari bloklar soni ikkita bo‘lganda bitta zaxira o‘z ehtiyoj transformatori, bloklar soni 3÷6 bo‘lganda ikkita zaxira o‘z ehtiyoj transformatori qo‘llaniladi. Agarda bloklar soni oltidan ko‘p bo‘lganda generator kuchlanishiga mo‘ljallangan uchinchi zaxira transformatori manbaga ulanmagan holda stansiyada o‘rnatilgan bo‘lishi va istalgan ishchi o‘z ehtiyoj transformatorini almashtira olishi lozim.
    Har bir zaxira o‘z ehtiyoj transformatorining quvvati bitta blokning ishchi o‘z ehtiyoj transformatorining almashtira olishi va bir vaqtning o‘zida ikkinchi blokning ishga tushirilishini (pusk) yoki avariyaviy to‘xtashinini ta’minlab bera oladigan qilib tanlanadi. Agarda o‘z ehtiyoj iste’molchilari haqida aniq ma’lumotga ega bo‘linmasa, zaxira o‘z ehtiyoj transformatorining quvvati o‘ta yuklangan ishchi o‘z ehtiyoj transformatorining quvvatidan 1,5 marta katta qilib olinadi. Bunda zaxira transformatori aksariyat hollarda o‘chirilgan yoki yuklanmagan holda ishlaganligini hisobga olgan holda ruxsat etilgan o‘ta yuklanish qobiliyati hisobga olish zarur. Ushbu shartlar bo‘yicha tanlangan zaxira o‘z ehtiyoj transformatorlari o‘z ehtiyoj motorlarning o‘z-o‘zidan ishga tushish shartiga tekshirilishi lozim.
    Blokli transformatorlar, ishchi va zaxira o‘z ehtiyoj transformatorlarning tanlovi 2-jadvalga kiritiladi. GES uchun “generator- transformator” blokiga ulangan O‘ET (o‘z ehtiyoj transformatori) yoki generator kuchlanish shinasiga ulangan bo‘lsa yetarli hisoblanadi.
    2- jadval


    O‘lchov kattaliklar nomi


    Tanlash sharti


    Tanlangan uskuna turi


    Generator quvvati, MVt


    PG




    Generator quvvati, MVA







    OTQ-1 dagi blokli transformatorni tanlash sharti







    OTQ-2 dagi blokli transformatorni tanlash sharti







    O‘z ehtiyojdagi da sarflanadigan quvvat, MVA







    Ishchi O‘ET tanlash sharti







    ПРТСН1 tanlash







    ПРТСН 2 tanlash sharti







    Agar stansiyada har xil quvvatli generator o‘rnatilsa, har bir quvvat uchun blokli transformator va ishchi o‘z ehtiyoj transformatorlari alohida tanlanadi. Zaxira o‘z ehtiyoj transformatorining quvvati ishchi zaxira o‘z ehtiyoj transformatorning quvvatidan bir pog‘ona katta bo‘lishi lozim.




    Download 246,81 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30




    Download 246,81 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘z ehtiyoj transformatorlarini tanlash

    Download 246,81 Kb.