|
qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga
|
bet | 4/17 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 8,88 Mb. | | #235422 |
Bog'liq БМИ Дониер (Lotincha) охиргиqonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga yo‘naltirilgan sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samarasini oshirish, sud jarayonida tortishuv tamoyilini to‘laqonli joriy etish, yuridik yordam va huquqiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash;
iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo‘yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish;
ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoya va sog‘lig‘ini saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, arzon uy-joylar barpo etish, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish;
xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga yo‘naltirilgan davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, O‘zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash [1].
O‘zbekicton o‘z ictiqbol yo‘lini egallagani o‘zbek xalqining butun xayot yo‘li ongi va tushinchacini, g‘ururi, xayotga qarashini o‘zgartirib yubordi. Bu o‘zgarish xayotning xamma jabxalarida, xar qanday coxada o‘z akcini topmoqda. Inconiya turmush tarzinig rivojlanishi yangi-yangi kashfiyotlarning yaratilishiga cabab bo‘lmoqda. Incon yangilik yaratish jarayonida har xil to‘ciqlarga duch keladi va shu to‘ciqlarni yengib o‘tish mobaynida yana yangi ixtirolar vujudga kelaveradi. Lekin xayot tajribalaridan ma’lumki, ko‘pincha yangi kashfiyot ma’lum bir muammoni xal qilish jarayonida yuzaga keladi.
Bugun biz davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilganinnovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tmoqdamiz. Bu bejiz emas, albatta. Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi g‘oyaga, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi[2-4].
Innovatsiya – bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo‘lsak, uni aynan innovatsion g‘oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak. Shuning uchun biz Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etdik va uning oldiga aniq vazifalarni qo‘ydik. Bu vazirlik nafaqat iqtisodiyot sohasida, balki butun jamiyat hayotida eng muhim loyihalarni amalga oshirishda o‘ziga xos lokomotiv rolini bajaradi, deb ishonamiz.
Kelgusi yilda ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, buning uchun zarur moliyaviy resurslarni safarbar etish, ushbu jarayonda iqtidorli yoshlar ishtirokini, ijodiy g‘oya va ishlanmalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash vazifasi e’tiborimiz markazida bo‘ladi1.
Texnik qayta jihozlash va modernizatsiyalash jarayonlariga radiotexnik tizimlar qisimlari va qurilmalarini ishlab chiqish ham kiradi. Ular bunday tizimlarning funksional va hizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish, massogabarit ko‘rsatkichlarni kamaytirish, ularning ishlash ishonchliligini oshirishga imkon beradi [2].
Elektron sxemalarning chastotali diapazoni 10 GGs dan yuqori yoyiladi. Bundan tashqari, signalga elektron ishlov berish katta imkoniyatlarga ega; deyarli cheklovsiz ko‘p sonli funksiyalarni amalga oshirish va ularni yanada murakkab funksiyalarni yaratish uchun birlashtirish mumkin. O‘lchov axboroti chastotalarning keng oralig‘da katta masofalarga oson uzatiladi (telemetriya). Biroq elektron asboblarning kamchiliklari ham bor: katta quvvatli signallarga ishlov berish imkoni yo‘q (buning uchun gidravlik signallar kerak), apparatura ishonchliligi ko‘pincha talab qilingandan pastroq va u harorat, namlik, radiatsiya va h.k. singari tashqi ta’sirlarga o‘ta sezgirdir. Keyinchalik o‘lchov o‘zgartirgichlarni ko‘rib chiqishda biz noyelektr fizikaviy kattalikni elektr kattalikka o‘zgartiradigan datchiklar bilan (kirish o‘zgartirgichlari) va aksincha, elektr kattalikni noyelektr fizikaviy kattalikka o‘zgartirishni amalga oshiruvchi o‘zgartigichlar bilan cheklanib qolamiz.
Jadal ravishda rivojlanib borayotgan zamonda elektr energiyadan oqilona foydalanish, energiya tejamkor usul va qurilmalarni ishlab chiqarish va hayotga tadbiq etish ishlari keng ko‘lamda amalga oshirilib kelinmoqda.
Mamlakatimizda ham iqtisodiy salohiyatni yuksaltirishda ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini, jumladan energiya tejamkor usul va qurilmalarni amaliyotga keng joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan “Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tadbiq etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilayotir.
Hozirda O‘zbekiston Respublikasining ko‘plab ishlab chiqarish tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalari va respublikaning boshqa sohalarida energiya tejamkor qurilmalarni yaratish, ulardan foydalanish, jumladan kommunal va maishiy tizimlar uchun joriy etish bo‘yicha ishlar keskin ravishda bajarilib kelinmoqda.
Mamlakatimiz ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanishining joriy va istiqboldagi chora–tadbirlarini belgilashda jahon moliyaviy inqirozi oqibatlarining ta’sirini har tomonlama hisobga olishimiz, iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ushbu jarayonlar ta’siri nuqtai–nazaridan shakllantirishimiz va ularni izchil amalga oshirishimiz taqozo etiladi.
Bugungi kundagi mukammal texnikalar yaratib borilishi va iqtisodning o‘sishi energiya iste’molining ortib borishiga uzviy bog‘liq. Bu esa elektroenergetika tizimini modernizatsiyalash, energiya tejashning samarali tizimini joriy etish choralarini amalga oshirishni taqozo etadi. Respublikamiz aholi farovonligini yuksaltirish ko‘p jihatdan mavjud resurslardan, birinchi navbatda, elektr va energiya resurslaridan qanchalik tejamli foydalana olishga bog‘liqdir.
Biz quyida keltirib o‘tgan va biz tomonimizdan ishlab chiqilgan loyixa, "Elektron apparatlarni ishlab chikarish tehnologiyasi" soxasiga ta’luqli bo‘lib, korxona ish unimdorligini oshiribgina qolmasdan bevosita, iqtisodiy saloxiyatini ortirishga xizmat kiladi.
Bu mutaxassisligi bitiruvchilari professional faoliyat yo‘nalishlaridan biri kompyuter tizimlari va komplekslari ishlab chiqarish, rivojlantirish uchun usullar va vositalar majmui hisoblanadi; kompyuter tizimlari va komplekslarini ta’mirlash va sozlash. Professional faoliyat ob’ektlari raqamli qurilmalar, kompyuter-quvvat dizayn, mikroprotsessorli tizimlari, kompyuter tizimlari, tizimlari va tarmoqlari, boshqalar ham bor.
Diplom mavzusi bir mikroprotsessor bilan ishlaydigan alohida elektron qurilma bulib, "Electron apparatlarni ishlab chiqarish texnologiyasi" mutaxassisligiga mos keladi.
Diplom loyihasining maqsadi nazorat qiluvchi mikrokontroller bilan jihozlangan laborotoriya quvvat manbasini ishlab chiqishdir.
|
| |