|
Kodni yozib bo’lganmizdan keyin proteus dasturidagi sxemamizga ochamiz va yozgan kodimizni mikrokontrolerga yozamiz.
Mikrokontroler ustiga bosamiz
|
bet | 10/17 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 8,88 Mb. | | #235422 |
Bog'liq БМИ Дониер (Lotincha) охирги5.Kodni yozib bo’lganmizdan keyin proteus dasturidagi sxemamizga ochamiz va yozgan kodimizni mikrokontrolerga yozamiz.
Mikrokontroler ustiga bosamiz:
Quydagicha oyna ochiladi:
MikroC dasturida yozgan kodmizni ko’rastib qoyamiz:
6.Ok tugamsini bosamiz va proteusni ishga tushuramiz:
Dastur ishga tushganidan so’ng displayda lm35 datchikdan kelgan haroratni ko’rib nazorat qilishimiz mumkin.
3.2. Namlik datchiklari va ularning turlari. Proteus dasturi yordamida namlikni nazorat qiluvchi qurilma yasash
Ishdan maqsad: Namlik datchiklarning turlarni o’rganish va verual dasturlar xona namligini va haroratni nazorat qiluvchi qurilma yasash.
Nazariy qism: Qattiq, maydalangan moddalar, suyuq moddalar va gazlarni namligi texnologik jarayonlarda muhim ahamiyatga ega bo'lgan kattalikdir Bundan tashqari foydalanuvchiga uzatilayotgan yoki foydalanuvchi qabul qilib olayotgan gazni namligni o'lchash, nazorat qilish va uni hisobini yuritish zaruriydir. Havo va gazlarni namligi quyidagi parametrlar bilan aniqlanadi va nazorat qilinadi
- absolyut namlik bu hajm birligidagi suv bug'ini miqdori, g/m3 birlik bilan o'lchanadi
- namlik tarkibiga olish bu tarkibdagi Bug miqdorini keltirilgan gaz miqdoriga nisbati, g/kg bilan o'lchanadi
- to'yinish temaeraturasi bu gazni bug'ga to'yinsh haroratsi, 0 S da o'lchanadi
- nisbiy namlik bu absolyut namlikni maksimal to'yinishda bo'lgan namlikga nisbati, % da yuritiladi.
Qattiq va maydalangan moddalarni namligi quyidagi parametrlar bilan belgilanadi - namligi, bu namlikni massasini absolyut quruq modda miqdoriga nisbati,
- namligi bu namlik massasini namlangan modda mssasiga nisbati.
Texnologik jarayonni maqsad va vazifasiga qarab, yuqorida keltirilgan parametrlardan foydalaniladi. Masalan, kichik miqdordagi namlikga ega bo'lgan gazlarni xarakterlashda namligi degan kattalikdan foydalniladi, trubalarda katta miqdorda gaz uzatishda, to'yinish haroratsi, metallalurgiya sanoatida metalllarni purkashda nisbiy namlik kattaliklaridan foydalaniladi.Materiallarni namligini o'lchashda namlik bilan modda o'rtasidagi aloqani, materialni gigrometrik xarakteristikasini va atrof muhitni namligini e'tiborga olish kerak.
Namlikli materiallar kolloidli, kopellyar o'simtali va kolloid kopellyar g'ovak bo'lishi mumkin. Koolooid tizimidagi jismlarga hamir, pavidlo sifatidagi materiallar, kopellyar-o'simtali jismlarga keramika, qum ko'rinishidagi materiallar. Sanoatda ko'proq kalloidli kappelyar g'ovak materiallar qo'llaniladi. Materiallarni namlik olishi undagi kappelyarlarni shakli , o'lchami va joylashishiga hamda suv bilan materiallni aloqasiga bog'liq. Suv bilan material o'rtasidagi bog'lanish molekulyar yoki ionli bog'lanishga ega bo'lsa, namlikni ko'rinish bilan yo'qotib bo'lmaydi. Agar namlanish fizika-kimyoviy, absorbtsiyali bo'lsa, uning ko'rinish bilan kamaytirish mumkin. Materiallar bilan suvni bog'lanishi turlicha bo'lishi turli holatlarda namlikni o'lchashga qiyinchilik tug'dirib, ko'pchilik holatlarda graduirovkalash imkoniyatini bermaydi.
Ishlab chiqarish sanoatida gaz va xavoni namligini aniqlash uchun psixometrik, to'yinish harorat nuqtasi, sorbtsion(antiabsorbtsion) va optik usullardan foydalaniladi.Psixometrik usul ho'l va quruq termomerlardagi haroratlar farqini o'lchashga asoslangan. Maxsus suvli lenta yordamida xo'llangan termometr namligi o'lchanishi lozim bo'lgan gaz muhitiga kiritiladi. Haroratni pasayishi undagi namlikni bug'lanishiga teskari proportsional. Namlik qanchalik kam bo'lsa bug'lanish shunchalik katta bo'lib, haroratni pasayishi katta bo'ladi. Namlikni aniqlash uchun quyidagi ifodani yozish mumkin
rt.b. - p = A pb ( tk - tx ) (3.1)
Bu yerda p – bug'ni bug' aralashgan gazdagi partsial bosimi, Pt.b. – ho'l termometr tx haroratsidagi to'yingan bug' partsial bosimi, pb – Barometrik bosim, tk – quruq termometr haroratsi, A – psixometrik doimiy.
