• "Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti" MCHJ da 03.02.2020-yildan 03.05.2020-yilgacha otagan amaliyoti HISOBOTI
  • Jahon iqtisodiyoti (mintaqalar va faoliyat turi boyicha) magistratura 2-bosqich talabasi Xalilova M.A . 12.06.2020-y.
  • "Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti" mchj da




    Download 0.69 Mb.
    Sana15.02.2024
    Hajmi0.69 Mb.
    #157139
    Bog'liq
    Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti mchj da
    98568, Hujjat (3), Презентация1, Bir yoshgacha boʻlgan bolalarni rivojlanishi va ularga qoʻyiladigan, 3-А, 5-Мавзу. Булутли технологиялар (1), auditorlik tanlash mazmuni va uni xalqaro standartlar asosida amalga oshirish tartibi, Laboratorıyalıq jumısı №1, shodibek, Радио Электронные техноло, Buxoro psixolog-WPS OfficeMehrinoz, turk tili o\'rganamiz, t84Q5QDvbeWY4rIFZtkrfDldtP5de81pWrlT6QIS, Gumanitar fanlar, O’zbekiston Respublikasida mehnat bozorining shakllanishi va ish-fayllar.org

    O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi
    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
    Jahon iqtisodiyoti (mintaqalar va faoliyat turi bo'yicha) mutaxassisligi bo'yicha magistratura 2-bosqich talabasi Xalilova Maftuna Avazbek qizining
    "Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti" MCHJ da
    03.02.2020-yildan 03.05.2020-yilgacha o'tagan amaliyoti


