• Guruh: 3aS-20Oki Bajardi: Ernazarov J Tekshirdi: Zuxritdinov D Reja
  • KON LAHIMLARI.
  • Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika unversiteti olmaliq filiali




    Download 159,22 Kb.
    bet1/3
    Sana15.02.2024
    Hajmi159,22 Kb.
    #157241
      1   2   3
    Bog'liq
    EJA. (5)


    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNVERSITETI OLMALIQ FILIALI


    Konchilik ishi kafedrasi
    Yer osti konchilik ishlari fanidan

    MUSTAQIL ISH



    Mavzu: Gorizontal kon laxmlarini ko’ndalang kesim yuzasi shakli va o’lchamlari.

    Guruh: 3aS-20Oki
    Bajardi: Ernazarov J
    Tekshirdi: Zuxritdinov D
    Reja
    1) KIRISH.
    2) KON LAHIMLARI
    3) GORIZONTAL KON LAHIMI TURLARI
    4) GORIZONTA KON LAHIMLARINI O’TISH
    5) XULOSA.

    Kirish.
    Ma’lumki, dunyo mamlakatlari aholi sonining oshib borishi tabiiy resurslarga bo‘lgan talabning ham oshishiga olib kelmoqda. Bu talabni qondirish uchun yiliga yer qa’ridan bir necha yuz milliard tonnalab xomashyo zaxiralari qazib olinmoqda.

    1-rasm.
    Respublikamiz hozirgi vaqtda konchilik sanoati rivojlangan mamlakatlar qatoridan o‘rin olsa ham uning zaminida hali sanoat ishlab chiqarishiga jalb etilmagan juda katta va qimmatbaho mineral xomashyo zaxiralari mavjud. Konchilik sanoatining rivojlanishi mamlakat iqtisodiyoti va mudofaa quwati, hamda mustaqilligini mustahkamlashda katta ahamiyatga egadir. Konchilik sanoati korxonalarida kon qazish ishlarining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud, ularning asosiylari quyidagilar: foydali qazilma konlarini o'zlashtirish atrof muhitga bevosita ta’sir ko‘rsatib, qator ekologik muammolar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi; ish joylarining doimo surilib turishi kon qazish ishlarini mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish va tashkil qilishga alohida talablar qo‘yadi; qazish ishlarining tobora chuqurlashib borishi natijasida kongeologik sharoitlar murakkablashib borishi, gazodinamik hodisalarning sodir bo‘lish ehtimoli, shaxta (rudnik) atmosferasi haroratining ko‘tarilishi kabi omillaming mavjudligi. Bularning hammasi kon ishlarining murakkab va xavfli bo‘lishiga olib keladi. Respublikamizda yer osti usulida qazib olinayotgan foydali qazilmalaming asosiy qismi kichik qalinlikdagi konlardir. Kichik qalinlikdagi metal rudalarini qazib olishda kon-geologik sharoitlaming yomonlashishi oqibatida oxirgi paytlarda ko‘pgina qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda. Bu holat ko‘pgina konlarda qulay kon-geologik sharoitga ega bo‘lgan hududlar yoki alohida ruda tanalarini intensiv qazib olish natijasida murakkab kon-geologik sharoitlarga ega hududlarni ham keng miqyosda qazib olishga jalb etilayotganligi natijasida yuzaga kelmoqda.
    KON LAHIMLARI.
    Foydali qazilmalardan tnrli maqsadlarda foydalanish faqat ularni massivdan ajratib olib, yer yuziga chiqarib berilgandan so'nggina amalga oshirilishi mumkin. Foydali qazilmalarni qazishga tayyorlash, massivdan ajratib olish, tashish, yer yuziga chiqarish va boshqa jarayonlar bilan bog'liq ishlar majmui kon ishlari deyiladi. Yer qobig'ida kon ishlarini olib borish natijasida foydali qazilma tanasi va kon jinslari orasida sun'iy bo'shliqlar hosil bo'ladi. Bu bo'shliqlar kon lahimlari deb yuritiladi. Kon lahimlari bajaradigan vazifasiga ko'ra o'rganish va kon qazish (ekspluatatsion) lahimlariga ajratiladi. Konlami qazib chiqarish 3 ta bosqichda amalga oshiriladi: konni ochish, shaxta maydonini qazishga tayyorlash va bevosita foydali qazilmani qazib olish. Shunga ko'ra ekspluatatsion kon lahimlari ham uchga, ya’ni kapital (kon ochuvchi), kon tayyorlov (zaxiraning bir qismini qazishga tayyorlovchi) va qazish (foydali qazilmani bevosita qazib olishga tegishli) lahimlariga bo'linadi. O'tilgan joyga nisbatan kon lahimlari ochiq va yer osti kon lahimlariga ajraladi. Ochiq kon lahimlari yer yuzida, yer osti lahimlari esa, kon jinslari orasida barpo etiladi. Yer qobig'ida joylashishi bo'yicha kon lahimlari vertikal. gorizontal va qiya bo'lishi mumkin. Ular bevosita yer yuzi bilan tutashgan va tutashmagan bo'lishi mumkin.


    Download 159,22 Kb.
      1   2   3




    Download 159,22 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika unversiteti olmaliq filiali

    Download 159,22 Kb.