ifodadan nisbiy namlikni quyidagicha ifodalash mumkin
s = r/rp.k. 100 = 100 [rp.x. – Arb (tk - tx )] (3.2)
A doimiy ho'l termometrdan lenta (plug) orqali issiqlik uzatilishidan kelib chiqadi. Shuning uchun uni qiymati lenta o'lchami, uni termometrga o'ralishi, termometr o'lchami va boshqalarga bog'liq xolda har bir konstruktsiya uchun har xil bo'ladi. Bu holatni ma'lum darajada yo'qotish uchun ho'l termometrdan katta tezlikda namlikni fudash hosil etiladi. Oqim tezligi v ? 3 m/s. Bu xolda A = const. Yuqoridagilarni e'tiborga olgan xolda quyidagi grafikni chizish mumkin
Psixometrik usul bilan o'lchash qurilmasining sxematik ko'rinishi quyidagi 3.1.- rasmda ko'rsatib o'tilgan.
Bu yerda m = k1 (tx – ta )/ [ k2 (tk – tb )] reoxordni surilishi. ta, tb haroratlar grafikdagi o'qlarni kesish nuqtalaridagi qiymatlar.
Psixometrik usulni yutuq tomoni shundaki, 0º C dan yuqori haroratdarda aniqligi yuqori va sezgirligi katta. Lekin 0 º C dan past haroratlarida aniqligi kichik. Yana bir kamchiligi A koeffitsientini qiymati doimiy emasligi.
To'yinish nuqtali namlikni aniqlash usuli absolyut namlikni aniqlash usuli bo'lib, qo'shimcha harorat o'lchansa nisbiy namlikni aniqlash mumkin. Bu usul aniq o'lchash usullaridan hisoblanadi. U yordamida ixtiyoriy bosimdagi gazlarni noldan past va yuqori haroratlarda ham namlikni aniqlash mumkin.
Usulni sezuvchi elementi oyna yoki yaltiroq sirt bo'lib, unga namligi o'lchanayotgan gaz yuboriladi, Sezuvchi element sovutib borilishi bilan sirga urilayotgan gaz to'yinishga utib sirtda mayda suv tomchilari paydo bo'ladi. Suv tomchilari hosil bo'lish temperptura aniqlanadi (suv tomchilari paydo bo'lish nuqtasini to'yinish nuqtasi deyiladi).
Hozirda to'yinish nuqtasi usulini avtomatik o'lchash tizimlari ham ishlab chiqilgan.Namligi o'lchanadigan gaz 1 kanal orqali 2 kameraga yuboriladi. 3 oynali sirt ostidagi termobatareya sovo'tilishi bilan ma'lum nuqtada to'yinish boshlanadi. Termobatareya Pel`te hodisasiga asosan tokni bir yo'nalishida jismni sovutadi, ya'ni issiqlik yutiladi. Xosil bo'lgan suv tomchilari sirtdan qaytib optronga tushayotgan yorug'likni yo'nalishini o'zgartiradi. Optron tokni o'tishini to'xtatadi. Bu nuqta temperpturasini termopara yordamida o'lchaniladi.
Bu usulni ham ma'lum kamchilik va qiyinchiliklari mavjud. Agar gaz tarkibida yog' yoki neft mahsulotlari koldiklari bo'lsa, to'yinish nuqtasini aniqlash qiyin bo'lib, xatoliklar berishi mumkin, Agar kameradagi sirtga agressiv moddalar urnab kolsa sirtni koroziyaga olib kelishi mumkin.
3.1.- расм. Psixometrik usul bilan o'lchash qurilmasining sxematik ko'rinishi
Sorbtsion namlikni o'lchash usuli elektrolitik, kulonometrik, pe'zosorbtsion va deformatsion bo'lishi mumkin. Elektrolitik usulida elektrolit joylashgan kameraga namligi o'lchanadigan gaz yuboriladi. Gaz namligi elektrolitni tarkibini o'zgaritirishi hisobiga tizimni sig'imi yoki o'tkazuvchanligi o'zgaradi. Bu o'zgarishni elektron sxemalar yordamida o'lchab namlikni aniqlash mumkin.
Kulonometrik namlik o'lchash tizimida ikki speral elektrod orasiga maxsus modda qo'yiladi. Bu modda orqali namligi aniqlanayotgan gaz o'tkazilishi bilan elektrodlar orasida elektroliz hodisasi boshlanib, modda ajralishi hosil bo'ladi. Bu elektrolizda o'tayotgan elektr zaryadini o'lchab, namlik tug'risida xulosa chiqarish mumkin.
Pe'zosorbtsion usulda pe'zoelement ustki qismiga namlikni oluvchi modda o'rnatiladi. Modda namlikni olishi bilan pe'zo elementni boshqa kuch bilan bosadi. Bu bilan pe'zotebranishlarda rezonans effektini hosil qilib namlikni aniqlash imkoniyatini beradi
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Kodni yozib bo’lganmizdan keyin proteus dasturidagi sxemamizga ochamiz va yozgan kodimizni mikrokontrolerga yozamiz.
Mikrokontroler ustiga bosamiz
|