    HISOBOTI

    Men, Xalilova Maftuna Avazbek qizi, 2020-yilning 3-fevral kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidan "Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti" MCHJ ga bitiruv oldi amaliyotini o'tash uchun keldim. Mazkur dargoh Toshkent shahrining Sergeli tumani Qumariq dahasida joylashgan bo'lib, uning asosiy faoliyati yuk va yo'lovchilarni milliy va mahaliy havo yo'llarida o'z manziliga yetkazishdan iboratdir.
    "Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti" MCHJ O'zbekistonning eng zamonaviy hamda katta aeroportlaridan biri hisoblanadi. Uning faoliyati kundan kunga kengayib rivojlanib bormoqda. Aeroport bugungi kunda dunyoning eng yirik va savdo markazlar bilan aloqalarni yo'lga qo'ygan hisoblanib, barcha turdagi havo kemalarini qabul qilish imkoniyatiga ham egadir. Hozirgi kunda bu aeroport MDH mamlakatlari, Yevropa va Amerika qit'asi davlatlari, Osiyo davlatlari bilan aloqalarni amalga oshirib kelmoqda. Xususan bir kunda 2020-yilning dastlabki uch oy ichida 81 reysga xizmat ko'rsatilgan.
    "Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti" MCHJ tarixi XIX- asrning boshlariga borib taqaladi, 1924 -yil birinchi martta havo kemasi bu aeroportdan uchirilgan, o'sha paytda Toshkent — Bishlek — Almota yo'nalishi bo'ylab yo'lo'vchilar o'z manzillariga olib borilgan. Bu kompaniyaga 1924-yilning 3-mayida asos solingan. Keyinchalik shu yilning o'zida havo kemalari tomonidan 1000 ga yaqin yo'lovchilar tashilgan va 200 kilogramm pochta va yana besh tonnaga yaqin yuk tashilgan. O'sha vaqtdan beri kompaniya tomonidan juda ko'plab o'zgarishlar amalga oshirilgan, yangi havo kemalari va boshqa asbob uskunalar sotib olingan. Xususan avvallari IL samolyotlaridan foydalanilgan bo'lsa, hozirgi kunda esa B-787,767, A-320,333 kabi havo kemalaridan foydalanmoqda.
    Dastlab bu aeroport "Toshkent xalqaro aeroporti" milliy aviakompaniya tarkibida bo'lgan bo'lsa, keyinchalik esa 2017-yilning 25-yanvariga kelib "Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti" davlat unitar korxonasi shakliga o'zgartirildi.
    Aeroportlar xizmat ko'rsatish va sifat darajasiga ko'ra 1944-yilning 7-dekabrida qabul qilingan Xalqaro fuqaro aviatsiyasi to'g'risidagi Chikago konvensiyasiga muvofiq toifalarga ajratiladi. O'zbekiston fuqarolik aviatsiyasi uchun bu Konvensiya 1992-yilning 12-noyabridan kuchga kirgan. Hozirgi kunda "Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti" MCHJ XFAT(IKAO-Xalqaro fuqarolik aviatsiya tashkiloti) tasnifiga ko'ra ikkinchi toifaga mansubdir. Xalqaro fuqarolik aviatsiya tashkiloti Chikago konvensiyasi hamda O'zbekiston Respublikasining Havo kodeksiga muvofiq parvozlar xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan qoidalar mavjuddir hamda ular aerodromlarni sertifikatlashtirish va ularni keyingi ekspluatatsiya jarayonida havo kemalari parvozlari xavfsizligini ta'minlash darajasida tutib turish uchun bajarilishi lozim bo'lgan sertifikatlash talablarining yagona tartibini belgilab beradi. Ushbu hujjatlar asosida shuningdek O'zbekiston Respublikasining bir qator qonun hujjatlari asosida "Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti" MCHJ ning faoliyati tartibga solinadi.
    Xalqaro aeroportning hozirgi kunda afzalliklari va erishgan natijalarini quyidagi son ko'rsatkichlarida ko'rishimiz mumkin:
    - Uchish va qo'nish yo'laklari CAT1 va CAT2;
    - Umumiy maydoni 100 gektardan iborat;
    - Havo kemalarining uzoq va o'rta magistrallari uchun 110 ta qo'nish joyi;
    -Teleskopik traplarga ega bo'lgan aerovokzal majmuasi;
    -25 dan ortiq uzoq va yaqin xorij davlatlari ning aviakompaniyalari bilan hamkorlik;
    -kuniga 90 dan ortiq reyslarga xizmat ko'rsatadi;
    -kuniga 10 mingdan ortiq yo'lovchilar oqimiga xizmat ko'rsatadi;
    -Kuniga 150 tonnadan ortiq yuklarni yetkazadi.
    -Yo'lovchilarni avtomatik ravishda ro'yxatga olish tizimi -CUTE;
    - Chiptalarni elektron shaklda rasmiylashtirish;
    -Qulay va shinam kutish zallari;
    -Yuklarni tashish uchun yangi konveyerlar;
    -Zallarda brend savdo komplekslari, valyuta ayirboshlash punktlari, restoranlar, kafe, barlar va boshqa sharoitlar;
    -Yo'lovchilarga xizmat ko'rsatishda qulayliklar yaratish maqsadida axborot-malumot berish joylari tashkil qilingan;
    - Bojxona omborxonasi;
