Islom karimov




Download 8,88 Mb.
bet8/17
Sana15.05.2024
Hajmi8,88 Mb.
#235422
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
БМИ Дониер (Lotincha) охирги

Ishdan maqsad: Haroratni o’lchash datchiklarning turlarni o’rganish va verual dasturlar yordamida xona haroratni o’lchaydigan qurilma yasash.
Nazariy qism: Harorat barcha texnologik jarayonlaming muhim ko‘rsatkichlaridan biridir. Qishloq va suv xo‘jaligida ko'pgina texnologik jarayonlar ular o‘tayotgan sharoit haroratiga bog‘liq. Jism, suyuqlik yokigazning harorati nazorat qilayotgan muhitning yoki u bilan issiqlikkontaktida bo‘lgan maxsus elementning haroratini o‘lchab aniqlanadi.Amalda harorat datchiklarining sezgir elementlari sifatida issiqlikta’sirida o‘zining fiziko-mexanikaviy xususiyatlarini keng diapazondao‘zgartirib, boshqa kattaliklar (namlik, muhitning tarkibi, havo bosimita’sirida xususiyatlarini o‘zgartirmaydigan materiallardan foydalaniladi.
Harorat datchiklarining sezgir elementlari issiqlik kengayishkoeffitsiyenti maksimal ko'rsatkichiga ega bo‘lishi kerak. Ishlash prinsipi jihatdan harorat datchiklari suyuqlik, bimetallik vadilatometrik datchiklariga hamda termoparalar va termorezistorlargabo‘linadi.
Xaroratni o'lchashni suyuqlikli, manometrik termometrlaridan farqli o'laroq, hozirgi zamon ishlab chiqarish korxonalarida texnologik jarayonlarni uzliksiz nazorat qilish va boshqarish tizimida asosan quyidagi haroratlarni o'lchash datchiklari qo'llanilmoqda:
- termoqarshilikli datchiklar;
- termoparalar;
- pirometrlar;
Bu datchiklar o'zlarini ishlash printsiplari, haroratni o'lchash intervali va xatolik darajasi bilan farqlanadi.
Termoqarshilikli datchiklarni termoqarshilikni aylantiruvchi qurilmasi ham deb ataladi. Ularni ishlash printsipi elektr o'tkazuvchan materiallarni issiqlikdan elektr qarshiliklarini ortishi fizik hodisasiga asoslangan. Termoqarshilikni statik qarshiligini o'zgarishini quyidagi formula bilan yozish mumkin.
Rt = W• R0 (1.2.1)
Bu yerda
R0 – termoqarshilikni 0 0C dagi qarshiligi
W – proportsionallik koeffitsienti bo'lib moddani t 0C qarshiligini 0 0C dagi
qarshiligiga nisbatiga teng va qiymati maxsus jadvaldan olinadi.
Termoqarshilikni sezgirligi
S = dR/dt (1.2.2)
ifoda bilan aniqlaniladi.
Termoqarshilikli datchiklarni sezuvchi elementi (asosiy haroratdan qarshiligi o'zgaruvchan qismi) quyidagi materiallardan tayyorlaniladi
- platinali(TSP) – platinadan
- misli(TSM) – misdan
- nikeli(TSN) – nikeldan.
Platinadan tayyorlangan termoqarshiliklarda qarshilikni haroratga bog'liq ifodasi quyidagicha:
Rt = R0 (1 + At + Bt2) (1.2.3)
Ushbu ifodadan ko'rinib turibdiki, qarshilikni haroratga bog'liqligi chiziqli.
Misdan tayyorlangan termoqarshiliklarda qarshilikni haroratga bog'liqli ifodasi chiziqli bo'lib, quyidagicha:

Rt = R0 (1 + bt ) (1.2.4)


Termodatchiklar yordamida har qanday muhitni haroratsini aniqlash mumkin, Datchikni sezuvchi qismi maxsus metall trubkaga germetik maxkamlangan. Namlik, zararli muhit sezuvchan qismiga ta'sir ko'rsata olmaydi. Metall trubkaning uzunligi, diametr o'lchami, maxkamlash qismi va shakli foydlanish joyi va sharoitiga qarab tayyorlanadi.

Download 8,88 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Download 8,88 Mb.