|
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi
|
bet | 5/17 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 8,88 Mb. | | #235422 |
Bog'liq БМИ Дониер (Lotincha) охиргиBitiruv malakaviy ishining maqsadi:
Bitiruv malakaviy ishining asosiy maqsadi “Datchiklar va o’lchov sistemalari” fanidan amaliy ishlarini bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma tayyorlashdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishining vazifalari: Bu ko‘rsatma «Datchiklar va o’lchov sistemalari» fanidan «EAICHT» yo‘nalishlari talabalari uchun zamonaviy raqobatbardosh elektron qurilmalar yaratish texnologiyalarini mukammal bilgan mutaxasislar tayyorlash maqsadida yangi mikrokontrollerlar va ularni dasturlash texnologiyalari bilan tanishtiruvchi yangi 7 ta amaliy ishlaridan tashkil topgan uslubiy ko‘rsatma tayyorlash.
I. UMUMIY QISM. PROTEUS, ARDUINO SKETCH VA MIKROC DASTURLARINING ISHCHI MAYDONLARI BILAN TANSHISH VA DASTURLARDAN FOYDALANISHNI O’RGANISH
1.1. Proteus dasturdan foydalanish va ishchi oynasi bilan tanishish
Proteus Design Suite asosan elektron dizayn dasturiy ta'minot vositasi. Dastur asosan elektron dizayn muhandislari va texnik mutaxassislari tomonidan bosma platalar ishlab chiqarish uchun sxema va elektron nashrlarni yaratish uchun ishlatiladi. Angliyaning Yorkshire shahrida, Labcenter Electronics Ltd kompaniyasi tomonidan ingliz, frantsuz, ispan va xitoy tillarida ishlab chiqilgan.
Proteus Design Suite-ning hozirgi ko'rinishi PC-B deb nomlangan va 1988-yilda kompaniyaning raisi Jon Jameson tomonidan DOS uchun yozilgan. 1990-yil, keyinchalik Windows muhitida port bilan birga, "Schematic Capture" qo'llab-quvvatlandi. Aralashtirilgan tartib SPICE Simulyatsiya 1996 yilda Proteusga qo'shildi va mikrokontrolmer simulyatsiyasi 1998 yilda Proteusga keldi. Shapebased autorouting 2002 va 2006-yillarda qo'shildi, 3D Board Visualization bilan yana bir muhim mahsulot yangilandi. Yaqinda 2011 yilda simulyatsiya uchun maxsus IDE qo'shildi va 2015 yilda MCAD import / eksportga qo'shildi. Yuqori tezlikli dizayni qo'llab-quvvatlash 2017 yilda qo'shildi.
Proteus dasturining imkoniyatlari juda ko’p bo’lib unda ishlash ham judda sodda tuzilgan.Biz quyda PROTEUS 8.5 dasturning ishchi oynalari bilan tanishmiz:
Dasturga kirganimizda quyidagi oyna ochiladi:
Bu yerdan yangi proekt ochish tugmansini bosamiz va quydagi ketma-ket bajaramiz:
Tugatish tugmasni bosganmizdan keyin quydagi oyna ochiladi:
Standart panel-bu panelda ma’lumotni saqlash,saqlangan ma’lumotlarni ochish, proektni chizmasni chizish bo’limni o’chish kabi tugmalardan tashkil topgan.
|
| |