    - Muzxonalar va boshqlar.
    Bugungi kunda bu aeroport Oʻrta Osiyodagi eng katta va zamonaviy aeroportlardan biri hisoblanadi, koʻplab havo kemalariga va yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatadigan servis xizmatlari va boshqa koʻplab xizmatlar uning tarkibidan joy olgan. Aeroportning yaxshi va qulay joylashganligi tufayli Yevropaga, Janubiy-Sharqiy Osiyoga, Amerikaga va dunyoning boshqa joylariga amalga oshiriladigan parvozlar uchun qulayliklar yaratadi, chunki bu ularning havo yoʻllarining kesishgan joyida joylashgan. Havo kemalariga yerda xizmat koʻrsatish darajasi bo'yicha bu aeroport katta yutuqlarga ega bo'lgan shu miqyosda unda katta oʻzgarishlar amalga oshirilgan masalan: aerovokzal binosining yangidan jihozlanganligi va uchish qoʻnish maydonining qayta taʼmirlanganligi, yangi zamonaviy chiroq-signal uskunalarining oʻrnatilganligi bilan izohlash mumkin. Aeroportning umumiy maydoni 100 gektardan iborat boʻlib unda 110 havo kemalari uchun turish oʻrinlari mavjud va ikkita Janubiy va Shimoliy uchish- qoʻnish maydoniga ega. Toshkent xalqaro aeroporti koʻplab havo kemalariga texnika xizmat koʻrsatadigan mashinalarga ega masalan: Mulag Comenta Nissan kichik tyagichlari, Hunnert Gmbh suv quygichlari, Mitcubisi-rosa yoʻlovchi avtobuslari, Alfons Cak yonilgʻi quygichlari va yana shunga oʻxshash koʻplab texnikalarga ega. Aerovokzal binosining zamonaviy yangi jihozlar bilan taminlanganligi yoʻlovchilarga katta qulayliklar yaratadi, binoda 56 ta kristalli monitorlar oʻrnatilgan boʻlib ular orqali yoʻlovchilar kerakli malumotlar bilan tanishib boradilar. Yoʻlovchilarga qulaylik maqsadida aeroportda elektron chipta tizimi ishga qoʻyilgan.
    25 yil avval «O‘zbеkiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasining tashkil etilishi mamlakat fuqaro aviatsiyasining rivojlanishida yangi davrni boshlab bеrdi. Ana shu yillar mobaynida “Uzbekistan airways” brеndi barqaror, xavfsiz va ishonchli aviatashuvchi sifatida dunyoga tanildi.
    28-yanvarda Milliy aviakompaniya o‘zining chorak asrlik yubilеyini nishonladi. Aviakompaniya jamoasi uchun ushbu bayram chin ma’noda qadrlidir. Bosib o‘tilgan yo‘lga nazar solib, har bir yil avvalgisiga nisbatan samarali bo‘lganiga iqror bo‘lamiz. O‘zbеkiston fuqaro aviatsiyasining iqtisodiy salohiyati va nufuzining yuksalib borishi buning yaqqol dalilidir.
    Aviakompaniyaning faxrlanishga arzigulik yutuqlari ko‘p. O‘zbеkistonning zamonaviy, qulay avialaynеrlari Yevropa va Osiyoning 50 dan ortiq shaharlariga parvoz qiladi hamda Alyaskadan tortib Yangi Zеlandiyagacha chartеr qatnovlarini bajaradi. O‘zbеkiston uchuvchilari A320, Boeing-757/767, Il-114-100 kabi havo kеmalarini o‘zlashtirib, bugun yangi avlod samolyotlari – Dreamlinerlarni ham boshqarmoqdalar. Ularning mahorati va salohiyati butun dunyoga yaxshi tanish va xalqaro tashkilotlar tomonidan yuqori baholanmoqda.
    O‘zbеkistonning Milliy aviakompaniyasi butun jahonda Boeing 787 Dreamliner samolyotlarining eng yaxshi ekspluatanti deb topildi. O‘zbеkistonning Milliy aviakompaniya olti oy yakuni bo‘yicha (2016-yil dekabr -2017-yil may) jahondagi Boeing 787 Dreamliner ekspluatantlari orasida Drimlaynerlarni avariyasiz ekspluatatsiya qilishda parvozlar xavfsizligini va muntazamligini 100 faizga ta’minlagan holda eng yaxshi natijani ko‘rsatdi. «Boeing» korporatsiyasi "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi Boeing 787 Dreamliner samolyotlarini muvaffaqiyatli ekspluatatsiya qilayotganligi uchun taqdirladi.
    Bugun "orzular kemasi"dа Dubay, Dehli, Amritsar, Istambul, Tel-Aviv, Seul, Frankfurt, Moskva, Kuala-Lumpur, Singapur, hamda Riga orqali Nyu-Yorkka qatnovlar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Shu yilning 27-iyulida, O‘zbеkistonning Milliy aviatashuvchisi tarixda ilk bor Boeing 787 Dreamliner samolyotida Toshkent-Nyu-York-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzluksiz parvozni bajaradi.
    O‘tgan yillar davomida sohada bir qator katta loyihalar amalga oshirildi. Aeroportlarning yеr usti infratuzilmasi modеrnizatsiya qilindi, havo kеmalari aviaparki tubdan yangilandi va so‘nggi rusumdagi samolyotlar o‘zlashtirildi. Yangi qatnovlar yo‘lga qo‘yildi, katta hajmdagi yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish imkoniga ega kеng, zamonaviy aerovokzallar qurilib, ilg‘or tеxnologiyalar joriy etildi.
    MAK aeroportlarida zamonaviy Havodagi harakatni boshqarish (HHB) kichik-markazlari va yangi aeronavigatsion tizim joriy etildi. O‘zbеkiston osmonida harakatlanayotgan har bir avialaynеr “O‘zaeronavigatsiya” markazi yuqori malakali aviadispеtchеrlarining doimiy nazorati ostida.
    Rеspublikaning 11 aeroporti xalqaro maqomga ega va mukammal hamda ishonchli nazorat tеxnikasi bilan ta'minlangan. Zamonaviy yo‘lovchi tеrminallari xalqaro standartlarga javob bеruvchi barcha qulaylik va uskunalar bilan jihozlangan. Poytaxt aeroportida yuqori sеrvisga ega Business Lounge «Uzbekistan airways» uchish zali yo‘lovchilar xizmatida.
    «Navoiy» xalqaro aeroporti nеgizida tashkil etilgan Xalqaro intеrmodal logistika markazi mintaqadagi eng yuqori tеxnologik aviayuk majmualaridan biri hisoblanadi. Bugun ushbu markaz yurtimizni Еvrosiyoning Frankfurt, Milan, Vеna, Saragosa, Oslo, Bazеl, shuningdеk Dubay, Dеhli, Inchon, Tyantszin, Xanoy va Shanxay kabi asosiy logistika markazlari.
    “Har bir yo‘lovchi biz uchun muhim!” - ushbu shior samolyot sahnini mazali taomlar bilan ta’minlovchi “Kеtring” korxonasi faoliyatida asosiy mеzondir. Yildan yilga sahn taomlariga yanada yuqori talablar qo‘yilmoqda, shu bois korxona jamoasi taomlar sifati va taom tayyorlash jarayonlarini yanada yaxshilash ustida tinmay ish olib bormoqda.
    Milliy aviatashuvchining tarkibiy bo‘linmasi hisoblangan “Maxsus aviatsiya ishlari” aviakompaniyasi rеspublikaning qishloq va suv xo‘jaligi hamda sayyohlik salohiyati rivojida muhim ahamiyat kasb etadi. Uning aviaparkida An-2 samolyotlari va ko‘pqirrali Mi-8MTV-1 vеrtolyotlari mavjud.
    Aviatsiya xizmatlari xalqaro bozorida O‘zbеkiston Milliy aviakompaniyasi bilan hamkorlik qilish istagini bildiruvchi talabgorlar ortib bormoqda. Milliy aviatashuvchi o‘zining aviata‘mirlash bazasi tufayli, mustaqil ravishda o‘z samolyotlarining uchish yaroqliligini ta’minlash va xorijiy aviakompaniyalar havo kеmalariga sifatli tеxnik xizmat ko‘rsatish imkoniga ega bo‘ldi.
    Turli modifikatsiyadagi samolyotlar, jumladan Boeing 787 Dreamliner samolyotida ham barcha TXKvaT ishlarini bajaruvchi «Uzbekistan Airways Technics» aviakorxonasi nеgizida kompozit matеriallardan tashkil topgan qismlarni ta’mirlash Markazi tashkil etildi. Ushbu Markaz zamonaviy havo kеmalariga xizmat ko‘rsatib, korxona faoliyatining rivojida katta imkoniyatlar eshigini ochadi.
    Aviakompaniya shaxsiy tarkibini tayyorlash, o‘qitish va malakasini oshirish uchun o‘zining bazasini yaratdi. Turli xildagi trеnajyorlar, jumladan to‘liq pilotajli Il-114-100, A320 va Boeing -767 samolyotlarining Full-flight simulyatorlari o‘rin olgan Trеnajyor majmuasi hamda profеssional o‘qituvchilar tarkibiga ega o‘quv-mashq markazi xorijiy aviakompaniyalarga o‘qitish va tayyorgarlik ko‘rish xizmatlarini taklif etadi.
    Milliy aviatashuvchining MDH miqyosidagi ulkan rеjalari, O‘zbеkistonning fuqaro aviatsiyasi jadal sur’atlarda rivojlanib va yuksalib borayotganini ko‘rsatadi. Yana 4ta Boeing 787 Dreamliner samolyotlarini xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzolandi. “Toshkеnt-Sharqiy” aerodromi bazasida fuqaro (ishchi) aviatsiyasi zamonaviy aeroport majmuasini qurish bo‘yicha loyiha amalga oshirilmoqda.
    Yaqin istiqbolda aviakompaniya tomonidan ushbu va boshqa loyihalarning amalga oshirilishi O‘zbеkiston fuqaro aviatsiyasining jahon bozoridagi o‘rni va nufuzini yanada mustahkamlab, yangi bosqichga olib chiqadi. Milliy aviakompaniya jamoasi aviatashuvlar bozorida yеtakchilikni ko‘zlagan. Va albatta, uning faoliyatida asosiy mеzon barqarorlik, ishonchlilik va qulaylik shioriga sodiq qolgan holda yo‘lovchi va parvozlar xavfsizligini ta‘minlash bo‘lib qoladi.
    Aviaparkni yangilash va kelgusida unifikatsiya qilish loyihasi doirasida to‘rtta havo kemalari sotuvga chiqarilgan.
    Sotuvga qo‘yilgan samolyotlar va ularning narxi:
    Boeing 757−200 UK-75701 (1999 yil) — $12 030 000
    Boeing 757−200 UK-75702 (1999 yil) — $12 408 000
    Boeing 767- 3 CBER UK-67007 (2003 yil) — $21 414 000
    Boeing 767−3 CBER UK-67008 (2004 yil) — $22 362 000
    “Uzbekistan Airways” 2020 yil 14- fevraldan boshlab uchuvchilar va bort kuzatuvchilarning yangi formasini taqdim etdi va bu samolyot ekipaji qiyofasida keskin o‘zgarishlar 15 yil ichida birinchi marta sodir bo‘ldi.

    Kiyimlardagi asosiy rang quyuq akvamarin va terrakota ranglaridir. Qizlar uchun yubka, shim, bluzkalardan iborat bo‘lgan, ikki xil rangli yangi to‘plam taqdim etilgan. Pidjakning astarlari terrakota rangida bo‘lib, logotip tasviri tushirilgan. Aksessuarlar sifatida bosh kiyim, matoli va charm qo‘lqoplar, soch turmagi yaratish uchun matoli elastik tasmasi va ikki xil rangdagi bo‘yin sharflari kiritilgan. Bluzkalar va bo‘yinbog‘lardagi bezaklar sharqona uslubda yaratilgan. Qishki yomg‘irpo‘sh- paltosi yechib olinadigan izolyasiyalangan astarga ega. Erkak-bortkuzatuvchi xodimlari uchun to‘plam quyuq kulrang rangdagi uch qismli kostyum ko‘rinishida, quyuq akvamarin bezaklari bilan taqdim etiladi. Bosh kiyim to‘q kul rangda kumush bezak bilan bezatilgan. Uchuvchilar uchun kostyumlar oldingi rangida qoldirilgan. Brendli tugmalar va eksklyuziv galstuklar yaratildi. Mato turli iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda tanlangan. Matolarni tanlash va asosiy to‘plamning birinchi partiyasini tikish Turkiyaning “Dress Best Uniforms” kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi.
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uzbekistan Airways” AJ vakolatxonalarining xorijda ochilgan hisob raqamlarining amal qilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
    Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 yanvardan boshlab “Uzbekistan Airways” AJning xorijdagi vakolatxonalarining barcha tushumlari (ekspluatatsiya xarajatlari va vakolatxonalarni saqlash xarajatlaridan tashqari) majburiy tartibda O‘zbekiston tijorat banklaridagi hisob raqamlarga tushadi.
    Shuningdek, “Uzbekistan Airways” AJ vakolatxonalarining ekspluatatsiya xarajatlari Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
    “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviapark va infratuzilmani yangilash uchun ulkan qarzlar olgan va ularni yaqinda to‘lashi kerak bo‘ladi deb ta’kidladi Jahon Bankining Xalqaro Moliya korporatsiyasi (IFC).
    Milliy aviakompaniya yaqin vaqt ichida ulkan qarzdorlik krizisiga duch keladi va ushbu muammo “tezlik bilan hal qilinishi kerak” – deb e’lon qildi IFC o’z hisobotida.
    IFC mutaxassislari fikriga ko‘ra, “O‘zbekiston havo yo‘llari” sarmoyalardan to‘g‘ri foydalangan holda o‘sib borayotgan va raqobatli bozorda mustahkam o‘rnashib olishi mumkin edi. Shu o‘rinda moliya tashkiloti davlatga tegishli bo‘lgan lekin muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan Emirates Airlines va Singapore Airlines kompaniyalarini misol qilib ko‘rsatdi.
    Hisobotda aytilishiga ko‘ra, O‘zbekistonda aviakompaniya, aeroportlar va dispetcherlik xizmatlarni bir-biridan ajratish hamda soha boshqaruvchisini mustaqil belgilash – eng muhim islohotga aylanishi kerak.
    “O‘zbekiston havo yo‘llari” 2018 yilning moliyaviy natijalarini e’lon qilgani yo‘q. “Ayni damda sohada muhim tarkibiy o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda” dedi kompaniya vakili.
    Shuningdek, O‘zbekiston havo yo‘llari 2021 yilga kelib foydalanilayotgan Boeing 787-8 Dreamliner samolyotlarining sonini 3 tadan 6 tagacha oshirishni rejalashtirmoqda. Bu esa aeroport infrastrukturasini yaxshilash, yo’lovchilarga sifatli xizmat ko’rsatishni darajasini oshirish uchun amaldagi rejalaridan biridir.
    Bugungi kunda O‘zbekiston havo yo‘llari aviaparkida 30 ta g‘arb mamlakatlarida ishlab chiqarilgan samolyotlar mavjud. Parvozlar Yevropa, Amerika, Yaqin Sharq, Osiyo va MDHning 40ta shaharlariga amalga oshiriladi.
    2021 yilga kelib aviakompaniya yo‘lovchilar oqimini 3,3 millionga oshirishni rejalashtirgan. 2018 yilda yo‘lovchilar soni 3 million kishi tashkil qilgan.
    O‘zbekiston havo yo‘llari va Boeing korporatsiyasi Boeing-787 Dreamliner samolyotlari uchun nosoz shassini (qo‘nish g‘ildiragi) tezda yangisiga almashtirib berish xizmati haqida shartnoma imzolandi.
    Ushbu dastur texnik xizmat ko‘rsatish vaqtini juda qisqa qiladi. Aviakompaniya ta’mirlashga vaqt sarflamay samolyotdan foydalanishni davom ettirishi mumkin.
    Dastur doirasida kapital ta’mirlash kerak bo‘lgan shassi Boeing tomonidan sertifikatsiya qilingan shassiga almashtirib beriladi. Buning uchun alohida shartnoma tuzish va ta’mirlash jarayonini boshqarish talab qilinmaydi.
    O‘zbekiston havo yo‘llari 4 ta Boeing-787 samolyotlaridan foydalanishni 2016 yilda boshlagan. Ayni damda aviakompaniya parkida 4 ta ana shunday samolyot bor.
    2020 yilga kelib O‘zbekiston Havo yo‘llari 6 ta Boeing 787-8 Dreamliner samolyotlariga ega bo‘ladi.
    “2019-2020 yillar davomida qiymati 250 million dollar bo‘lgan yana 3ta Boeing-787 Dreamliner samolyotini xarid qiladi va MDH hududida ushbu turdagi samolyotlarning eng yirik foydalanuvchisiga aylanishni rejalashtirmoqda.
    Bularga qo’shimcha qilgan holda, O‘zbekiston Havo yo‘llari dastlab 2008 yilda Boeing kompaniyasi bilan 250 million dollarlik shartnoma imzolagan edi. Samolyotlar 2016 yilning sentyabr oyida yetkazib berildi. Shundan so‘ng 2018 yilning yanvar oyida kompaniya yana 4ta ana shunday samolyot yetkazib berish haqida shartnoma imzolagan.
    O‘zbekiston havo yo‘llari aviaparkida bugungi kunda 30ta Boeing va Airbus samolyotlari xizmat qilmoqda. 2018 yil yakuniga ko‘ra aviakompaniya 3 millionga yaqin yo‘lovchi tashigan. O‘zbekiston havo yo‘llari 20 ta xorijiy yo‘nalishlarga va 10ta mahalliy o‘unalishlarda doimiy parvozlar amalga oshiradi.
    O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK hamda “Visa” xalqaro to‘lov tizimi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda ilk bor bepul chipta olish imkonini beradigan kobrend plastik kartochkalar muomalaga chiqarildi. Ya’ni kartochkalar orqali kundalik sarf-xarajatlar to‘langanda, karta egasiga bepul ballar taqdim etiladi. Ma’lum miqdordagi ballar to‘planganidan so‘ng ushbu ballar orqali milliy aviakompaniyaning istalgan yo‘nalishi bo‘yicha bepul chipta olish mumkin bo‘ladi.
    Kartochka mijozning xohishiga qarab, AQSh dollarida yoki milliy valyutada ochiladi. Xususan, “Visa Gold” kartochkasini ochish bahosi 150 ming so‘m, “Visa Platinum” — 250 ming so‘m. Kartochkalar bo‘yicha eng kam mablag‘ esa 50-100 AQSh dollari hamda 400-800 ming so‘mni tashkil qiladi. Ballar esa uning turidan kelib chiqib hisoblanadi.
    Shuningdek, kartochkani ochish vaqtida qo‘shimcha bonus ham taqdim etiladi. “Wyelcome” bonusi 1000 mil masofagacha uchish, mijozni sug‘urtalash, “konserj-servis” — dunyo bo‘ylab mehmonxonadan joy band qilish, chiptalarni rezervga olish, xarid qilishda yordam berish, kutish va kuzatib qo‘yish xizmatari shular jumlasidan.
    Kartochkalar sohibiga “Visa” xalqaro to‘lov tizimi sheriklarining mahsulot va xizmatlari bo‘yicha 5 foizdan 20 foizgacha chegirma qilinadi. Bu turdagi karta 2019 yilning 1 fevralidan amalga kiradi.
    2018-yilning 27-noyabr kunida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan “Oʻzbekiston Havo yoʻllari” tarkibidan “Oʻzbekiston aeroportlari” AJ alohida kompaniya sifatida ajralib chiqadi. Milliy Aviakompaniyani qayta tashkil qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

    • “Oʻzbekiston Havo yoʻllari” MAK dorektsiyasi asosida “Uzbekistan Airways” AJ tashkil qilinadi.

    • “Uchish majmuasi” DUK, “Havo aloqalari bosh agentligi” va “Oʻzaviatexsnab” asosida “Uzbekistan Airports” AJ tashkil qilinadi.

    • “Maxsus aviaishlar aviakompaniyasi” asosida “Uzbekistan Helicopters” MCHJ tashkil qilinadi.

    “Oʻzaeronavigatsiya” davlat korxonasi Vazirlar Mahkamasi ixtiyoriga topshiriladi. Shuningdek qarorga koʻra yangi tuzilgan kompaniyalarning har biri oʻz sohasida turli vazifalari bajarishi kerak boʻladi. 
    Uzbekistan Airways” AJ vazifalari:

    • Mavjud havo kemalaridan samarali foydalanish, jumladan yangi yoʻnalishlar ochish;

    • Aviaparkni yangilash va ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishning zamonaviy tizimlarini joriy etish;

    • Yoʻlovchilarga koʻrstilayotgan xizmatlar sifatini oshirish;

    • Yoʻlovchi,yuklar va pochta tashishda moslashuvchan tariflar taklif qilish;

    • Toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy sarmoyalarni jalb etish;

    • Parvozlar xavfsizligini taʼminlash;

    • Aviakompaniyani xalqaro aviatashuvchilar jamiyatiga integratsiya qilish;

    • Hududiy miqyosda yetkchilikka erishish;

    Uzbekistan Airports” AJ asosiy vazifalari:

    • Aeroportlar rivojanishining uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;

    • Aeroportlar infratuzilmalarini yaxshilash uchun sarmoyalar jalb qilish;

    • Yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishning yuqori sifatini saqlab turish;

    • Aeroport barcha xizmatlarining samarali faoliyatini tashkil etish;

    • Aeroportlarda parvozlar xavfsizligi taʼminlash;

    • Aeroportlarni zamonaviy darjada taʼmirlash va havo kemalariga yuqori darajada xizmat koʻrsatishni taʼminlash;

    • Aeroportlar hududida zamonaviy ovqatlanish tarmoqlari, bank xizmatlari va boshqa xizmatlarni davlat xususiy hamkorligi asosida tashkil etish;

    2020 yildan boshlab ushbu kompaniyalarning moliyaviy hisoboti xalqaro standartlar asosida olib boriladi va har yili xolis audit yordamida tekshiriladi. “Oʻzbekiston xavo yo’llari” kompaniyasiga berilgan barcha imtiyozlar yangi kompaniyalar uchun ham saqlanib qoladi. Undan tashqari yangi tashkil qilinayotgan mahalliy aviakompaniyalar 2023 yilning 1 yanvariga qadar samlyotlarni va xizmat inventarlari olib kelishda bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadi.
    “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK tarkibiga kiradigan davlat unitar korxonalari mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga aylantirildi. Shuningdek, Uzbekistan Airports aksiyadorlik jamiyati unga quyidagi MChJlarning ustav fondlaridagi davlat ulushini o‘tkazilishi yo‘li bilan tashkil etildi:

    • “Andijon” xalqaro aeroporti” MChJ;

    • “Buxoro” xalqaro aeroporti” MChJ;

    • “Qarshi” xalqaro aeroporti” MChJ;

    • “Navoiy” xalqaro aeroporti” MChJ;

    • “Nukus” xalqaro aeroporti” MChJ;

    • “Namangan” xalqaro aeroporti” MChJ;

    • “Samarqand” xalqaro aeroporti” MChJ;

    • “Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti” MChJ;

    • “Termiz” xalqaro aeroporti” MChJ;

    • “Urganch” xalqaro aeroporti” MChJ;

    • “Farg‘ona” xalqaro aeroporti” MChJ.

    Bundan tashqari, “Maxsus aviatsiya ishlari aviakompaniyasi” DUK negizida “Uzbekistan Helicopters” mas’uliyati cheklangan jamiyatini tashkil qildi. “O‘zaeronavigatsiya markazi” davlat korxonasi esa Transport vazirligi ixtiyoriga o‘tkazildi.
    COVID-19 pandemiyasining boshlanishi MCHJ ning faoliyatida keskin burilish yasadi. Xususan, xalqaro va mahaliy aviaqatnovlar vaqtincha to’xtatildi. Ammo yuklarni tashish xizmati o’z faoliyatini davom ettirdi. Bugungi kunda aeroport o’z xarajatlarini qisqartirish maqsadida xodimlar soni qisqartirish, xodimlarni ma’lum muddatga o’z hisobidan ta’til yoki mehnat ta’tili berib ma’lum darajada qisqartirishga erishdi. Shuningdek Respublika doirasida o’tkazilgan inqirozga qarshi chora-tadbirlar doirasida o’z imkoniyatlari doirasida turli chora tadbirlarni amalga oshirdi. Joriy yilning 15-iyunidan xalqaro reyslarni qayta yo’lga qo’yish bo’yicha qaror qabul qilindi. Shu kunga qadar esa aeroprot charter reyslarga xizmat ko’rsatishni va yuklarni tashish reyslariga xizmatni amalga oshirib keldi.
    Jahon iqtisodiyoti (mintaqalar va faoliyat turi bo'yicha)
    magistratura 2-bosqich talabasi
    Xalilova M.A.
    12.06.2020-y.
    Download 0.69 Mb.




    Download 0.69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    "Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti" mchj da

    Download 0.69 Mb.